К содержанию
РецензированоUZ2026

DIQQATNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI

Abdakimova Mamlakat Abdusamad qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqola orqali siz diqqatning turlari ya’ni ixtiyoriy, ixtiyorsiz kabi turlari va diqqatning ko‘lami, kuchi, barqarorligi, bo‘linishi kabi xususiyat turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Kalit so‘zlar: diqqat, ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat, ong, barqarorlik. Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat deb, ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishiga aytamiz; biz o‘z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimizning qilgan ishlarimiz, fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishidan iboratdir; bunda go‘yoki ong doirasi anchagina tig‘izlanadi. Ana shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqinlashadi. Ongning eng tormozlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar, fikrlar) juda to‘la, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi. Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday faollik ongning bir nuqtaga to‘planishining kuchayishi va malum vaqt mobaynida diqqat qaratilgan narsaga ongning faol yo‘naltirilishini saqlab turishdan iboratdir. Odam ayrim narsalarga o‘z diqqatini ongli ravishda o‘zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya’ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo‘naltirilishi va to‘planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo‘linadi.  Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so‘nggi diqqat.  Diqqatning ob'ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.  Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat. Ixtiyorsiz diqqat deb to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqatga aytiladi. Odamning ko‘z o‘ngida paydo bo‘ladigan juda yorqin rangli narsalar, o‘zining tashqi ko‘rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, to‘satdan paydo bo‘lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan, hikoya o‘qish mashg’uloti paytida to‘satdan uchib o‘tgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog‘dagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarning ta'siri Ixtiyorsiz diqqatga sabab bo‘ladi. Masalan, erkin o‘yin paytida 99 ` zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini o‘yindan darhol o‘ziga jalb qilib oladi. Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat'iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. Odamning ko‘pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya'ni o‘qish, o‘yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo‘lib, u zo‘r berishlikni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarimsharlarining po‘stida vujudga keladigan optimal qo‘zg‘alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g‘oyat kattadir. Chunki ko‘pchilik hollarda hoh ta’limjarayonida bo‘lsin, hoh mehnat jarayonida bo‘lsin nutq orqali turli vazifalar qo‘yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sartlashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, ya'ni odam o‘zini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi, Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda ta'lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o‘tib turishi yaxshi bo‘ladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan so‘nggi diqqatni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o‘zi qiziqarli va ahamiyatli bo‘lsa ixtiyoriydan so‘nggi diqqat deb tushunish mumkin. Bu holda faol

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola orqali siz diqqatning turlari ya’ni ixtiyoriy, ixtiyorsiz kabi turlari va diqqatning ko‘lami, kuchi, barqarorligi, bo‘linishi kabi xususiyat turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola orqali siz diqqatning turlari ya’ni ixtiyoriy, ixtiyorsiz kabi turlari va diqqatning ko‘lami, kuchi, barqarorligi, bo‘linishi kabi xususiyat turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat, diqqat, barqarorlik., ong
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники