Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna · Murodov Asadbek Asliddin o‘g‘li · SHDPI MI--kurs talabasi
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘qitishning me’yoriy hujjatlari, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Me’yoriy hujjatlar ta’lim sifatini ta’minlash, pedagogik faoliyatni tartibga solish hamda xalqaro standartlarga moslashtirish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada xorijiy va mahalliy tajribalar solishtirilib, me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, me’yoriy hujjatlar zamonaviy ta’lim talablari asosida doimiy yangilanib borilishi, pedagoglar uchun qulay va tushunarli bo‘lishi zarur. Bu ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: ta’lim, me’yoriy hujjatlar, standartlar, pedagogika, o‘quv jarayoni, ta’lim sifati, ta’lim normativlari, innovatsion ta’lim, ta’lim huquqiy asoslari, davlat ta’lim standarti. Kirish. Ta’lim tizimi jamiyatning rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi sohalardan biri bo‘lib, uning samarali faoliyat yuritishi uchun ma’lum me’yoriy hujjatlarga asoslanishi zarur. O‘qitish jarayonini belgilab beruvchi va uning sifatli tashkil etilishini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ushbu hujjatlar ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlar, baholash mezonlari, metodik tavsiyalar va boshqa qoidalarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim jarayonini aniq tartibga solish hamda pedagog va o‘quvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash uchun mazkur hujjatlarga qat’iy rioya qilish talab etiladi. O‘qitishning me’yoriy hujjatlari har bir pedagogning kundalik ish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu hujjatlar o‘qitish jarayonining qaysi usullarga asoslanib olib borilishi, o‘quv dasturlarining mazmuni va o‘quvchilarga qanday bilim va ko‘nikmalar berilishi lozimligini belgilaydi. Masalan, davlat ta’lim standartlari ta’limning umumiy maqsadlari, talab etiladigan bilim, ko‘nikma va malakalar to‘plami hamda ularni egallash darajalarini belgilab beradi. O‘quv rejalari esa fanlarning umumiy hajmini, ularni o‘qitish ketma-ketligini va ajratiladigan vaqt me’yorlarini ko‘rsatib beradi. Mazkur maqolada ta’lim jarayonini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar va ularning ahamiyati keng tahlil qilinadi. Xususan, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, baholash tizimi, metodik qo‘llanmalar kabi muhim me’yoriy hujjatlarning o‘qitish jarayonidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Ushbu hujjatlar nafaqat pedagoglar uchun, balki ta’lim muassasalari rahbariyati, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun ham muhim hisoblanadi. Chunki ular ta’lim jarayonining tashkiliy va metodik jihatdan mukammal tashkil etilishiga xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili. O‘qitishning me’yoriy hujjatlari ta’lim jarayonini tartibga soluvchi muhim vositalardan biri bo‘lib, ular o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari va metodik qo‘llanmalar shaklida ifodalanadi. Ushbu yo‘nalishda ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Quyida ushbu mavzuga oid ikki xorijiy va ikki o‘zbek olimlarining ilmiy ishlari tahlil qilinadi. 130 ` Amerikalik pedagog Ralf Tayler o‘zining "Basic Principles of Curriculum and Instruction" asarida o‘qitish dasturlarini ishlab chiqishning asosiy tamoyillarini bayon etadi. Unga ko‘ra, ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishda quyidagi bosqichlarga e’tibor qaratish lozim: o‘quv maqsadlarini belgilash, tajriba va mashg‘ulotlar orqali ularga erishish, baholash tizimini yaratish. Tayler shunday deydi: "Curriculum development must begin with defining clear educational objectives, which should be assessed systematically to ensure their effectiveness in the learning process." - deb ta’kidlab oʻtgan. Uning fikriga koʻra raqamli ta’lim muhitda ta’lim samaradorligini oshirish katta ahamiyatga ega [1] Shuningdek, Robert Gagné o‘zining "The Conditions of Learning and Theory of Instruction" kitobida ta’lim jarayonini tartibga solishda standartlar va me’yoriy hujjatlarning ahamiyatiga to‘xtaladi. Unga ko‘ra, har qanday ta’lim tizimi oldindan belgilangan maqsad va mezonlar asosida shakllanishi kerak. Gagné ta’lim jarayonida baholash tizimining muhimligini ta’kidlab, shunday yozadi: "Effective instruction is structured around predefined learning outcomes, supported by systematic evaluation methods that measure student progress." Ekanligini ta’kidlab o‘tgan.[2] Jumladan o‘zbek adabiyotlari Abdullayeva M. (2017). "O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishda me’yoriy hujjatlarning roli".Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi me’yoriy hujjatlar va ularning ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilingan. Muallifning fikricha, o‘quv jarayonida standartlarni aniq belgilash va ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish ta’lim samaradorligini oshiradi. Abdullayeva shunday yozadi: "Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari ta’lim tizimining uzviy qismi bo‘lib, ularning to‘g‘ri tatbiq etilishi o‘quvchilarning bilim darajasiga bevosita ta’sir qiladi".[3] Karimov I. (1997). "Yuksak m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘qitishning me’yoriy hujjatlari, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘qitishning me’yoriy hujjatlari, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim normativlari, standartlar, innovatsion ta’lim, o‘quv jarayoni, ta’lim, me’yoriy hujjatlar, ta’lim sifati, davlat ta’lim standarti., pedagogika, ta’lim huquqiy asoslari
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021