К содержанию
РецензированоUZ2026

QASHQADARYO VOHASIDAGI MOTAM MAROSIMLARIDA SAQLANIB QOLGAN QADIMGI E’TIQOD IZLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tirkasheva Dinora (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi aholisi motam marosimlarida saqlanib qolgan qadimiy e’tiqod va urf-odatlar tahlil qilinadi. Xususan, vohada o‘lim bilan bog‘liq marosimlarda totemistik, animistik va shomonistik qarashlarning izlari, ularning zamonaviy turmushdagi shakllari va ijtimoiy ongdagi o‘rni yoritiladi. Kalit so’zlar: Qashqadaryo vohasi, motam marosimlari, arxaik ko’rinishlar, totemizm, animizm, shomonizm, otning dumi, marhumning ruhi, 40 kun, baxshi, parixon, folbin, ajina, islomiy marosimlar. Motam marosimlari har bir xalqning ma’naviy madaniyatida chuqur ildiz otgan an’analar qatoriga kiradi. Qashqadaryo vohasida o‘lim bilan bog‘liq marosimlar orasida qadimgi e’tiqod shakllarining arxaik ko‘rinishlari hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Xususan, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida o‘tkazilgan motam marosimlarida totemizm, animizm hamda shomonizmga oid qarashlar sezilarli darajada kuzatiladi. Aholi orasida keng tarqalgan marosimlardan biri – “otga davra solish” bo‘lib, u qadimda vafot etgan shaxsning otiga marhumning kiyim-boshlari tashlab, uning qilgan ezgu ishlari eslatilishi bilan kechgan. Marosim oxirida otning dumi kesib, bo‘shatib yuborilgan. Bu qadimiy totemistik ishonch — ot marhumning ruhi bilan bog‘liq, degan tushunchaga asoslanadi. Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida moziyga oid “ajdodlar ruhi”ga ishonch ham motam marosimlarida muhim o‘rin tutadi. Mahalliy aholi fikricha, marhumning ruhi 40 kun davomida uy atrofiga kelib turadi. Shu sababli, bu davrda uyda jimlik, duolar va Qur’on tilovatlari uzluksiz davom etadi. Bu animistik e’tiqodning zamonaviy shaklidir. Shomonizmga oid unsurlar esa “baxshi”, “parixon” yoki “folbin” tomonidan o‘tkaziladigan davolash yoki duo qilish marosimlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday amallar, ayniqsa, marhum “to‘satdan” yoki “g‘alati holatda” vafot etgan taqdirda, “ajina” yoki “jin urgan” degan tasavvurlarga borib taqaladi. Bundan tashqari, motam paytida ot taqasi eshikka mixlanishi, ayg‘ir yugani osilishi, yoki chaqaloq kiyimining ot qozig‘iga ilib qo‘yilishi — bularning barchasi qadimgi irim- sirimlarning izidir. Bu marosimlar nafaqat marhumni xotirlash, balki ruhlar dunyosi bilan aloqani muvozanatga keltirish maqsadida amalga oshirilgan. Bugungi kunda ham ayrim mahallalarda bu urf-odatlar o‘z shaklini oz-moz o‘zgartirgan holda saqlanmoqda. Ular diniy islomiy marosimlar bilan uyg‘unlashgan, biroq o‘z ildizlarida qadimiy e’tiqod izlari yotadi. Qashqadaryo vohasida bu marosimlar islom diniy an’analari bilan qorishib ketgan. Jumladan, marhum nomiga Qur’on tilovat qilish, xayrli ishlar qilish, sadaqa tarqatish singari jihatlar diniy qadriyatlar bo‘lsa-da, ularning ichida qadimiy e’tiqod izlari yashiringan. Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida motamga oid odatlar turli ko’rinishlarda saqlanib kelinayotgan bo’lsa-da, ba’zi mintaqalarda o’ziga xos bo’lgan marosimlar borligini uchratamiz. Quyida keltirilib o’tilgan tumanlarda turli shakllarda motam marosimlarini o’tkazilishiga guvoh bo’lishimiz mumkin bo’ladi. 41 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Qarshi shahri va Qarshi tumanida umumiy motam urf- odatlari saqlangan.Bular: uch, yetti, qirq kunlik va yil oshi kabilardir. Qolaversa, ba’zi vaqtlarda janozani o’qish va marhumni xotirasi uchun duo-i fotiha tortish katta e’tiborli ish bo’lgan hamda qadimdan xalqimiz orasida saqlanilib kelayotgan odatlarga binoan, aynan mana shu joylarda motam marosimlarida ayollar qora libosda tasvirlanganlar. Osh -motam taomi. Shavla- ( guruchli yoki bug’doyli ) ba’zi xonadonlarda motam kuni qilinadi. Dugoba- maxsus motam kuni uchun ataylab tayyorlanadigan taom turi, shirin holda pishiriladi. Shahrisabz tumanida motam ko’rinishlari katta yig’inlar shaklida tashkil etilgan bo’lib, bunda, asosan, chilla va yil oshi kabi tadbirlarning o’tkazilishiga e’tbor qaratilgan. Qolaversa, tumanda joylashgan ba’zi qishloqlarda ko’za sindirish va suv quyish shaklidagi marosimlarni uchratamiz. Osh - qirq kunlik va yil oshi marosimlarida ko’p hollarda tayyorlanadi. Sho’rva- ( go’shtli yoki sabzili sho’rva)- motam kunida qilinadi. Moshkichiri- ayrim joylarda marhumning qirq kunlik to’ylarida tayyorlanadi. Kitob tumanida xalq orasida ko’p hollarda motam marosimi uchun tayyorlanadigan osh marosimiga e’tibor qaratilgan hamda marhumning xonadonidan tashrif buyuruvchilarning ketayotganlaridan Qur’on o’qilgan suv berilib, marhumning uyi ostonasiga sepib ketilgan. Kitob tumanida qishloq ayollari marosim vaqtlarida va marhumning xotirasiga bag’ishlab, oq va och rangda bo’lgan kyimlarni kiyishgan. Go’shtli osh- tumanda motam kunlarida eng ko’p tayyorlanadigan taom turi. Mastava - motam taomi. Bug’doy sho’rva- asosan, katta yoshdagi keuvchilarga tortiq qilinadigan taom turi. Koson tumanida marhumning orqasidan yo’qlab keluvchilarga osh tarqatish va marhumning xotirasi uchun Qur’on tilovat qilish muhim amalllardan sanalgan. So’ngra, marhumning xotirasi uchun beva- bechoralarga, kambag’al va yetim-

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi aholisi motam marosimlarida saqlanib qolgan qadimiy e’tiqod va urf-odatlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi aholisi motam marosimlarida saqlanib qolgan qadimiy e’tiqod va urf-odatlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qashqadaryo vohasi, parixon, baxshi, totemizm, otning dumi, marhumning ruhi, folbin, ajina, motam marosimlari, arxaik ko’rinishlar, 40 kun, islomiy marosimlar., animizm, shomonizm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники