К содержанию
РецензированоUZ2021

PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI TALABALARINING LINGVOKOGNITIV KOMPETENSIYASINI TPACK MODELI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Allamuratov G’ofur Ashurovich · Xorijiy tillar kafedrasi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2021

Аннотация

Ushbu maqolada psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining lingvokognitiv kompetensiyasini zamonaviy TPACK modeli (Technological Pedagogical Content Knowledge) asosida rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqotda lingvistik va kognitiv salohiyat o‘zaro bog‘liq holda shakllanishi, raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning tahliliy tafakkuri va kasbiy til kompetensiyasini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. TPACK modelining integrativ yondashuvi orqali chet tili o‘qitishda pedagogik, texnologik va mazmuniy elementlarning uyg‘unligi ta’minlanadi. Kalit so‘zlar: lingvokognitiv kompetensiya, TPACK modeli, psixologiya, chet tili, raqamli pedagogika, metodika, integratsiya. Zamonaviy psixologiya ta’limi lingvistik va kognitiv bilimlarning integratsiyasini talab qiladi. Ayniqsa, psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun xorijiy tilni o‘rganish jarayoni oddiy grammatik yoki kommunikativ kompetensiyani emas, balki chuqur lingvokognitiv kompetensiyani shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu esa tilni bilim va tafakkur o‘rtasidagi ko‘prik sifatida qabul qilishni anglatadi. Lingvokognitiv kompetensiya – bu til orqali axborotni qabul qilish, tahlil qilish, konseptual tuzilmalar yaratish va ularga asoslangan fikr yuritish qobiliyatidir (Leontyev, 2021). Ushbu kompetensiyani samarali shakllantirishda TPACK modeli muhim metodologik asos hisoblanadi. Mishra va Koehler tomonidan ishlab chiqilgan TPACK modeli pedagogik, texnologik va mazmuniy bilimlar integratsiyasiga asoslangan bo‘lib, zamonaviy ta’lim muhitida til o‘rganish jarayoniga yondashuvni chuqurlashtiradi (Mishra & Koehler, 2006). So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar TPACK modelining samaradorligini isbotlamoqda. Masalan, Chai va boshqalar (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, TPACK modeli asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘zlarining analitik fikrlash va mustaqil o‘rganish kompetensiyalarini 30% dan ortiqroq darajada rivojlantirganlar. TPACK modeli aynan psixologiya yo‘nalishida chet tilini o‘rganish jarayonida ham mos keladi, chunki bu soha kognitiv tafakkur, lingvistik muloqot va ilmiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi (Chai et al., 2020). Metodik jihatdan bu yondashuv quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Diagnostika bosqichi: Talabalarning lingvistik va texnologik tayyorgarligi hamda psixologik terminologiyani o‘zlashtirish darajasi diagnostika testlari va individual yoki guruhli diagnostik suhbatlar yordamida aniqlanadi. Shu bilan birga, AI vosit alaridan foydalanib, talabalarning javoblari va nutqini avtomatik tahlil qilish imkoniyati ko‘rib chiqiladi, bu ta’lim jarayonining shaxsiylashtirilishini ta’minlaydi (Woolf, 2021)[1]. 2. O‘quv materiallarini modellashtirish: Bu jarayonda TPACK modelining o‘zaro uyg‘unligi ta’minlanadi. Sun’iy intellekt (AI) va virtual reallik (VR) vositalari yordamida mashg‘ulotlar interaktiv va immersiv xarakterga ega bo‘lib, talabalar uchun til va psixologik tushunchalarni amaliy ravishda mustahkamlash imkonini yaratadi. VR muhiti orqali talabalar real psixologik holatlarni simulyatsiya qilishi, AI esa shaxsiy o‘quv jarayonini avtomatik tarzda moslashtirishi mumkin (Johnson et al., 2023)[2]. 128 3. Amaliyot bosqichi: Talabalar interfaol topshiriqlar bajarishadi – rolli o‘yinlar, konsultatsiya jarayonlari, muammoli vaziyatlar tahlili ingliz tilida tashkil etiladi. 4. Baholash bosqichi: Baholashning joriy va yakuniy usullari, refleksiya va peer- assessment orqali amalga oshiriladi. Jahonning ko’plab yetakchi universitetlarida o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, TPACK asosida o‘rgatilgan guruhda lingvokognitiv kompetensiyaning rivojlanish ko‘rsatkichlari 38% dan 79% gacha o‘sdi. Bu o‘zgarishlar talabalarning psixologik terminologiyani ingliz tilida anglash, tahlil qilish va mustaqil ifodalash ko‘nikmalarida sezilarli yuksalish bo‘lganini ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘quvchilarning texnologik vositalardan foydalanish madaniyati va o‘z- o‘zini baholash salohiyati ham oshgani qayd etildi (Rakhmatova, 2023). Xulosa qilib aytganda, TPACK modeli asosidagi metodik yondashuv psixologiya yo‘nalishidagi talabalar uchun lingvokognitiv kompetensiyani rivojlantirishda yuqori samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Model orqali bilim, texnologiya va metodika o‘zaro uyg‘unlashtiriladi, bu esa ta’lim sifatini oshirish va talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. TPACK modelining amaliyotga keng joriy etilishi orqali chet tilini kasbiy kontekstda o‘rganishning yangi bosqichiga o‘tish mumkin (Tursunova, 2025). Shu bois, psixologiya yo‘nalishida lingvokognitiv kompetensiyani TPACK modeli asosida rivojlantirish metodikasining ilmiy va amaliy ahamiyati yuqori. U nafaqat talabalar kasbiy tayyorgarligini oshiradi, balki zamonaviy ta’limning innovatsion tendensiyalariga mos keladigan o‘quv jarayonini tashkil etishga xizmat qiladi. Natijada, kelajakdagi psixolog mutaxassislarining kommunikasiyaviy va ilmiy-salohiyati yuqori darajada shaklla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining lingvokognitiv kompetensiyasini zamonaviy TPACK modeli (Technological Pedagogical Content Knowledge) asosida rivojlantirishning ilmiy-metodik aso…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining lingvokognitiv kompetensiyasini zamonaviy TPACK modeli (Technological Pedagogical Content Knowledge) asosida rivojlantirishning ilmiy-metodik aso… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodika, chet tili, psixologiya, integratsiya., lingvokognitiv kompetensiya, raqamli pedagogika, TPACK modeli
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники