Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM SOHASIDA INKLUZIV YONDASHUV: TA’LIM OLUVCHILARNING TENG IMKONIYATLARINI TA’MINLASH MUAMMOLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · IMKONIYATLARINI TA’MINLASH MUAMMOLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Mahammadjonova Shukrona Elmurod qizi (in-academy.uz/index.php/si) · I. R. Tishabayeva (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 134-134 · 2006
Аннотация
Mazkur maqolada ta’lim tizimida inkluziv yondashuvning o‘rni, imkoniyatlari va joriy muammolari tahlil qilinadi. Maxsus ehtiyojli ta’lim oluvchilar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish, psixologik-pedagogik yondashuvlar va zamonaviy didaktik vositalarning samaradorligi ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda inkluziv ta’lim sohasidagi amaliy ishlar va rivojlanish yo‘nalishlariga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: inkluziv ta’lim, maxsus ehtiyoj, teng imkoniyat, adaptatsiya, pedagogik strategiya. Bugungi globallashuv davrida har bir bola, jumladan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham sifatli ta’lim olish huquqi ustuvor hisoblanadi. Inkluziv ta’lim bu – barcha o‘quvchilar, shu jumladan, jismoniy, aqliy yoki boshqa turdagi ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun teng va to‘laqonli ta’lim olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan tizimdir. BMTning 2006-yildagi “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi”da har bir insonning ta’lim olish huquqi kafolatlangan [1.]. 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif: “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi Xalqaro Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. “Yoshlar huquqlari bu, eng avvalo birinchi navbatda, ularning tinch va sog‘lom yashash hamda ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari hisoblanadi[2.]. “Inkluziv” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “ichiga oluvchi, o‘z ichiga qamrab oluvchi” degan ma’noni anglatadi. Inkluziv ta’lim — bu barcha bolalarning, jumladan, maxsus ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilarning ham umumta’lim muassasalarida to‘laqonli va teng asosda ta’lim olishlarini ta’minlaydigan pedagogik yondashuvdir. Ushbu konsepsiya har bir bolaning shaxsiy imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ularni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashga xizmat qiladi. Zamonaviy pedagogika individual yondashuv, bag‘rikenglik, teng huquqlilik kabi tamoyillarga asoslanmoqda. Shunday ekan, inkluziv yondashuv nafaqat ta’lim tizimining insonparvarlik ruhida rivojlanishini, balki uning ijtimoiy adolatga asoslanganligini ham ta’minlaydi. Bu esa har qanday farzandning ijtimoiy faolligi va o‘z hayotida to‘liq ishtirok etish huquqini kafolatlaydi. Inkluziv ta’limni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida O‘zbekistonda ijobiy siljishlar kuzatilayotgan bo‘lsa-da, bir qator dolzarb muammolar mavjudligicha qolmoqda. Avvalo, o‘qituvchilarning yetarli malakaga ega emasligi sezilmoqda. Ularning aksariyati imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega emas. Defektolog, logoped kabi maxsus soha mutaxassislariga ehtiyoj ortib bormoqda. 38 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Shuningdek, maktablarda maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun moslashtirilgan o‘quv dasturlari va darsliklar yetarli emas. Bu esa ularning o‘zlashtirish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun ta’lim tizimida chuqur islohotlar zarur. Avvalo, pedagogik kadrlarga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqish lozim. O‘qituvchilarning maxsus ta’lim bo‘yicha bilimini oshirish, ularni malaka oshirish kurslari orqali tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Infratuzilma sohasida esa maktablar texnik va arxitektura nuqtai nazaridan qayta jihozlanishi, maxsus vositalar bilan ta’minlanishi lozim. Bu o‘z navbatida bolalarning maktab muhitiga erkin va teng asosda moslashuvini osonlashtiradi. Shuningdek, ijtimoiy ongni shakllantirish ham muhim omillardan biridir. Jamiyatda nogironlikka emas, imkoniyatga e’tibor qaratish g‘oyasini keng targ‘ib qilish, ijobiy misollar asosida tushuntirish ishlari olib borish zarur. Bu borada ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va ta’lim muassasalari faol ishtirok etishi lozim. Inkluziv ta’lim — bu barcha o‘quvchilarning, jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarning ham ta’lim olishda teng huquqlilik prinsipiga asoslangan, barqaror rivojlanishga qaratilgan ta’lim tizimi yondashuvidir. Bugungi kunda inkluzivlik ta’limni rivojlantirishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi va ijtimoiy adolatni ta’minlashga katta hissa qo‘shadi. Inkluziv ta’limning joriy etilishi faqat imkoniyati cheklangan bolalarga emas, balki butun jamiyatga foyda keltiradi. Har bir bola o‘zining imkoniyatlari doirasida rivojlanishiga imkoniyat yaratish — jamiyatni tenglik, hurmat va bag‘rikenglik asosida rivojlantirishning eng muhim qadami hisoblanadi.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ta’lim tizimida inkluziv yondashuvning o‘rni, imkoniyatlari va joriy muammolari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ta’lim tizimida inkluziv yondashuvning o‘rni, imkoniyatlari va joriy muammolari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik strategiya., adaptatsiya, maxsus ehtiyoj, teng imkoniyat, inkluziv ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024