К содержанию
РецензированоUZ2017

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

SAN’AT FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI · G‘ulamov Obidjon G‘ayratovich

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2017

Аннотация

Maqolada taraqqiyot strategiyasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish borasida vazifalarlardan kelib chiqib, milliy an’analarni asrab-avaylash, zamonaviy amaliy san’at asarlarini taqdim etish, shuningdek, unutilib borilayotgan xalq an’analarini o‘rganish va qayta tiklash, ulardan samarali foydalanish, O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xalqaro darajada ommalashtirish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: taraqqiyot strategiyasi, tasviriy va amaliy san’at, ularni xalqaro darajada ommalashtirish, xalq rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlar. Bugun kunda butun dunyoda bo‘lgani singari yurtimizda ham san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqa. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan barcha sohada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Bunday ezgu jarayonni madaniyat va san’at rivojiga, ijod ahliga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor misolida ham ko‘rish mumkin. So‘nggi ikki yilda mazkur sohaga taalluqli 20 ga yaqin Farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 mayda “Madaniyat va sana’t sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3022-sonli, 2018 yild 1 avgustda “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ3892-sonli 2020 yil 21 aprelda “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4688-sonli va 2022 yil 2 fevralda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” [1] PQ-112-sonli qarorlarining qavbul qilinganligi buning yaqqol dalilidir. Tasviriy va amaliy san’at sohalarida milliy merosimizni tiklash, Kamoliddin Behzodning boy ijodiy merosini xalqimizga to‘la yetkazish, soha rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli rassom va xalq ustalari xotirasini abadiylashtirish, ijodiy yo‘nalishda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda mamlakatimizda tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 aprelda “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ- 4688-sonli qarori qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60- sonli farmonda ham san’at sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 1-ilovasida 75- maqsad qilib “Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining 168 badiiy-estetik didini yuksaltirish”ga e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda atoqli O‘zbekiston xalq rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish hamda ular xotirasini abadiylashtirish, O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xalqaro darajada ommalashtirish, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. [2] O‘zbekiston nafaqat tarixi, madaniyati, san’ati bilan Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda o‘z o‘rniga ega mamlakatlar sirasiga kiradi. Yurtimizda azaldan sana’tga e’tibor yuqori bo‘lgan. Varaxsha saroyi devoriy hajmli va rangtasvirlari, Xorazmdagi Tuproqqal’a qadimiy saroyidan topilgan devoriy rangtasvir suratlari o‘sha davr me’morchiligida bezak va naqshlar uyg‘unligida, mutanosiblik me’yorlarini belgilashdagi o‘ziga xoslik, tarixiy manbashunoslar yozib qoldirgan manbalar bezaklar va me’moriy kompozitsiya o‘rtasidagi garmoniyaga erishish, tizimning ichki qonuniyatlari, an’anaviy qo‘llanish amaliyotiga xos tamoyillar alohida tadqiqotlarni talab etadi. [3] Bu esa, qadimgi davr ustalarning ijodiy faoliyatini o‘rganish, ustoz-shogird an’anaviy munosabatlarini tadqiq qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ingliz san’atshunos olimi F.R.Martin “Temuriylar singari san’ati va madaniyatini qadrlaydigan hukmdorlar Markaziy Osiyoda hech vaqt bo‘lmagan”, deb yozgan edi. Ammo bugungi kunda yurtimiz va Markaziy Osiyodagi sana’t asarlari yetarli darajada tadqiq etilgani yo‘q. Zardushtiylik va buddizm davri me’morchiligida qadimiy hajmli va rangtasvir yodgorliklar tarixiy manbashunoslik nuqtai nazardan tahlilliy asosda deyarli o‘rganilmagan. [4] Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, hozirgi O‘zbekiston hududlarida qadimdan hajmli san’at turlari taraqqiy etgan. Yurtimiz hududlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar ja

Доказательный фрагмент

«Maqolada taraqqiyot strategiyasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish borasida vazifalarlardan kelib chiqib, milliy an’analarni asrab-av…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada taraqqiyot strategiyasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish borasida vazifalarlardan kelib chiqib, milliy an’analarni asrab-av… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xalq rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish, ularni xalqaro darajada ommalashtirish, taraqqiyot strategiyasi, tasviriy va amaliy san’at, milliy qadriyatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники