Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIKRO GESLARNING GIDROENERGETIKADAGI ISTIQBOLLARI.
Nazarov Bobir Urazali o‘g‘li · Murodaliev Rustambek Ramazon o‘g‘li
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada mikro gidroelektr stansiyalarning (mikro GES) gidroenergetika sohasidagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilingan. Mikro GESlar - quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan kichik energiya manbalari bo‘lib, ularning ekologik tozaligi, kam xarajatli ekspluatatsiyasi va mustaqil energiya ta’minoti imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Tadqiqot davomida mikro GESlarning texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ularni joylashtirish sharoitlari, hamda tog‘li va tog‘ oldi hududlarda qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganildi. Mikro GESlar O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, uzoq hududlarni elektrlashtirish va energiya xavfsizligini ta’minlashda katta salohiyatga ega ekani isbotlandi. Maqolada mikro GESlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham berilgan. Kalit so‘zlar: Mikro GES, gidroenergetika, qayta tiklanuvchi energiya, elektr energiyasi ishlab chiqarish, suv resurslari, energiya xavfsizligi, iqtisodiy samaradorlik, ekologik energiya manbai. Kirish: Bugungi kunda global miqyosda energiya resurslaridan oqilona va barqaror foydalanish dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Aholi sonining o‘sishi, sanoatning kengayishi va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortib borishi natijasida, an’anaviy manbalarga alternativ bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, gidroenergetika sohasida kichik va mikro GESlar ekologik https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 294 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari toza, iqtisodiy va texnik jihatdan maqbul variant sifatida ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham ushbu yo‘nalishda faol harakat qilmoqda. Jumladan, Prezidentning 2023-yil 9-martdagi PQ-95-sonli qarorida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan kichik GESlarni barpo etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan [1]. Shuningdek, 2022-yil 1- dekabrdagi PQ-436-sonli qaror asosida “Yashil energiya” dasturi ishlab chiqilib, uning doirasida 2030-yilga qadar 400 dan ortiq mikro va kichik GESlarni barpo etish rejalashtirilgan [2]. Bu esa mamlakatda energiya xavfsizligini ta’minlash, uzoq hududlarni elektrlashtirish va importga qaramlikni kamaytirishga xizmat qiladi. Mikro GESlar (quvvati 100 kVtgacha) - kichik suv oqimlaridan foydalanish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan, lokal darajada ishlaydigan qurilmalar bo‘lib, ular past bosimli va o‘rtacha suv sarfli daryolarda samarali qo‘llaniladi. Ayniqsa, tog‘li va tog‘ oldi hududlar uchun mikro GESlar energiya ta’minotining eng maqbul variantlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari davlat rahbarining 2024-yil, 7-noyabr kuni suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, qishloq xo‘jaligida yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi [3]. O‘zbekistonda suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kanallarni betonlash dasturini davom ettirish rejalashtirilmoqda. 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Prezident betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar qurish imkoniyatini qayd etib o‘tdi. Hozirgi paytda tabiiy o‘zanli kanallardagi suvning tezligi ancha past bo‘lib betonlashgandan keyin suvning tezligi 2-3 martta oshadi va bu suv energiyasidan samarali foydalanish imkonini beradi. Asosiy qism: Mikro GESlarning texnologik imkoniyatlari. Mikro GESlar - quvvati 5 dan 100 kVtgacha bo‘lgan, mahalliy suv resurslari asosida ishlovchi, mustaqil energiya ishlab chiqaruvchi tizimlardir. Ular asosan kichik daryo, soy, kanal va suv chiqarish inshootlari bazasida quriladi. Bunday tizimlar quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi: suv qabul qiluvchi inshoot, https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 295 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari turbina, elektr generatori, regulyator va uzatish liniyalari. Eng ko‘p qo‘llanilayotgan turbina turlari - Pelton, Francis, Kaplan, shuningdek, yangi avlod kinetik va spiralsimon turbinalardir. Ayniqsa, suv bosimi past, lekin suv sarfi yuqori bo‘lgan hududlarda spiralsimon (Arximed vintli) turbinalar samarali hisoblanadi. Suv oqimi past bo‘lgan daryolar yoki soylar esa kinetik turbinalar yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarishga mos keladi. Bu turbinalarning kamchiliklari esa ularning quvvati va samaradorligi suv oqimi tezligiga bog‘liq bo‘lishidir [4], [8]. Mikro GESlarning iqtisodiy samaradorligi. Mikro GESlar qurilish va ekspluatatsiya xarajatlari jihatidan yirik GESlarga nisbatan ancha arzon bo‘lib, kichik ijtimoiy guruhlar, fermer xo‘jaliklari, qishloq aholi punktlari uchun mustaqil energiya manbai vazifasini o‘taydi. Ularni barpo etish: • yangi elektr uzatish liniyalarini tortish zaruratini kamaytiradi; • uzoq hududlarda energetik qaramlikni yo‘qotadi; • investitsiyalarning qaytish muddati odatda 4-7 yilni tashkil etadi. Masalan, Surxondaryo viloyatida quvvati 30 kVt bo‘lgan mikro GES 150 ta xonadonni elektr bilan ta’minlay ola
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mikro gidroelektr stansiyalarning (mikro GES) gidroenergetika sohasidagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mikro gidroelektr stansiyalarning (mikro GES) gidroenergetika sohasidagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Mikro GES, iqtisodiy samaradorlik, elektr energiyasi ishlab chiqarish, qayta tiklanuvchi energiya, gidroenergetika, suv resurslari, ekologik energiya manbai., energiya xavfsizligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026