К содержанию
РецензированоUZ2026

DEPRESSIYA VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI

Abdakimova Mamlakat Abdusamad qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqola orqali siz depressiya haqida to‘liq ma’lumot olishingiz va bundan tashqari depressiyaning kelib chiqish sabablari, unung klinik turlari,depressiyaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar haqida bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Kalit so‘zlar: Depressiya, ruhiy kasallik, stress, kayfiyat, klinik tur. Depressiya ruhiy kasallik boʻlib, u odamda hayotga boʻlgan umidsizlik, odamlarga boʻlgan ishonchsizlik, tushkunlik, yolgʻizlik, stress, toʻxtovsiz xavotirlanish va shu kabi yomon [negative] hissiyotlarni uygʻotishi mumkin. Oʻta jiddiy holatlarda, baʼzilar sigaret chekish, spirtli ichimliklar ichish, meyoridan ortiqcha uxlash kabi yomon illatlar bilan oʻzlarini chalgʻitishga urinishadi. O'spirin yoshidagi bolalarning juda koʻp musiqa tinglashi depressiyadan qiynalishlariga sabab bo'lishi mumkin. Depressiya vaqtida inson ortiqcha miqdorda taom iste'mol qilishi ham mumkin. Depressiya (tibbiyotda) — oʻziga ishonmaslik ruhidagi gʻamginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir "qolip"ga tushib qolishi, xohish-istakning kamayishi, harakatlarning chegaralanishi. Koʻpgina ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Surunkali oʻta toliqish, ruhiy ozor yetkazadigan sharoit (holdan toyish depressiyasi), gʻam-gʻussa (reaktiv depressiya) depressiyaga sabab boʻlishi mumkin. Depressiya alomatlari turlicha namoyon boʻladi. Baʼzi turlarida fikrlash, savollarga javob qaytarish, baʼzan hatto harakat qilish qiyinla- shadi. Bemor gʻamgin koʻrinadi, ayni vaqtda ishtahadan qolib, ozib ketadi, yurak urishi va qon bosimi oʻzgaradi, boshi ogʻriydi, qabziyat boʻladi, terisi qurishib qoladi yoki ter bosadi; ayollar hayz koʻrmaydi; uyqusi buziladi; ish qobiliyati pasayadi. Depressiyaning baʼzi turlarida bemor oʻzini irodasizlikda ayblaydi, kasallikka, azobuqubatlarga duchor boʻldim deb oʻylaydi, oilasi uchun keraksiz kishi, gunohkor deb hisoblaydi va hokazo. Depressiya holati moddalar almashinuvining buzilishi va endokrin kasalliklar bilan birga kechadi. Depressiya holati kuzatilgan kishi oʻzini oʻzi oʻldirishga urinishi mumkin, shuning uchun bemorga koʻzquloq boʻlib turish kerak. Davo choralari kasallik alomatlariga qarab buyuriladi. Depressiya ruhiy holatning pastligi va faoliyatdan nafratlanishidir. 2020 yil holatiga ko'ra, bu dunyo aholisining taxminan 3,5% yoki butun dunyo bo'ylab 280 million kishiga ta'sir qiladi. Depressiya insonning fikrlari, xatti-harakatlari, his-tuyg'ulari va farovonlik tuyg'usiga ta'sir qiladi. Biror kishining ma'lum tajribalardan oladigan zavqi yoki quvonchi kamayadi va jabrlangan odam ko'pincha bu harakatlarga qiziqish yoki qiziqishni yo'qotadi. Depressiya bilan og'rigan odamlar qayg'u, tushkunlik yoki umidsizlik hissi, fikrlash va diqqatni jamlashda qiyinchilik yoki ishtaha yoki uxlash vaqtini sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin; o'z joniga qasd qilish fikrlari ham paydo bo'lishi mumkin. Hozirda shifokorlar depressiv buzilishning uchta asosiy turini ajratib ko'rsatishadi: nevrotik depressiya - hayotda sodir bo'layotgan voqealarga hissiy munosabatdan kelib chiqadi; endogen depressiya - organizm holatidagi muammolar, gormonal muvozanat bilan 123 bog'liq; bipolyar depressiya - ruhiy tushkunlikdan eyforiyagacha bo'lgan keskin o'zgarishlar bilan ifodalanadi. Kasallik turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, bular asosan ruhiy muammolar yoki tashqi ta'sirlar tufayli bo`lishi mumkin. Depressiya rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar quyidagilardir:  miyadagi kimyoviy va biologik jarayonlarning buzilishi;  irsiyat;  ruhiyatga ta'sir etuvchi omillar (qarindoshlar va do'stlarning o'limi, zo'ravonlik);  stress (ishdan bo'shatilish, mojarolar, ajralish, pul bilan bog'liq muammolar, jiddiy kasalliklar va boshqalar);  uzoq muddatli surunkali kasalliklar;  ichkilikbozlik, giyohvandlik;  gormonal nomutanosiblik. Depressiv buzilish quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:  kayfiyatsizlik, tushkunlik, apatiya;  faollik va ishlash qobiliyatining pasayishi;  doimiy charchoq;  hayotdan qoniqmaslik, unga qiziqishni yo'qotish, yashashni istamaslik;  tana harakatlari tormozlangan yoki aksincha, tartibsiz va notinch;  diqqatni jamlay olmaslik;  asossiz doimiy bezovta bo`lish;  o'zini past baholash, o'ziga ishonchni yo'qotish;  uyqusizlik yoki aksincha, doimiy uyqu;  ishtahaning yo'qolishi yoki ortiqcha ovqatlanish;  vaznning keskin kamayishi yoki uning ortishi;  jinsiy istakning yo'qligi. Depressiyaning ba’zi klinik turlari bilan tanishib chiqamiz.Kichik depressiya (subdepressiya, subklinik depressiya) – o‘ta engil ifodalangan depressiya. Unipolyar depressiya – maniakal davrlarsiz kechadigan depressiya. Atipik depressiya – depressiya uchun xos bo‘lgan tipik simptomlar aniqlanmaydigan depressiya. Kayfiyat tez-tez o‘zgarib turishi, bezovtalik, ishtahasi ochilib ketib, ko‘p ovqatlanish (“kayfiyatimni ovqat eb ko‘taraman”) va shu sababli semirib ketish, ko‘p uxlash, og‘ir qadam tashlash (“yurganda oyoqlarim og‘ir bo‘lib qoladi”) va ko‘pchilikka qo‘shilib ketish qiyinligi bilan namoyon bo‘ladi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola orqali siz depressiya haqida to‘liq ma’lumot olishingiz va bundan tashqari depressiyaning kelib chiqish sabablari, unung klinik turlari,depressiyaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar haqida bilib o…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola orqali siz depressiya haqida to‘liq ma’lumot olishingiz va bundan tashqari depressiyaning kelib chiqish sabablari, unung klinik turlari,depressiyaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar haqida bilib o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
klinik tur., Depressiya, kayfiyat, stress, ruhiy kasallik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники