К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH TA’lIMDA ONA TILI O’QITISHDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR

INTERFAOL METODLAR · Madraximova Inobat Bahodirovna · Yodgorova Nargiza Hamid qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda ona tili darslarini o’qitishda umuman ta’lim jarayonida dars sifati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol metodlar va ularning foydali jihatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: Interfaol metodlar, yangicha yondashish, kreativlik, tanqidiy fikrlash, kooperativ o’rganish. Istiqbolli kelajak va yuksak taraqqiyot sari intilib borayotgan jamiyatimizda bugungi kunda axborotlar shiddati va yangiliklar oqimi tobora o’z ta’sirini ko’rsatib bormoqda. Ayniqsa, bu jarayon jamiyatning sezilarli qismini tashkil etuvchi yoshlar ongi va shu o’rinda keskin burilishlar, yangicha qarashlarni vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatadi. Yoshlar tarbiyasida, ta’limda qo’llanilayotgan yangicha ta’sirchan yondashish ularning ertangi kunida ma’naviy-intellektual qiyofasini shakllantiruvchi poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ta’lim tizimiga ilg’or usullar bilan yangi mazmun va shakl berish yangi asr avlodini tarbiyalashning muhim jihatidir. So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan o’quvchilarimizning darslarga qiziqishini oshirishni va o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 76 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari “Interfaol metodlar” deganda, odatda, foydalanuvchining faol ishtirokini talab qiladigan yoki uni jalb qilishga mo’ljallangan usullar nazarda tutiladi. Bu asosan, interaktivlikni ta’minlash uchun ishlatiladigan metodlarni anglatadi. Boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitishda qo’llaniladigan interfaol metodlar o’quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish, va samarali qilishga yordam beradi.Quyidagi interfaol metodlar boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitishda keng qo’llaniladi: 1) Jamoaviy ishlash: O’quvchilarni guruhlarga bo’lib, ma’lum bir matnni tahlil qilish, uni qismlarga ajratish yoki mazmunini muhokama qilishga undash. Bu usul o’quvchilar o’rtasidagi muloqotni rag’batlantiradi va ularning fikrlash doirasini kengaytiradi. Faqat ona tilida emas umuman boshqa fanlarda ham fanni yaxshiroq tushunishga va yaxshiroq o’zlashtirishga imkon yaratadi. 2) Bo’g’inga bo’lib o’rganish: Bu boshlang’ich sinf o’quvchisi uchun talaffuzi va imlosi qiyinroq so’zlarni o’rganishi uchun foydali metod hisoblanadi. So’zlarni osonroq talaffuz qilish va to’g’ri yozishni ta’minlash uchun ishlatiladi. Masalan: ki-tob; av-to-mo-bil; (har bir bo’g’inda unli tovush bo’lishi shart). Yani bu metod, so’zlarni bo’g’inlarga ajratib, talaffuzni yaxshilaydi va to’g’ri yozishni ham ta’minlaydi.Chunki ko’pincha bo’g’inlar bo’yicha yozish va talaffuz qilish aniqroq va tushunarli bo’ladi va bu usul ayniqsa, talaffuzi va yozilishi qiyin bo’lgan chet tillaridan olingan so’zlarni o’rganishda foydalidir. 3) Interfaol taqdimotlar va vizual materiallar: O’quvchilarga mavzuga doir taqdimotlar qilish, video yoki audio materiallar orqali tushuntirishlar berish. Bu metod o’quvchilarga mavzuni turli xil usullar orqali o’zlashtirishga, fikr almashish va muhokama uchun imkoniyat yaratish, yodlashni yaxshilash, qiziqish va diqqatni jalb qilish, ma’lumotlarni yengil va samarali o’zlashtirish kabi jihatlardan yordam beradi. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 77 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari 4) Kreativlik yozuv mashqlari: O’quvchilarga biror bir rasm yoki mavzuga doir so’zlar beriladi va ular bu narsalar orqali kichik bir matn yaratishadi.Bu metod maqsadi o’quvchilarni o’z fikrlarini erkin ifodalashga undashdir. 5) Sinfdan tashqari o’qish: Bu ham darsni yanada samarali va chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. Nafaqat bu ona tilida balki hamma fanlarda faqat darsga qaratilgan bilimlarni oshiribgina qolmay, balki uning umumiy rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. 6) Savol-javob, krossvord va viktorinalar: O’quvchilarga savollar berib, ularning fikrlarini tinglash va javoblarni yanada kengroq tahlil qilish. Bu metod o’quvchilarni fikrlashga o’rganganlarini amalda qo’llashga o’rgatadi.Krossvord va viktorinalar bu usul bilan o’quvchilar yangi so’zlarni o’rganishadi va mavjud bilimlarini mustahkamlashadi. Va savollar chiroyli noodatiy ko’rinishda bo’lishi ham darsga bo’lgan e’tiborni qiziqishni yanada orttiradi. Xulosa qilib aytganda boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitishda qo’llaniladigan interfaol metodlar o’quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish va tilni o’rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi. Interfaol metodlar o’quvchilarni faollikka undaydi; O’quvchilar yangi bilimlarni interfaol va qiziqarli tarzda o’rganishadi; ijodkorlikni rivojlantiradi; o’quvchilar dars https://scientific-jl.com/ 1

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda ona tili darslarini o’qitishda umuman ta’lim jarayonida dars sifati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol metodlar va ularning foydali jihatlari haqida batafsil ma’…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda ona tili darslarini o’qitishda umuman ta’lim jarayonida dars sifati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol metodlar va ularning foydali jihatlari haqida batafsil ma’… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kooperativ o’rganish., kreativlik, Kalit so’zlar: Interfaol metodlar, yangicha yondashish, tanqidiy fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники