Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DUNYO TILSHUNOSLIGIDA ARAB TILI FRAZEOLOGIZMLARINING O‘RGANILISHI
Mustafoyeva Gulshona · Ilmiy rahbar: Kazakbayev Akbar
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqola arab tili frazeologizmlarining dunyo tilshunosligida o‘rganilishi va tahlil qilinishi masalalariga bag‘ishlangan. Arab tili frazeologizmlari o‘ziga xos semantik va struktur xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning tahlili xalqaro tadqiqotlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda frazeologik birliklarning lingvistik tabiatini, ularning madaniy va ijtimoiy kontekstdagi o‘rnini o‘rganish usullari ko‘rib chiqiladi. Frazeologiya bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rivojiga ko‘plab tilshunoslar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishgan. Frazeologiya tilshunoslikning alohida bir qismi bo‘lib shakllanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, uning kelib chiqish tarixi til taraqqiyotining ilk bosqichlariga borib tarqaladi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, frazeologik birliklar til bilan paydo bo‘lib, til bilan birgalikda rivojlanib kelgan. Ammo jamiyatning turli davrlarida ularning o‘rni va ahamiyati turlicha baholanadi. Frazeologiya tilshunoshlikda mustaqil fan https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 71 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari sifatida yaqinda paydo bo‘lgan. Uning shakllanishi taniqli tilshunoslar nomi bilan uzviy bog‘liqdir. Shuni aytish joizki, frazeologiya sohasidagi dolzarb muammolarni yoritishda V.V.Vinogradov, N.N.Amosova, A.V.Kunin o‘zlarining bebaho hissalarini qo‘shgan va shu sababli yangi izlanishlarga keng yo‘l ochib berishgan1. Frazeologiya alohida fan sifatida shakllanguniga qadar u leksikologiyaning tarkibi sifatida qaralgan. Frazeologiya muammolariga qiziqish dastlab rus tilshunoslari qiziqa boshlagan bo‘lsada, u alohida termin sifatida ilk bor g‘arb tilshunosi Sh.Balli tomonidan qo‘llanilgan. U o‘zining “Stilistikadan ocherklar” va “Fransuz tili stilistikasi” asarlarida so‘z birikmalariga yaxlit bir tizim sifatida qarab, ularning grammatik va leksik xususiyatlari, sintaktik strukturasi va atash ma’nolarining o‘ziga xosligidan kelib chiqadigan, yaxlit qo‘llanila oladigan birlik ekanligini isbotlashga harakat qildi2. Frazeologik birliklar mavjud bo‘lmagan birorta til ham yo‘q. Ingliz va amerika tilshunoslari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ingliz tili frazeologiyasida nisbatan kam foizni tashkil qilib, asosiy frazeologik muammolar va so‘zlarning o‘zaro munosabati, frazeologik birliklar variantdoshligi, frazeologiyani o‘rganish metodlari, frazeologiyaning fan sifatida rivojlanishi kabi nazariy muammolar asosan rus tilshunoslari A.V.Kunin, V.V.Vinogradov, N.M.Shanskiy, T.N.Fedulonkovalar tomonidan ishlab chiqilgan3. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida XX asrning 40- yillarida rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi - frazeologiyada oʻrganish masalasi 20—40-yillardagi oʻquv-metodik adabiyotlarda 1 Vinogradov V.V., Amosova N.N., Kunin A.V. Russkaya frazeologiya. – Moskva: Nauka, 1977; Osnovy angliyskoy frazeologii. – Leningrad: LGU, 1963; Anglo-russkiy frazeologicheskiy slovar. – Moskva: Russkiy yazyk, 1996. 2 Balli Sh. Fransuz stilistikasining asoslari. – Parij, 1932; Stilistikadan ocherklar. – Parij, 1955; Fransuz tili stilistikasi. – Parij, 1921. 3 Kunin A.V., Vinogradov V.V., Shanskiy N.M., Fedulonkova T.N. Anglo-russkiy frazeologicheskiy slovar. – Moskva: Russkiy yazyk, 1996; Russkaya frazeologiya. – Moskva: Nauka, 1977; Frazeologiya sovremennogo russkogo yazyka. – Moskva: Nauka, 1973; Osnovy frazeologii. – Moskva, 2003. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 72 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Ye.D.Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy asarlarida koʻrib chiqilgan4. Oʻzbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar oʻtgan asrning 50-yillaridan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan oʻrganilgan. Frazeologiya boʻyicha bir necha lugʻatlar tuzilgan, yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. 70—80-yillarda SamDU qoshida frazeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi va maxsus toʻplamlar chiqaruvchi markaz faoliyat ko‘rsatgan5. O‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarning lisoniy tabiati, leksik- grammatik xususiyatlari, shuningdek, badiiy asarlarda frazeologizmlar tarjimasi, tillararo tarjima muammolariga bag‘ishlangan bir qator ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, Sh. Rahmatullaev, Sh.Usmanova, M.Xoliqova, Sh.Abdullayev, A. Isaev, K. Bozorboev, A. Mamatov, B. Yo‘ldoshev, U. Rashidova, Sh. G‘anieva, Sh. Almamatova, B. Boltaeva kabi olimlar tadqiqotlar olib borishgan bo‘lib, ular frazeologizmning ma’lum bir qirralarini yoritishga, o‘z tadqiqotlarida o‘zbek tilidagi frazeologizmlarning boshqa tillardagi frazeologizmlardan farqlari alohida ko‘rsatishga xizmat qilishgan6. So‘nggi paytlarda o‘zbek frazeologiyasi sohasidagi ishlar yanada rivojlantir
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola arab tili frazeologizmlarining dunyo tilshunosligida o‘rganilishi va tahlil qilinishi masalalariga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola arab tili frazeologizmlarining dunyo tilshunosligida o‘rganilishi va tahlil qilinishi masalalariga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dunyoviy tadqiqotlar, tarjima nazariyasi, tilshunoslik, madaniy kontekst., semantika va struktur tahlil, frazeologik birliklar, frazeologik uyg‘unlik, Kalit so‘zlar. Arab tili frazeologizmlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014