К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY TEXNIKA VOSITALARINING XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI

Qurbonov Nodirjon Buriboyevich · Qurbonov Komronbek Nodirjon o‘g‘li

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 55 · 38-40 · 2026

Аннотация

This article discusses the importance of television in the field of education. The use of modern technological advancements plays a significant role in improving the quality of education. The positive effects of television’s visual and audiovisual features in education, the advantages of television-based learning, and the experience of using television for foreign language acquisition are discussed. Keywords: education, television, audiovisual tool, foreign language, authentic materials, visual aspect, communicative competence, speaking skills, effectiveness, research. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida hozirgi zamon texnika yutuqlaridan foydalanish tobora avj olib bormoqda. Xususan, o‘quvchi yoshlarni maktabda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha televideniyedan foydalanish ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bolalarni internet orqali o‘qitishning qay darajada samara berishi ma’lum sabablarga ko‘ra barchamizga ayon. Shu sababli televideniye orqali bolalarga ta’lim berish eng qulay usul hisoblanadi. Ushbu maqola televideniyening ta’lim bilan aloqasiga bog‘liq asosiy masalalarga to‘xtaladi hamda televideniyening ta’lim berishda o‘quvchilar yutuqlaridagi ijobiy ta’sirini ko‘rsatish maqsadida mavjud televizion tadqiqotlardan olingan misollar bilan televidening ta’lim sohasida ishlatilishining afzalliklarini ko‘rsatib beradi. Televizorning eng ko‘zga ko‘ringan jihatlaridan biri shuki, uning vizual aspekt xususiyati borligidadir. Inson mazmunni anglash uchun tasvirlarning qudratiga ichki hissiyot bilan intiladi. 116 Shu o‘rinda xalqimizda bir ibratli maqolni keldirishmiz mumkin “Ming marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshi”. Albatta, televizor informatsiyani turli formalarda taqdim etadi: nafaqat tasvir shaklida, balki harakat, ovoz hamda o‘z vaqtida matnni ham ko‘rsata oladi. Tadqiqotlarga ko‘ra audio va vizual informatsiyaning ko‘pligi o‘rganishning yanada samaradorligiga sabab bo‘ladi, ya’ni har bir element bir-birini to‘ldirib boradi. Biz hammamiz “Ko‘rish bu ishonishdir” degan ibratli so‘zlarni bilamiz. Shu bilan birga ko‘rish bu eslab qolish degani ham, chunki inson xotirasi ko‘rganda ko‘proq narsani eslab qoladi. Asosan, odamlar faqat ko‘rish yoki faqat eshitishga nisbatan ham ko‘rib, ham eshitsalar ikki barobar ko‘proq eslab qoladilar. Bundan ko‘rinadiki, televizordagi ovoz va tasvir kombinatsiyasi ta’lim olishda eng qudratli vositaga aylanadi. Televizorda beriladigan “aralash xabar” (mixed message) ning ta’limdagi foydasi G.Gardnerning turli aqliy qobiliyatlar nazariyasida ham ko‘rsatib o‘tilgan [3]. O‘qituvchilar mashg‘ulotlarda televideniyadan foydalanishda juda kreativ bo‘lib, o‘quvchilarning bilim olishlarida sezilarli hissa qo‘shish uchun foydalanishni biladilar. Bizning xulosalarimizga ko‘ra ta’lim berishda televizor orqali o‘rgatish: 1. O‘qish va ma’ruza materiallarini mustahkamlaydi; 2. O‘quvchilar orasida umumiy bilim bazasini rivojlantirishga yordam beradi; 3. Ta’limning turlicha usullaridan keng foydalanishda sharoit yaratadi; 4. O‘quvchilarda motivatsiya va entuziazmni oshiradi; 5. O‘qituvchilarning ta’lim berishdagi samaradorligini oshiradi. Televideniye bolalarga bilim olishlarida qanday yordam berishi mumkin? Tadqiqotlarga ko‘ra ko‘rish eslash hamdir, ya’ni “ko‘rish bu ishonishdir”. Insonning eslab qolish qobiliyati tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra quyidagilarni ko‘rsatadi [1]: - 10% o‘qiganda eslab qolish; - 20% eshitganda eslab qolish; - 30% ko‘rganda eslab qolish; - 50% ko‘rganda va eshitganda eslab qolish. Televidenie bolalarga ma’lumotni ko‘rish va eshitish asosida qabul qilish imkonini yaratib, ularning xotira qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, televideniedan o‘quv jarayonida to‘g‘ri va samarali foydalanish ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Video materiallar xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligini oshiradi, chunki uning dramalashtirilgan madaniy konteksti portreti va autentik materiallar boshqa til va madaniyatning o‘zaro uyg‘unlashuvini tasvirlaydi. Tadqiqotchi Klovis (1997) ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitganida mashg‘ulotlarda video materiallarni ishlatish tajribasi haqida yozadi, uning muvaffaqiyatli strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga olgan [2]: 1) o‘quvchilar vizual informatsiyani ko‘chirib yozishlari uchun video materialni to‘xtatib turish; 2) ovozli trekni o‘chirib qo‘yish: bunda dialogning yetishmayotgan qismini to‘ldirish orqali o‘quvchilarning ingliz tilidagi og‘zaki va yozma nutqini o‘stiriladi; 3) lug‘at boyligi va o‘qib tushunish kompetensiyalarini o‘stirish maqsadida dasturlar ishlatish; 4) ota-onalar ham ingliz tilidagi bilim darajalarini oshirishlari hamda farzandlarining ingliz tilini o‘rganishlarida faol ishtirokchi bo‘lishlari uchun video yozuvlarning nusxalaridan berish. 117 O‘quvchilar ham Klovisning o‘qitish usullaridan shunchalik ruhlanganlarki, ular qo‘shimcha ravishda boshqa o‘qitish dasturlaridan ham foydalana boshladilar, shuningdek, o‘quvchilar o‘z qarashlarini maktabdagi quyi sinf o‘quvchilari

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance of television in the field of education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance of television in the field of education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, television, audiovisual tool, foreign language, authentic materials, tadqiqotlar., audiovizual vosita, kommunikativ qobiliyat, nutqiy ko‘nikma, ta’lim, televideniye, samaradorlik, vizual aspekt, xorijiy tili, autentik materiallar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники