К содержанию
РецензированоRU2010

TALABALAR KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI · Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2010

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan bо‘lib, Talabalar kreativ fikrlashini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning psixologik asoslariga bag‘ishlangan ilmiy nazariy adabiyotlar tahlil qilingan. Kalit sо‘zlar: tarbiya, ta’lim, mehnatsevarlik, erksevarlik, iroda, vazminlik, omilkorlik, shaxs, ilmiy dunyoqarash, xulq – atvor. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu ham talabalar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi. So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 300 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti. Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxsan o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi.Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” Biroq, o‘quv yilining oxiriga kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilasa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 301 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar? Zotan, o‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan asosiy omil – kreativlik bo‘lib qolaveradi. Mutaxassislarning yuqori malakali bo‘lishi, ijodkorligining ortishi ilmiy - innovatsion faoliyat tufayligina amalga oshadi. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi. Pedagog - olimlar yillar davomida ta’lim tizimida “Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz?” savollariga javob izlash bilan bir qatorda “Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin?”-degan savoliga javob qidirdilar. Bu esa olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan bо‘lib, Talabalar kreativ fikrlashini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning psixologik asoslariga bag‘ishlangan ilmiy nazariy adabiyotlar tahli…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan bо‘lib, Talabalar kreativ fikrlashini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning psixologik asoslariga bag‘ishlangan ilmiy nazariy adabiyotlar tahli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iroda, Kalit sо‘zlar: tarbiya, omilkorlik, ilmiy dunyoqarash, mehnatsevarlik, ta’lim, vazminlik, erksevarlik, shaxs, xulq – atvor.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники