К содержанию
РецензированоUZ2026

NOSIR XISRAV “SAFARNOMA”SIDA SHAHARLAR TAVSIFI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Nuriddinbekova Muslima Muxiddin qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

ushbu maqolada Nosir Xisravning “Safarnoma” asarida shaharlar tasviri, ularning madaniy, ilmiy va geografik jihatlari qanday tasvirlanganligi tahlil qilinadi. Muallif o`z zamonasidagi shaharlarni faqat tashqi ko`rinishi bilan emas, balki u yerlardagi ilm ahllari, til tafovutlari va shaharlarning diniy- ma`naviy hayoti bilan birga tasvirlagan. Kalit so`zlar: Nosir Xisrav, Safarnoma, shaharlar tavsifi, islomiy geografik nasr, badiiy tasvir, o`xshatish, mubolag`a, til tafovuti. Nosir Xisrav XI asrda yashab ijod qilgan fors-tojik shoiri, mutafakkiri va davlat arbobidir. U Mahmud G`aznaviy hamda uning o`g`li Ma`sud G`aznaviy saroyida mirzalik qilgan, soliq mahkamasini boshqargan. Keyinchalik esa haj qilish sababi ila 7 yil davomida (1045-1052) Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Suriya ,Misr, Arabiston, Iroq mamlakatlarida sayohat qildi. Uning bu sayohati o`z davri uchun eng uzoq, shu bilan birga , qiziq, sargushashtlarga boy safarlardan biri deyish o`rinlidir. Ushbu sayohat natijasida esa islomiy-geografik nasriy asarning yorqin na`munasi- “Safarnoma” dunyo yuzini ko`rdi. Ulug` adib o`z ko`zi bilan ko`rgan voqealarni, shuningdek, safar davomida har bir tafsilotni boy dunyoqarashi va keng fikri ila yoritib bergan. Asar davomida, ayniqsa, shaharlarning tavsifi alohida o`rin tutadi. Ijodkor qaysi shaharga borsa ham, diqqat e`tiborini shahar ulug` kishilariga, olim-u fuzalolarga qaratgan hamda ular bilan muloqotda bo`lishga harakat qilgan. Masalan, sayohatining dastavvalida Simnon shahriga kelib, u yerda bir muddat yashaganligi, ilm ahlini izlaganligini ta`kidlaydi: “Menga ustod Ali Nisoiy degan kishini ko`rsatishdi va huzuriga bordim. U hali yosh bo`lib, fors tilining Daylam lahjasida gapirardi. U sochini o`stirgan bo`lib, bir guruh shogirdlari tib, hisob , ba`zilari “Iqlidus”(Yevklid)kitobini o`qib o`tirardi. U bilan munozaraga kirishganimda, “hisob ilmini mukammal bilmayman, balki endi o`rganmoqchiman” degan javob oldim. Keyin o`zimga dedim : “Agar o`zi bilmasa, boshqalarga qandoq o`rgatarkin?” (3,17). Bu orqali adib voqeani shunchaki bayon qilayotgani yo`q balki, til tafovutlarini ko`rsatib beryapti. Ichki monolog orqali o`z ichki dunyosini, mulohazalarini ko`rsatib bermoqda. Shuningdek, mazkur parcha orqali Nosir Xisravni bilim izlovchi, tanqidiy fiklovchi, shubha bilan yodashuvchi shaxs sifatida o`quvchi ko`z o`ngida gavdalantiradi. Tabriz shahri haqida yozar ekan, bu shaharni obod va gavjum ekanligini, Ozarbayjon poytaxti hisoblanishini aytib o`tgan. Ushbu shaharda ham Qatron ismli shoir bilan ko`rishganligini, unga ba`zi baytlar sharxida yordam berganligi adibning ilm ahliga doim ishtiyoqmand ekanligini bilib olishimizga turtki bo`ladi. “Ixlot shahri musulmonlar va armanilar chegarasidagi shahardir. Bu joy amirining ismi Nasruddavla bo`lib, yoshi yuzdan ham oshib ketgandir”(3,21) Ixlot shahrining bunday nomlanishiga sabab qilib,arab , fors va arman tillarida so`zlashishlarini keltirgan. Zero, Ixlot “aralashgan”, “omuxta” degan ma`nolarni anglatadi. 49 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Qohira shahri haqida atroflicha , ancha keng ma`lumotlar berib o`tilgan. Shaharning qanday nomlangani-yu, u haqidagi ajoyibotlargacha imkon qadar ma`lumot berilgan, desak mubolag`a bo`lmaydi. Masalan, ushbu shahar kuch bilan ishg`ol etilgani uchun “Qohira” nomini olganligi, Nil daryosini kechib o`tishda qora itdan foydalanganligi haqidagi o`rinlar asarga qiziqishni orttirishi mumkin. Muallif nafaqat eshitgan xabarlari , balki, o`sha paytda o`z ko`zi bilan ko`rgan shaharni ham tavsiflaydi: “Karvonsaroylar, xammom va boshqa imoratlarning sanog`iga yetib bo`lmaydi. Sulton qasri Qohira shahri o`rtasida bo`lib, uning barcha tarafi ochiq va unga hech qanday imorat tutashmagan.agar shar tashqarisidan qaralsa, imoratlarning ko`pligi va mahobatliligidan sulton qasri toqqa o`xshab ko`rinadi.” (3, 48) . Ushbu parcha bir qancha badiiy tasvirlarga boydir. Masalan, “sanog`iga yetib bo`lmaydi” orqali bu yerda imoratlar sonining nihoyatda ko`pligi mubolag`a orqali ifodalangan. O`xshatish(tashbeh) orqali esa sulton qasrining ulug`vorligi , mahobati toqqa quyoslanmoqda. Bu tasvirlar orqali muallif shahar va qasrning ulug`vorligini ta`sirchan ifodalagan. O`z yurtidan ziyorat umidida safar qilgan Nosir xisrav makka shahri haqida ham quyidagicha ta`rif bergan:”Makka shahri baland tog`lar orasida joylashgan. Qaysi tomondan borilmasin, to yaqin borilmaguncha shahar ko`rinmaydi. Makkadan yarim farsax masofada barcha yo`llarda, maxsus belgilar,qo`yilgan va masjidlar qurilgan. Umrani ado qilish uchun uzoqdan kelgan odamlar bu yerda ehrom kiyishadi. … Makka ob-havosi g`oyat issiq bo`ladi. Quduqlarining suvi sho`r, ichib bo`lmaydi. Hatto qishda ham har xil mevalardan topiladi a do`konlar bo`shab qolmaydi.”(3,73) Ushbu parcha orqali shahar haqida bir qancha ma`lumotlar olishimiz mumkin. Shunngdek, muallif “do`konlari bo`shab qolmaydi” jumlasida giberbola (bo`rttirish) orqali Makkaning savdo-sotiq jihatdan serqatnov, b

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada Nosir Xisravning “Safarnoma” asarida shaharlar tasviri, ularning madaniy, ilmiy va geografik jihatlari qanday tasvirlanganligi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada Nosir Xisravning “Safarnoma” asarida shaharlar tasviri, ularning madaniy, ilmiy va geografik jihatlari qanday tasvirlanganligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Safarnoma, Nosir Xisrav, mubolag`a, til tafovuti., islomiy geografik nasr, shaharlar tavsifi, badiiy tasvir, o`xshatish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники