К содержанию
РецензированоUZ2026

TOTAL PHYSICAL RESPONSE METODINING INGLZI TILIDA LUG‘AT O‘RGANISHDAGI O‘RNI VA SAMARASI

Azizova Durdona Avzbek qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 2026

Аннотация

Hozirgi kunda ingliz tilini samarali o‘zlashtirish ta'lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Total Physical Response (TPR) metodi, til o‘rgatishda harakatlar va ifodalar orqali o‘rgatishni ta'minlaydi, bu esa o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini qulay va samarali qiladi. TPR metodi o‘quvchilarning lug'atni o‘zlashtirishda sezilarli yaxshilanishlarni ta'minladi. Shuningdek, TPR metodi o‘quvchilarning ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa til o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Biroq, TPR metodining ba'zi cheklovlari ham mavjud, masalan, murakkab tushunchalarni o‘rgatishda qiyinchiliklar, jismoniy faollik uchun joy yetishmasligi va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish zarurligi. Bu muammolarni hal qilish uchun TPR metodini boshqa metodlar bilan birlashtirish, sinf sharoitlarini yaxshilash va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytadiganda, TPR metodi ingliz tilini o‘qitishda samarali va innovatsion yondashuv sifatida keng qo‘llanilmoqda. Kalit so‘zlar: Total Physical Response (TPR), metodlar, lug‘atlar, innovatsion ta’lim, motivatsiya, samaradorlik, individual qobilyat. Hozirgi zamonda xorijiy tillarni, xususan , ingliz tilini samarali o‘zlashtirish masalasi ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayoning jadallashuvi, xalqaro aloqalarning kengayishi va axborot tehnologiyalarning rivojlanishi ingliz tiliga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Bunday sharoitda innovatsion o‘qitish metodlarini izlash va bor metodlarning samarasini yana ham takomillashtirish dolzarb vazifaga aylangan. Ingliz tilini o‘qitishda turli xil metodlar bor bo‘lib, tilni o‘qitishda aynan, total physical response metodi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini qulay va samarali qilishga yordam beradi. Bu metod, o‘quvchilarning harakatlari va ifodalari orqali tilni o‘rganishlariga imkon yaratadi, shuningdek, o‘qituvchilar uchun innovatsion yondashuvlarni taqdim etadi. Ushbu metod nafaqat til o‘rganishni osonlashtiradi, balki o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi va ularning qiziqishini oshiradi.Shuningdek, total physical response metodi o‘quvchilarning ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa til o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Metod haqida hozirgi kungacha juda ko‘p olimlar ham Yevropa ham Osiyo davlarida ko‘p izlanishlar olib borishgan. Yevopa davlatlarida tajriba va sinov o‘tkazgan olimlarni quyida berilgan jadvalda ko‘rishimiz mumkin. Bu tadqiqotlari asosiy qismi Indoneziya o‘tkazilgan. 9 Osiyo davlatlari xususan O‘zbekistonda ham bir qancha tadiqotchilan TPR haqida va uning samaradorligi haqida tajribalar o‘tkazishgan. Masalan , Ergasheva Ozoda va Nasriddinova Manzurakhon (2025) o‘quvchilarning lug‘atni o‘zlashtirishida sezilarli yaxshilanish kuzatilganligini ta’kidlagan bo‘lsa, Sevara Muradova va Gulnora Mengniyozova (2023) Kasb- hunar kollejlari o‘quvchilarida TPR metodining ingliz tilidagi lug'atni o‘zlashtirishdagi samaradorligini o‘rgangan va uning foydali ekanligini keltirilgan. Dilnoza Sunnatova va D.T. Muhitdinovlar esa (2024), TPR metodini qo‘llash orqali o‘quvchilarning tilni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi oshganligini ta’kidlashgan. Bundan tashqari, total physical response metodi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonida ularning jismoniy harakatlari va verbal javoblarini birlashtirish orqali samaradorligini oshiradi. Bu usul, o‘qituvchilarga dars jarayonida ijodkorlikni qo‘shish imkonini beradi va o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Qisqacha qilib aytadgan bo‘lsak, Total Physical Response (TPR) metodi, ingliz tilini o‘qitishda samarali va innovatsion yondashuv sifatida keng qo‘llanilmoqda. U o‘quvchilarning tilni o‘rganish jarayonini qulay va samarali qilishga yordam beradi, chunki bu metod tilni o‘qitishda harakatlar va ifodalar orqali o‘rgatishni ta’minlaydi. Biroq, har bir metodda bo‘lgani kabi, TPR metodining ham ba’zi muammolari mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: - Murakkab tushunchalarni o‘rgatishda cheklovlar: TPR metodi asosan oddiy va konkret so‘zlarni o‘rgatishda samarali, ammo murakkab yoki abstrakt tushunchalarni o‘rgatishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Lekin, o‘quvchilarning individual farqlari va o‘rganish uslublarini hisobga olish TPR metodining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. - Jismoniy faollik uchun joy yetishmasligi: TPR metodida o‘quvchilar jismoniy harakatlar orqali tilni o‘rganadilar, bu esa keng sinf xonalarida yoki cheklangan joylarda muammo tug’dirishi mumkin. Bunday holatda, sinf xonasida o‘rganuvchilarning soni ham ahamiyatli hisoblanadi. Bunday muammolarni hal qilish uchun o‘qituvchilar innovatsion yondashuvlarni qo‘llashlari va sinf sharoitlarini yaxshilashga harakat qilishlari kerak. - O‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish: Har bir o‘quvchining o‘rganish uslubi

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda ingliz tilini samarali o‘zlashtirish ta'lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda ingliz tilini samarali o‘zlashtirish ta'lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion ta’lim, lug‘atlar, samaradorlik, individual qobilyat., Total Physical Response (TPR), motivatsiya, metodlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники