Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
O‘QUVCHILARDA LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISHGA OID AYRIM TAVSIYALAR
Salimova Gulnoza Alibek qizi · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish va lug‘atlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga oid ayrim tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari o‘quvchilarning yosh va qiziqishlariga mos ravishda tanlangan matnlar asosida so‘z boyligini oshirishga doir metodik takliflar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Lug‘at, lug‘atshunoslik, metod, “Kundalik daftar”, “A4” metodi, “Mazmun asosida tahlil qilish” metodi, “Krossvord” metodi. Lug‘atshunoslik tilshunoslikning muhim sohalaridan bo‘lib, u tilning asosiy birliklaridan biri bo‘lgan so‘zni chuqur o‘rganadi. Lug‘atshunoslik so‘zlar ma’nosi, kelib chiqishi, shakli, ishlatilish darajasi va ular orasidagi munosabatlarni tadqiq etadi. Bu fan nafaqat alohida so‘zlar, balki frazeologik birliklar, sinonimlar va antonimlarni, terminlar hamda shevaga xos so‘zlarni ham o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek zamonaviy leksikologiya kompyuter lingvistikasi, avtomatik tarjima, sun’iy intellekt va ta’lim texnologiyalari bilan ham bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda lug‘atshunoslikning ahamiyati til o‘rganish, tarjima, matn tahlili, jurnalistika va adabiyotshunoslik sohalarida ham muhim sanaladi. Hozirgi rivojlanish jarayonida lug‘atshunoslikning to‘xtab qolmasligi, zamon bilan hamnafas yuksalishi uchun astoydil harakat qilinmoqda. Maktab darsliklaridagi lug‘atlarning berilish shakli ham o‘zgarib bormoqda. Avvalgi darsliklarda lug‘atlar ayrim sahifalardagina va alohida olingan holda berilgan bo‘lsa, bugungi zamonaviy darsliklarda yangi so‘zlarning berilish shakllari ham o‘zgargan. Hozir darsliklarda o‘qib tushunishga doir matnlar tarkibida ham yangi so‘zlar ma’nolari sharhlab ketilmoqda va bu yangi so‘zlarning o‘quvchilar e’tiboridan chetda qolmasligiga sabab bo‘lyapti.Bugungi globallashuv davrida nafaqat hayotimiz, turmushimizda yangiliklar balki tilimizga ham yangi so‘zlar kirib kelmoqda. O‘quvchi yoshlarni ushbu yangi so‘zlar ma’nosi bilan tanishtirish va ularni to‘g‘ri qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirish bugungi ona tili fani o‘qituvchilarining vazifasidir. “Lug‘at ustida ishlash, o‘quvchilarni ona tilining lug‘at boyligi bilan tanishtirish, lug‘at sostavidagi so‘zlardan nutqda to‘g‘ri foydalanish, o‘quvchilarni yangi so‘zlar bilan tanishtira borish, adabiy tilga xos bo‘lmagan so‘zlarni tugata berish kabi maqsadlarni nazarda tutadi. Lug‘at ustida ishlash, birinchidan, ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, o‘quvchilarning fikr doirasini kengaytiradi, ikkinchidan, o‘quvchilarni yangi so‘zlar bilan tanishtiradi, uchinchidan, ona tili darslarida grammatik, orfografik, punktuatsion qoidalar ustida ish olib borilar ekan, lug‘at ustida ishlashni ham unutmaslik kerak” [3; 77-b]. Darsliklarda asosan zamonaviy kasblar, zamonaviy atamalar berilayotganining asosiy sababi ham o‘quvchilarni ular bilan tanishtirish va zamonaviy atamalar yuzasidan o‘z qarashlarini shakllantirishdan iboratdir. Ba’zan maktablarda dars jarayonida darslikda berilgan yangi so‘zlarga yetarlicha e’tibor berilmasdan, asosiy e’tibor mashqlarni bajarish va qoidalar so‘rashga qaratiladi. Bu o‘quvchilarda lug‘atlar bilan ishlash ko‘nikmasining 116 ` yetarlicha rivojlanmay qolishi va yangi so‘zlarning aniq ma’nosini o‘zlashtirolmay qolishlariga olib kelishi mumkin. Dars davomida o‘quvchilar qarshisidan chiqayotgan yangi so‘zlarni turli metodlar va usullar yordamida o‘quvchilarga yetkazsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, “So‘z daraxti” metodidan foydalanib o‘quvchilarda lug‘at boyligini oshirishni ko‘rib chiqamiz. Doskada daraxt rasmi chiziladi va unga yangi o‘rgangan so‘z yoziladi. Daraxt atrofiga shoxlar chizilib, shoxlardan biriga sinonim, biriga antonim, yana biriga so‘z turkumi va oxirgisiga ishlatilish o‘rni yoziladi. Misol uchun yaxshi so‘zini yangi o‘rganilgan so‘z deb olsak, a’lo sinonimga, yomon antonimga, sifat so‘z turkumiga yozilib oxirgi shoxga yaxshi so‘zi qatnashgan gap yoziladi. Ushbu topshiriqni o‘quvchilar navbat bilan doskaga chiqqan holda bajarishadi. Ushbu metoddan, asosan, ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘rganishda foydalanish mumkin. Quyida ushbu metodga namuna keltirilgan. Berilgan daraxtdagi har bir katakchaga xuddi namunadagidek so‘z, uning so‘ralgan ma’nolari yozib chiqiladi. Yoki lug‘atlar bilan ishlash jarayonida “Kundalik daftar”[2; 74-b] metodi ham yaxshi samara beradi. Ushbu metodda o‘quvchilarning har biriga yon daftarcha tarqatiladi va darslar davomida qarshisidan chiqqan yangi so‘zlarni ma’nosi bilan birga yozib olgan holda ushbu so‘zlarni o‘zlashtirish topshiriladi. Har hafta yoki har oy yakunida daftarchaga to‘plangan so‘zlar yuzasidan mitti nazoratcha o‘tkazilib, o‘quvchilarning shu bir oy vaqt davomidagi o‘rgangan yangi so‘zlarini baholab borish mumkin. 117 ` 6-sinflar uchun mo‘ljallangan yangi darslikda zamonaviy kasblar, atamalar keltirilgan bo‘lib, ushbu so‘zlar ma’nolari ham lug‘at shaklida, ham o‘qib tushunish uchun berilgan matnlar tarkibida mazmunan sharhlanish orqali berilgan. O‘qib tushunish matnlarida kelgan yangi so‘zlarning ma’nolarini o‘quvchilarga yetkazis
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish va lug‘atlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga oid ayrim tavsiyalar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish va lug‘atlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga oid ayrim tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Krossvord” metodi., “Kundalik daftar”, “A4” metodi, lug‘atshunoslik, Lug‘at, metod, “Mazmun asosida tahlil qilish” metodi
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021