Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVOIY NIGOHIDA SO`Z QUDRATI VA EZGULIK FALSAFASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Davlatova Shodiyona Zohid qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article analyzes the ideas of humanity, goodness and perfection in the work of the great thinker, poet and statesman Alisher Navoi. The author, highlighting the modern interpretation of Navoi's works and the moral and philosophical views contained in them, reveals the poet's approach to such concepts as man, word, thought, generosity and faith. The constant relevance of values such as humanism, kindness, truthfulness, good intentions, honesty and justice expressed in Navoi's works is emphasized. The article deeply analyzes the human soul and spiritual world using the images of the poet's ghazals, rubaiyats and epics. Keywords: humanity, goodness, perfection, moral values, humanism, art of speech, mysticism, ethics, philosophy, literature, Navoi's philosophy, poetry, good deeds, social views, spiritual education, ghazal, epic, perfect person, philosophy of life. Haqiqiy badiiy asar zamonlar osha yashaydi, talqinlar yangilanib boradi. Sababi talqinning iste’molchisi bo‘lgan kitobxon asardan o‘z davriga tutash, uyg‘un ma’nolarni izlaydi. Axloqiy mezonlarning yuqori cho‘qqisidan turib, dunyoni yuksak tafakkur, oliy ong orqali his qilgan, qalb kechinmalarini qalamga ko‘chirgan Alisher Navoiyning asarlarini idrok etishda asarning bosh g‘oyasini anglab yetish muhim vazifa hisoblanadi. Butun dunyo xalqlari adabiyotida badiiy asar va kitobxon orasida bo‘ladigan, asar zamirida yotuvchi yetakchi g‘oyani, matn ortida ufurib turgan shoir olamining anglam qatlamlari, tafakkur kengliklari sari yo‘naltiradigan jarayonlar borki, bular talqin, tabdil, sharh, izoh, nasriy bayon kabi qo‘shimcha vositalardir. Ular kitobxon ojizlik qilib turgan lahzalarda asar mohiyatiga olib kiradi.[1] Dunyo adabiyoti tarixiga nazar solinsa, badiiy adabiyot barcha zamonlarda ham kishilik jamiyati hayotidagi katta o‘zgarish va evrilishlarning aks-sadosi bo‘lishi barobarida insonni ma’naviy- axloqiy kamolotga yetkazishning eng ta’sirchan vositasi bo‘lib kelgan. Hazrat Alisher Navoiy siymosi va adabiy merosi buning yorqin dalilidir. Ulug‘ mutafakkir shaxs sifatida ham, ijodkor va davlat arbobi sifatida ham komillikning timsolidir [4] Shuningdek , biz quyida bu adiblarning mazkur masalaga oid mulohazalari aks etgan she’riy baytlarini tahlil qilishni lozim topdik. Avvalo, Xusrav Dehlaviy va Alisher Navoiy qarashlaridagi mushtaraklikka e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Har ikki shoir ham So‘z – 75 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo birinchi qudrat turtkisini, olamning yaratilishiga nido – asos bo‘lgan, degan falsafiy tushunchaga e’tiqod qiladilar. Go‘yo Mutlaq iloh moddiy olamni yaratish maqsadida «kun», «fakona» – «yaral», «bo‘l», deb xitob etgan va dunyo yaralgan ekan. Ya’ni, so‘z birlamchi (azaldan), amal ikkilamchi, degan tushuncha ham shunday kelib chiqqan. Mutlaq iloh olamni yaratgandan keyin So‘zni insonga bag‘ishladi. Xusrav Dehlaviyning fikricha, olam ham, odam ham so‘z uchun qolip – iloh ruh manzilgohi. Insonning tirikligi, joni, hayoti so‘z tufayli, zero Odamiydan o‘zga so‘zlovchi tirik vujud yo‘q. Hayvonlar ham tirik, yuradi, ammo nutq nuqtayi nazaridan ular ham tirik emas. Pas chu chunin ast, suxan joni most, V-on ki bad-u zinda buvad, z-oni most [Dehlaviy, 1975: 112]. (Shunday bo‘lgach, so‘z bizning jonimizdir va nimaiki bizni tiriltirsa, u biznikidir). Alisher Navoiyning fikricha ham: «So‘z gavharning sharafi» balandligiga sabab uning butun olam qudrati tarafidan tuhfa etilganidir [2]. Ulug‘ shoir g‘azal, ruboiy, tuyuq, qit’a va dostonlarida o‘zini tahlil etish vositasida insonning turli ruhiy holati, kechinmalarini ko`rsatadi. Navoiy barcha asarlarida inson qalbiga teran nazar tashlab, undagi o`zgarishlar jarayonini yuksak poetik mahorat bilan chizadi. Shoirning dostonlarida emas, g‘azal, ruboiylarida ham kishining turlicha holatlari gavdalantiriladi. Ular aksariyat hollarda g‘amgin kayfiyat ifodasi bilan boshlanadi. Asar davomida esa bu holat bir necha bor o‘zgaradi. Y’ni g‘amgin kayfiyat shodlik hislari bilan, nozik kechinmalar alam va umidsizlik bilan ko‘z ilg‘amas darajada shu qadar tez va oson almashinadiki, shoir qalami bilan bitilgan har bir so‘z nozik tafsil (detalь)ga, kutilmagan psixologik lavhaga aylanib, tasavvurda ranglarga boy yorqin manzara hosil qiladi. Hayratlanarlisi shundaki, Navoiy bunday manzaralarni nihoyatda osonlik bilan yaratadi U insonning holat, kechinma, kayfiyatini haroratli so‘zlar vositasida benihoya aniq va ixcham tarzda chizadi. Shoir tilining ravshan va ranginligi, majoziy vositalarining ajib go‘zalliklari, she’r vaznlarining qat’iy va ravonligi ko`ngilga ajib hislar olib kiradi. [3]. Navoiy asarlarida xalqimiz ongiga azaldan singib ketgan ezgu qadriyatlar va tushunchalar yorqin aks etgan. Shoir ijodida o‘zgalarga beminnat yaxshilik qilish, mehr- oqibat ko‘rsatish kabi oqilona fazilatlar taqin qilingan, bu kabi ezgu amallar targ‘ibi nasihatomuz tarzda tasvirlangan. Shoirning falsafiy mushohada yuritish qobiliyati uning pand-nasixat tarzida yozilgan hikmatlarida yaqqo
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the ideas of humanity, goodness and perfection in the work of the great thinker, poet and statesman Alisher Navoi.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the ideas of humanity, goodness and perfection in the work of the great thinker, poet and statesman Alisher Navoi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- humanity, goodness, perfection, moral values, humanism, art of speech, tasavvuf, ezgu amallar, she’riyat, axloq, hayot falsafasi, ma’naviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy qarashlar, doston, adabiyot, gumanizm, Insonparvarlik, g‘azal, komil inson, Navoiy falsafasi, komillik, so‘z san’ati, ezgulik, falsafa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024