Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF FANLARINI OʻQITISH JARAYONIDA HAMKORLIK PEDAGOGIKASI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · PEDAGOGIKASI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH (in-academy.uz/index.php/yo) · Nurulloyeva Guli Tohir qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается роль педагогики сотрудничества в начальном образовании, эффективные методы её применения, а также влияние данного подхода на отношение учащихся к обучению и развитие их социальных навыков. Анализируются теоретические основы, практическое применение и результативность методов обучения на основе сотрудничества в контексте преподавания предметов начальной школы. Kalit so‘zlar: hamkorlik pedagogikasi, boshlangʻich taʼlim, interfaol metodlar, guruhlarda ishlash, ijtimoiylashuv, kompetensiya yondashuvi. Zamonaviy ta’lim tizimi har bir o‘quvchining shaxs sifatida kamol topishini ta’minlovchi pedagogik yondashuvlarni izlashni talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, hamkorlik pedagogikasi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vositaga aylanmoqda. Ayniqsa, boshlangʻich sinfda taʼlim jarayoniga ana shu yondashuvni tatbiq etish o‘quvchilar ongini shakllantirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. XXI asr – bu innovatsiyalar, tezkor axborot almashinuvi va uzluksiz o‘rganish zamonidir. Ushbu davr insoniyatdan faqat bilim emas, balki ijodiy fikrlash, tanqidiy yondashuv, jamoaviy ishlash kabi zamonaviy kompetensiyalarni ham talab qilmoqda. Aynan shu omillar ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, xususan, boshlang‘ich ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvlarni tatbiq etishni taqozo qilmoqda. Bunday zamonaviy yondashuvlardan biri – hamkorlik pedagogikasidir. Mazkur kurs ishida boshlangʻich sinf fanlarini oʻqitishda hamkorlik pedagogikasi imkoniyatlaridan qanday foydalanish mumkinligi, bu yondashuvning afzalliklari, amaliy jihatlari va natijalari tahlil etiladi. Boshlang‘ich sinf — bu bolaning shaxsiyati shakllanishi, ijtimoiy-psixologik muhitga moslashuvi va asosiy bilim-ko‘nikmalarni egallashi jarayonidagi muhim bosqichdir. Shu sababli bu davrda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularning mustaqil va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hamkorlik pedagogikasi esa o‘quvchilarni o‘zaro fikr almashish, muammoni birgalikda 65 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo hal qilish, bir-birini eshitish va qo‘llab-quvvatlashga o‘rgatadi. Bu usul orqali o‘quvchilar nafaqat bilim oladi, balki shaxsiy rivojlanish sari katta qadam tashlaydi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jahon ta’lim sohasiga kirib borishga mo‘ljallangan yangi ta’lim tizimining shakllanish jarayoni kechmoqda. Ushbu davr o‘quvtarbiya jarayonining pedagogik nazariya va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bilan kechmoqda: o‘qitishning mazmuni o‘zgaryapti, bilim berish jarayoniga boshqa yondashuv taklif etilyapti, boshqacha munosabatlar va o‘zini tutish tamoyillari shakllanyapti. Bularning barchasini bizning davrimiz – XXI asr – yangi texnologiyalar va insonlar o‘rtasidagi yangicha munosabatlar asri taqozo etmoqda. Darhaqiqat Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan yana bir masala, bu - farzandlarimizni mustaqqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan mustahkam hayotiy pozistiyaga ega, chinakkam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir”1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darslarni hamkorlikda o‘tish jarayoni o‘ziga nafaqat murakkab bilimlar tizimini o‘zlashtirishni, ko‘pgina o‘quv va intellektual ko‘nikmalarni shakllantirishni, balki bilib olish jarayonlarini: e’tibor, xotira, fikrlash va qobiliyatni rivojlantirishni ham kiritadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qish darslarida hamkorlikda ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi: - bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish; - maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish; - didaktik materialni tarqatish; - guruhdagi ishni rejalashtirish; - topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish; - guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e’tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar); - guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish; - guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish. Ta’limda hamkorlik pedagogikasi — bu o‘quvchilarning o‘zaro faol hamkorlik asosida bilim olishlarini ta’minlaydigan, o‘qituvchi esa bu jarayonda yo‘lboshchi, tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi sifatida ishtirok etadigan zamonaviy pedagogik yondashuvdir. Bu metodika o‘qitishning faqatgina bilish emas, balki ijtimoiy jarayon ekanini e’tiborga oladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va hamkorlikka mosligi 6-10 yoshli o‘quvchilar psixologik va fiziologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular yangi bilimni harakat orqali, amaliy faoliyat bilan o‘zlashtirishga moyil. Ular do‘stlikka intiluvchan, o‘zaro ta’sirga ochiq va jamoada ishlash istagiga ega bo‘ladilar. Bu yoshdagi bolalarda shaxsiy fikrni bildirish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari endigina shakllana boshlaydi. Hamkorlik pedagogika
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается роль педагогики сотрудничества в начальном образовании, эффективные методы её применения, а также влияние данного подхода на отношение учащихся к обучению и развитие их социальных навыков.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается роль педагогики сотрудничества в начальном образовании, эффективные методы её применения, а также влияние данного подхода на отношение учащихся к обучению и развитие их социальных навыков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- guruhlarda ishlash, hamkorlik pedagogikasi, boshlangʻich taʼlim, ijtimoiylashuv, interfaol metodlar, kompetensiya yondashuvi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014