К содержанию
РецензированоUZ2025

NILUFAR UMAROVA SHE’RIYATIDA POETIK IFODA, RAMZIY QATLAM VA FALSAFIY IZLANISHLAR

Mustaqil tadqiqotchi U.N.Nusurov

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakili Nilufar Umarovaning poetik uslubi, obrazlar tizimi, janrlararo sintez holatlari, metaforik ramzlar va falsafiy mazmun qatlamlari tahlil qilinadi. Shoiraning lirik qahramoni, uning ijtimoiy-falsafiy nigohi va stilistik yondashuvlari o‘rganiladi. Shuningdek, Umarovaning she’riyati orqali zamonaviy ayol obrazining badiiy talqini va poetik tafakkurda tutgan o‘rni yoritiladi. Kalit so‘zlar: Nilufar Umarova, poetik uslub, ramz, metafora, ayollik poetikasi, falsafiy qatlam, texnik tafakkur, o‘zbek she’riyati, lirik qahramon, stilistika. Kirish. Zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Nilufar Umarova o‘zining betakror poetik dunyoqarashi bilan ajralib turadi. Shoira she’riyatida falsafiy mushohadalar va psixologik kechinmalar, insonning ruhiy olami va ichki iztiroblarini ifodalashda metafora badiiy vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Bu usul, shuningdek, shaxsning ichki holatini va mavjudlik mohiyatini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Metafora, asosan, tasvirni yaratishdan ko‘ra, insonning ruhiy holatlarini, psixologik jihatlarini, hayotning noaniq va o‘tkir momentlarini badiiy ravishda ifodalash uchun ishlatiladi. Mashhur psixolog Karl Gustav Yungning fikricha, metaforalar – bu inson ongining chuqur qatlamlarida shakllangan arxetiplar va shaxsiy tasavvurlarni badiiy ifodalovchi vositadir. Ular yordamida odamning qo‘rquvlari, quvonchlari, og‘riqlari va iztiroblari tashqi olamga uzatiladi, ichki https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 304 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari dunyo bilan aloqa o‘rnatiladi. Nilufar Umarovaning she’rlarida quyidagi kabi metaforalar keng tarqalgan: “Yuragim cho‘kdi” – bu ifoda tushkunlik va umidsizlik holatini tasvirlaydi. “So‘zlar bo‘g‘zimda tug‘ildi” – ichki xavotir, ruhiy to‘siqlar va nutqning faollashmaganligini ko‘rsatadi. “Tun ko‘zlarida jim” – yolg‘izlik, ichki sukunat va beqarorlikni bildiruvchi obrazdir. Shoiraning she’rlari orqali bu kabi ruhiy holatlar chuqur poetik shakllarda aks etadi. Umarova she’riyati falsafiy va psixologik jihatdan murakkab bo‘lib, insonning mavjudligi, uning ichki dunyosi va koinot bilan bo‘lgan munosabati haqida savollarni o‘rtaga qo‘yadi. Shoira metaforalar yordamida quyidagi muhim ontologik savollarga javob izlaydi: Hayot va o‘lim (ziddiyatlar), Inson va koinot (munosabatlar), Vaqt va o‘tkinchilik (muammo), Ruh va tan (ajralish). Masalan, “Yulduzlari tashlab ketgan falakman” degan satrda shoira insonning mavjudlikdagi yolg‘izlik, yo‘qsizlik, yo‘nalishsiz qolgani haqida chuqur ma’noga ega tasvirni yaratadi. Bu ifoda insonning o‘z-o‘zini topishdagi kurashini, koinot bilan bo‘lgan ziddiyatlarini tasvirlaydi. Nilufar Umarova she’rlarida metaforalarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Ichki kechinmalarni tashqi olamga chiqarish – shaxsning ruhi va his-tuyg‘ularini aniq va jonli tarzda tasvirlash. 2. Ontologik savollarga javob topish – insonning mavjudligi, vaqt, o‘lim, ruh va tan haqidagi chuqur mushohadalarni ochib berish. 3. Estetik va falsafiy qiyoslarni yaratish – hayotning qarama-qarshi tomonlarini o‘zaro bog‘lash va ular orqali yangi ma’nolarni kashf etish. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 305 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Umarovaning she’rlari badiiy tafakkur va ruhiy holatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirib, o‘quvchini nafaqat estetik, balki falsafiy va psixologik jihatdan ham chuqur o‘ylantiradi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayol shoiralarning badiiy olami tobora chuqurlashib, nafaqat estetik, balki falsafiy, ijtimoiy va ruhiy qatlamlar bilan ham boyimoqda. Shular orasida Nilufar Umarovaning she’riyati o‘zining ramziy ifoda, lirik-falsafiy mushohada va poetik tajribasi bilan alohida ajralib turadi. Uning she’rlari orqali badiiy tafakkurning zamonaviy tendensiyalari, ayol nigohi, jamiyat va inson munosabatlariga bo‘lgan falsafiy yondashuvlar yuksak badiiy saviyada ifodalanadi. Shoira she’riyatini tahlilida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim. 1. Janrlararo sintez va poetik struktura. Nilufar Umarova she’riyatida lirik ifoda epik elementlar bilan boyitiladi. Syujetli bo‘laklar, ijtimoiy va shaxsiy obrazlar orqali o‘quvchida voqelikka nisbatan badiiy tafakkur uyg‘onadi. Ayniqsa, jamiyat, inson, qadriyatlar haqidagi mushohadalarga boy she’rlarida bu xususiyat yaqqol ko‘zga tashlanadi. Badiiy obrazlar har bir she’rda o‘ziga xos ma’no qatlamlarini yaratadi. 2. Ramz va metaforik qatlam. Shoiraning badiiy nutqi ramziy obrazlar bilan to‘yingan. “Oy”, “gul”, “qumloq yo‘l”, “tandir” kabi obrazlar she’rlarda an’anaviy semantikani oshib, falsafiy va madaniy ramzlarga aylanadi. “Oy” – ichki izlanish va o‘zlikni anglashning poetik ramzi, “tandir” esa inson o‘zgarishi va ruhiy yangilanishni ifodalaydi. Shoira metaforalardan ichki kechinmalar, ijtimoiy izlanishlar va ma’naviy o‘sishni ifodalashda mohirlik bilan foydalanadi. 3. She’riy ritm va

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakili Nilufar Umarovaning poetik uslubi, obrazlar tizimi, janrlararo sintez holatlari, metaforik ramzlar va falsafiy mazmun qatlamlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakili Nilufar Umarovaning poetik uslubi, obrazlar tizimi, janrlararo sintez holatlari, metaforik ramzlar va falsafiy mazmun qatlamlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘zbek she’riyati, Kalit so‘zlar: Nilufar Umarova, metafora, poetik uslub, lirik qahramon, falsafiy qatlam, ayollik poetikasi, ramz, texnik tafakkur, stilistika.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники