Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI ZAMONAVIYLASHTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Sindarova Shoxista Maxammatovna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 37-43 · 2025
Аннотация
Dars davomida muammoli vaziyatni oʻquv mashgʻulotlarining barchasida shakllantirish mumkin, Toplangan muommoga asoslanib, shuni ta’kidlash lozimki, turi ilmiy-uslubiy jihatdan muammoning qoʻyilishi, muammoning yechimini topish, oʻquvchilarning mavzuni yaxshi oʻzlashtira olishiga turtki boʻladi. Bundan koʻrinib turibdiki muommoli ta’lim texnaligiyasiga etiborimizni qaratamiz. Kalit so’zlar: Muammoli vaziyat, koʻrinishini aniqlash, fikrlash, diqqat, nutq, xotira, aqliy faoliyat, tanqidiy fikitlash. Muhandislik grafikasi fanining muommolari bir qancha deb qarash mumkin. Bizga ma’lumki Muhandislik grafikasi fani murakkabligi darajasi bilan yuqori boʻlib, bizga aniqlikni taqazzo etadi. Shu boiz bizda ayrim muommolar paydo boʻlishi mumkinligini inobatga olishimiz kerak. Oʻqituvchidan aniq harakat qilishni, darsning har bir minutini hisobga olishni, ushbu vaqtda kerakli samara hosil boʻlishi uchun oʻzining barcha imkoniyatlarini va mahoratini ishga solishni talab etadi. Bu masalani hal etishning muhim sharti oʻqituvchining boʻlajak oʻquv mashgʻulotiga tayyorgarligidir. Tayyorgarlik jarayonida ta’limning barcha koʻrinishlarini hisobga olish va uni uslubini ishlab chiqish zarur. Ta’limga tayyorgarlik koʻrishda oʻqituvchilar bir qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Ana shunday qiyinchiliklardan biri darsni muammoli tashkil qilish va muammoni oʻrganish usulini tanlashdadir. Birinchidan tanlangan usul faqat oʻquv materialini oʻzlashtirishni https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 176 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ta’minlabgina qolmay, balki oʻquvchilar faoliyatida mustaqillikni ham ta’minlashi zarur. Ikkinchi qiyinchilik esa muammolarni koʻrinishini aniqlash, ya’ni oʻqituvchi muammoni yechishga xonadagi barcha oʻquvchilarni jalb qiladimi yoki vazifani ayrim guruh oʻquvchilariga bajartiradimi? Bu qiyinchilik oʻqituvchida muammoli vaziyat va muammoning bayoni haqidagi tasavvurlarini yetishmasligidan kelib chiqadi. Uchinchi qiyinchilik esa darsda oʻquvchilarni qiziqishini uygʻotish va uni uzluksiz rivojlantirib borishida koʻrinadi. Chunki oʻquvchilar diqqatini bir nuqtaga muntazam toʻplashga oʻqituvchining tajribasi va mahorati yetmasligi mumkin. Uni dars jarayonida qancha koʻp shakllantirish oʻqituvchiga bogʻliq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki u oʻquvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va oʻquvchilarning izlanishiga, fikrlashga oʻrgatadi Oʻqish, hisoblash, yozish boʻyicha mashgʻulotlar bolalarning fiziologik balogʻatiga qarab oʻz- oʻzidan paydo boʻlgan ehtiyojlariga muvofiq. Oʻqish uchun toʻrt ehtiyojni ajratgan: 1.ijtimoiy, 2. konstruksiyalash, 3. badiiy ifoda, 4. tanqidiy. Bilish manbalari sifatida bolalarga quyidagilar taqdim etiladi: soʻz, san’at asarlari, texnik qurilmalari. Bolalar oʻyin va amaliy faoliyat- mehnatga jalb etiladi. Bu oʻqitishning yangi uslublari, yoʻllari va tamoyillari nazariy asoslanmagan va konsepsiya sifatida ifodalanmagan. Gʻoyalari boʻyicha insoniyat yoʻlini qaytaradi, bilimlarni oʻzlashtirish spontan, boshqarilmaydigan jarayon boʻlib, bola oʻzida hosil boʻlgan ehtiyojni qondirishi natijasi sifatida materialni oʻzlashtiradi. Oʻqitish samaradorligi shartlari oʻquv materialini muammolashtirish oʻquvchi faolligi bilan bogʻliq boʻlishi kerak. Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, oʻzimizni bilishimizga https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 177 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari imkon beruvchi ongni oʻrganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga boʻlib oʻrganishimiz lozim. Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bogʻliqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning oʻzi qiyin. Masalan, koʻrib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay koʻringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan koʻrgan yoki oʻqigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa toʻgʻrisida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak boʻladi. Hattoki, tasodifan qoʻlimizga kirib 4 ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, oʻsha narsaning bu yerda qanday paydo boʻlganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi. Muammoli oʻqitish texnologiyasi mohiyati va maqsadi: Muammoli oʻqitish texnologiyasi mohiyatini oʻqituvchi tomonidan talim oluvchilarni oʻquv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va oʻquv vazifalarini, muammolarini va savollarini xal qilish orqali yangi bilimlarni oʻzlashtirish boʻyicha ularning bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Maqsadi – nafaqat ilmiy bilishning natijalarini sinchliklab tahlil qilish, oʻrganishdan iborat boʻlmay, tinglovchining bu natijalarini olish jarayonini oʻrganishdan, bilish faoliyatini va uning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat. Muammoli ta’lim
Доказательный фрагмент
«Dars davomida muammoli vaziyatni oʻquv mashgʻulotlarining barchasida shakllantirish mumkin, Toplangan muommoga asoslanib, shuni ta’kidlash lozimki, turi ilmiy-uslubiy jihatdan muammoning qoʻyilishi, muammoning yechimi…»
Образец извлечения
Демо-превьюDars davomida muammoli vaziyatni oʻquv mashgʻulotlarining barchasida shakllantirish mumkin, Toplangan muommoga asoslanib, shuni ta’kidlash lozimki, turi ilmiy-uslubiy jihatdan muammoning qoʻyilishi, muammoning yechimi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tanqidiy fikitlash., koʻrinishini aniqlash, xotira, Kalit so’zlar: Muammoli vaziyat, aqliy faoliyat, diqqat, nutq, fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025