К содержанию
РецензированоUZ2025

QASHQADARYO VILOYATIDA KICHIK SANOAT ZONALARINI HUDUDIY JOYLASHTIRISHGA TA’ SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR

Abdiholiqova G.A.

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 10 · 2025

Аннотация

This article systematically analyzes the main factors affecting the territorial location of small industrial zones in the Kashkadarya region. The main criteria for the optimal location of small industrial zones are considered in terms of the region's natural resource potential, transport and logistics infrastructure, labor resources, environmental and climatic characteristics, and institutional conditions. The article also highlights the problems of location and ways to solve them, and develops practical recommendations. Keywords: Kashkadarya region, small industrial zones, territorial location, natural resources, infrastructure, labor market, environmental factors, specialization, territorial development. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida kichik sanoat zonalari (KSZ) iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishning samarali mexanizmi sifatida keng tatbiq https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 290 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari etilmoqda. Xitoy, Hindiston, Turkiya kabi mamlakatlarda kichik sanoat zonalari ishlab chiqarishni joylashtirish, ishsizlikni kamaytirish va eksport salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Rivojlangan davlatlar bu zonalarni innovatsion markazlar bilan bog‘lash orqali mahalliy korxonalarni global bozorga integratsiyalashga erishmoqda. Hududiy ixtisoslashuv va resurslardan oqilona foydalanish prinsipiga asoslangan bunday zonalar jahon iqtisodiyotida raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham kichik sanoat zonalari tizimini iqtisodiy islohotlar doirasida joriy etmoqda. Prezident qarorlari asosida respublika miqyosida o‘nlab zonalar tashkil etilib, ularga yengilliklar, soliq imtiyozlari va yer ajratish mexanizmlari belgilandi. Bu KSZlar kichik va o‘rta biznesni qo‘llab- quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va eksportni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ularni joylashtirishda hududlarning iqtisodiy salohiyati, infratuzilma darajasi va ijtimoiy ko‘rsatkichlari hisobga olinmoqda. Qashqadaryo viloyati O‘zbekiston janubida joylashgan bo‘lib, tabiiy resurslarga boyligi, ishchi kuchi salohiyati va transport-kommunikatsion qulayliklari bilan ajralib turadi. Viloyatda kichik sanoat zonalarini hududiy joylashtirishda neft-gaz, konchilik, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari sanoati va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish tarmoqlari yetakchi hisoblanadi. Shuningdek, aholining demografik tarkibi, iqlim sharoitlari, ekologik cheklovlar va logistika imkoniyatlari KSZlarning qanday va qayerda tashkil etilishi zarurligini belgilovchi muhim omillardan sanaladi. Shu sababli, bu zonalarni samarali va maqsadli joylashtirish masalasi chuqur tahlil va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, Qashqadaryo viloyatida sanoatning hududiy jihatdan nomutanosib rivojlanishi, ayrim tumanlarda iqtisodiy faollikning pastligi va mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmasligi mavjud muammolardan biridir. Kichik sanoat zonalarini ilmiy asosda joylashtirish orqali ushbu muammolarni bartaraf etish, hududlararo iqtisodiy tenglikni ta’minlash, yangi ish https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 291 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari o‘rinlarini yaratish va mahalliy xomashyoni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Shu bois, KSZlarning hududiy joylashuviga ta’sir qiluvchi omillarni chuqur tahlil qilish viloyatning barqaror va muvozanatli rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy-resurs salohiyati. Qashqadaryo viloyati tabiiy boyliklarga nihoyatda boy bo‘lib, bu jihat kichik sanoat zonalarini tashkil etishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Neft-gaz konlari (Muborak, G‘uzor), tog‘-kon resurslari (Dehqonobod, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘), marmar, ohaktosh, kaolin, shag‘al kabi qurilish materiallari konlari viloyatda mavjud bo‘lib, ularning sanoatga jalb etilishi katta iqtisodiy samaradorlik keltiradi. Ayniqsa, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida qurilish sanoatiga ixtisoslashgan zonalarni tashkil etish, ushbu resurslarni joyida qayta ishlash orqali mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Qarshi, Kasbi, Koson, Nishon, Mirishkor, Qamashi kabi qishloq xo‘jaligi rivojlangan tumanlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik sanoat zonalari ochilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, paxta, go‘sht, sut, meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanib, mahalliy va eksport bozorlariga yetkazilishi mumkin. Bu esa, xomashyoga yaqin joyda ishlab chiqarish tashkil etilishi hisobiga logistika xarajatlarini kamaytiradi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Resurs salohiyatining mavjudligi – ishlab chiqarish barqarorligi, mahsulot sifati va uzluksizligi uchun hal qiluvchi omildir. Transport va logistika infratuzilmasi. Kichik sanoat zonalarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan ularning transport va logistika infratuzilmasi bilan ta’minlanga

Доказательный фрагмент

«This article systematically analyzes the main factors affecting the territorial location of small industrial zones in the Kashkadarya region.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article systematically analyzes the main factors affecting the territorial location of small industrial zones in the Kashkadarya region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kashkadarya region, small industrial zones, territorial location, specialization, kichik sanoat zonalari, ekologik omillar, Kalit so‘zlar. Qashqadaryo viloyati, territorial development., environmental factors, mehnat bozori, hududiy rivojlanish., hududiy joylashtirish, infratuzilma, Keywords: Kashkadarya region, labor market, infrastructure, ixtisoslashuv, tabiiy resurslar, natural resources
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники