К содержанию
РецензированоUZ2025

O'QUVCHILARNING RUHIY HOLATINI YAXSHILASHDA MAKTAB PSIXOLOGINING VAZIFALAR

MAKTAB PSIXOLOGINING VAZIFALAR · Radjabov Nuriddin Tagaynazarovich

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Bugungi kunda insonlar o‘rtasida muomala va munosabatda hissiy va ruhiy salomatligi masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Hozirgi davrda inson ruhiyatini sog‘lomlashtirish, ularga ruhiy ko‘mak berish, tig‘iz vaziyatlarda o‘zini bashqara olishni shakllantirish muammosi psixologiya sohasini oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Kalit soʻzlar: trening, ong, ruhiyat, ruhiy barqarorlik, psixofiziologiya, korreksiya. Ruhiy barqarorlik ayniqsa o‘smir va o‘spirinlik davridagi yoshlar ruhiyatida katta ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki yoshlar o‘rtasida ruhiy barqarorlikni ta’minlash va oshirish uchun avvalo ulardagi ya’ni o‘smir va o‘spirinlardagi psixik holatlar, o‘tish yoshidagi inqirozli jarayonlar, yoshga bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik o‘zgarishlariga alohida to‘xtalib o‘tishimiz joiz. O‘tish yoshini turli olimlar turlicha chegaralaydilar. Ayrimlar 10-14 yoshni boshlanish yoshi, 14-18 o‘rta, 18-20 ni o‘tish yoshining yakuni deb hisoblaydilar. Zamonaviy tibbiyot esa organizmning anotomik-fiziologik o‘zgarishlarining 7 yoshdan boshlanishini o‘rganib chiqdilar. Shunga ko‘ra, taqvim bo‘yicha emas, aynan organizmdagi jinsiy o‘zgarishlariga qarab o‘tish yoshini belgilash lozim deb hisoblaydilar.Organizmning fiziologik o‘zgarishining tezlashuvi natijasida bu yoshda bola o‘zida hayajon, ko‘tarinki kayfiyatda uyg‘onish va ba’zan o‘z-o‘zini erga urish hissini sezadi. Bu davrlarda bola o‘ziga nisbatan ko‘proq diqqat-e’tiborni talab qiladi. U o‘zini katta odam deb hisoblaydi va shaxsiga nisbatan kattalardek munosabatni talab qiladi. Lekin https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 145 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari maktabda, kollej yoki litseyda va uyda uning mavqei avvalgidek qolaveradi. Natijada bolada o‘smir va o‘sripin yoshi inqirozi boshlanadi. O‘smirlik yoshi inqirozi emansipatsiya, tengdoshlar bilan guruhlashish va xobbi reaksiyalarini keltirib chiqaradi. Emansipatsiya reaksiyasi holatida bola kattalar nazoratidan chiqish va mustaqillikka erishishni xohlaydi, unda o‘zining “men”i paydo bo‘ladi. Kattalar tomonidan o‘tkazilmoqchi bo‘lgan kichkina ta’qib ham bolaning xulqining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tengdoshlar bilan guruhlashish bolada o‘zaro harakat, jamoa tartibiga bo‘ysinish, hurmatga ega bo‘lish va o‘z xohishidagi mavqega ega bo‘lish qobiliyatlarini shakllaydi. Bolada o‘z-o‘zini baholash hususiyati o‘sadi. U tengdoshlarining fikrlarini kattalarning tanqidiga nisbatan ko‘proq qadrlaydi. Dastur asosi: Shaxsning hissiy va ruhiy salomatligini oshiruvchi, emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni oldini olish, jumladan aybdorlik hissini psixokorreksiya qilish, motivatsion sohani rivojlantirish va psixologik resurslarni shakllantirish shuningdek, korreksiya qiluvchi psixokorreksion metodlarning, mashg‘ulotlarning guruhiy tarzda tanlanishi. Maqsad: Kichik guruhlarda psixokorrektsion mashg‘ulotlar o‘tkazish yordamida shaxsning ruhiy barqarorlikni oshirish va psixologik mashg‘ulotlar orqali ularda ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf eta olish, yenga olish ko‘nikmasini shakllantirish Vazifalar: •Ruhiyat va ruhiy barqarorlik haqida umumiy ma’lumot berish; •Emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni (agressivlik, bezovtalik), xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilish; •Aybdorlik hissini psixokorreksiya qilish; •Motivatsionsohani rivojlantirish va psixologik resurslarni shakllantirish; •Ishtirokchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va o‘zini o‘zi baholash darajasini oshirish; •Ichki uyg‘unlikni buzilishi(disgarmoniya)ni bartaraf etish; •Ruhiy muvozanatga keltirish, boshqalarning va o‘zining holatini tushuna olish ko‘nikmalarini rivojlantirish. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 146 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Ruhiy barqarorlikni oshirish bo‘yicha mashg‘ulot (Kichik guruhlarda ishlash) “Hissiyotlar ro‘yxati” trening mashg‘uloti. Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: •ijobiy va salbiy hissiyotlar va ularga munosabatni shakllantirishda; •guruhiy va individual psixokorreksion faoliyatda; •hissiyotlarni ratsional va konstruktiv muhokama qilish ko‘nikmasini shakllantirishda; •emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarda (agressivlik, bezovtalik); xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda. Mashg‘ulot ishtirokchilariga quyidagi emotsiya va hissiyotlar ro‘yxati beriladi. Bunda har bir emotsiya yoki hissiyotning insonga salbiy va ijobiy ta’sir natijasi muhokama qilinib ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng umumiy xulosaga asosan salbiy deb topilgan emotsiya va hissiyotlar ro‘yxati tuziladi. Bu ro‘yxat ishtirokchilarga tarqatma material tarzida berilishi ham mumkin, bunda ular shunchaki har bir so‘z to‘g‘risiga + yoki -belgisini qo‘yish orqali uning ijobiy yoki salbiy ekanligini ajratishlari mumkin. Ishtirokchilar salbiy emotsiya va hissiyotlarning ro‘yxatini tuzib chiqqach umumiy muhokama qilinadi, shundan so‘ng trener salbiy emotsiya va hissiyotlarning oqibatlarini o

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda insonlar o‘rtasida muomala va munosabatda hissiy va ruhiy salomatligi masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda insonlar o‘rtasida muomala va munosabatda hissiy va ruhiy salomatligi masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit soʻzlar: trening, psixofiziologiya, ong, ruhiy barqarorlik, ruhiyat, korreksiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники