American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATI SOHASIGA NAZAR
Beshimova Aziza Azamat qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В данном статье говорится, что на сегодняшний день в нашей стране действует более девяти тысяч негосударственных некоммерческих организаций, которые играют важную роль в защите прав и законных интересов субъектов права и личности, демократических ценностей, достижении социальных, культурных и образовательных целей. Ключевые слова: Неправительственные и некоммерческие организации, гражданское общества, дома неправительственных и некоммерческих организаций, государственные органы, внебюджетные фонды, грантовые проекты, правовые знания. Abstrakt: This article states that today there are more than nine thousand non- governmental non-profit organizations operating in our country, which play an important role in protecting the rights and legitimate interests of individuals and legal entities, democratic values, and achieving social, cultural, and educational goals. Keywords: Non-governmental and non-profit organizations, civilsociety, non- governmental and non-profitorganization houses, government bodies, exstra-budgetary funds, grant projekts, legal knowlegle. Soʻnggi yilarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish, faoliyati erkinligini kafolatlash, davlat organlari va ular oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Natijada soʻnggi toʻrt yilda fuqarolik jamiyatining eng asosiy instituti hisoblanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 20,7 foizga oshib, 187 ta yirik respublika nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatini boshladi. Bugungi kunda yurtimizda toʻqqiz mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ular jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy maqsadlarga erishishda muhim rol oʻynamoqda. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Buning natijasida 20 ga yaqin qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumatning qarorlari 164 qabul qilindi. Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati erkinligini yanada taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-mayda PF – 5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻz faoliyatini amalga oshirishda qator qulayliklar yaratildi, xusuan Farmonga asosan, 2018-yil 1-iyundan nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida adliya organlari bilan kelishish shartlari bekor qilindi hamda xabardor qilish tartibi joriy etildi. Natijada nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatidagi byurokratik toʻsiqlardan biri bartaraf etilishi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar soni bir yilning oʻzida 10 665 taga oshdi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablagʻlaridan va mol-mulkdan, ularni olish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng, biron-bir toʻsiqlarsiz foydalanishi belgilandi. Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1- dekabrdan nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik yaratish maqsadida ularning faoliyati bilan bogʻliq bir qator xizmatlarni elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatini taʼminlovchi www.e-ngo.uz portali ishga tushirildi. Ushbu portal orqali elektron tarzda: - nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramzlarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish; - nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish; - nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlar taqdim qilish; - nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni kelishish; - nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun elektron tarzda hujjatlar taqdim etish amalga oshirib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida viloyatlar markazida “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari” tashkil eti
Доказательный фрагмент
«В данном статье говорится, что на сегодняшний день в нашей стране действует более девяти тысяч негосударственных некоммерческих организаций, которые играют важную роль в защите прав и законных интересов субъектов прав…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данном статье говорится, что на сегодняшний день в нашей стране действует более девяти тысяч негосударственных некоммерческих организаций, которые играют важную роль в защите прав и законных интересов субъектов прав… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Non-governmental and non-profit organizations, civilsociety, non-, huquqiy bilim., davlat organlari, byudjetdan tashqari mablag’, grant loyihalar, nodavlat va notijorat tashkilotlari uylari, fuqarolik jamiyati, Nodavlat va notijorat tashkilotlari
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021