К содержанию
РецензированоUZ2026

O’SMIRLAR ORASIDA SUITSID XAVFI VA PSIXIK BUZILISHLAR

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mehriddinova Sevara Muhiddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Bugungi kunda o’smirlar orasida suitsid holatlarining ortib borishi global va ijtimoiy muammo sifatida ko’rilmoqda.Maqolada ushbu xavfli tendensiyaning sabablari- depressiya, stress, oilaviy nizolar, virtual olam va psixik kasalliklar ta’siri haqida tahlil qilinadi. Shuningdek, o’smirlarning ruhiy salomatligini saqlashda oila, maktab va jamiyatning hamkorligi va psixologik yordam haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: Mental salomatlik, izolyatsiya, virtual makon, modda qaramligi, shizofreniya, bulimiya, biologik, ijtimoiy va psixik omillar. Barchamizga ma’lumki, so’nggi yillarda o’smirlar orasida keng tarqalib borayotgan suitsid psixologlar, psixiatr va pedagoglarni o’ylantirib kelayotgan dolzarb muammo hisoblanadi. Suitsid- o’z joniga qasd qilish, o’z hayotiga o’z ixtiyori bilan chek qo’yishdir.Bularning deyarli ko’pchiligi ruhan nosog’lomlik, jismoniy yoki ruhiy zo’ravonlikka uchrash va shaxsiy hayotidagi turli muammolar sababli depressiyaga tushib qolishi asosiy sabab bo’lmoqda.Shaxsda o’z joniga qasd qilish o’ziga nisbatan e’tibor qaratish maqsadida bo’ladi va bu 14-19 yoshlilar orasida ko’p kuzatiladi. O’smirlik davri inson hayotining eng nozik va emotsional jihatdan beqaror bo’lgan davri hisoblanadi.A.V.Petrovskiy va Yu.V.Ginzburglarning “O’smirlik psixologiyasi” asarida:” O’smirlik davri ikkinchi tug’ilish davri hisoblanadi. Chunki o’smir o’zini mustaqil shaxs sifatida anglay boshlaydi. Shaxsiy identited shakllanishi, o’zini jamiyatda qaysi o’ringa qo’yishini aniqlash jarayoni boshlanadi”. Afsuski, o’smirlik davrining inqirozli paytlarida to’g’ri yo’l ko’rsatishlar yoki psixologik yordam berilmasligi oqibatida siutsid va yana bir necha xil psixik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin.Sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, suitsid 15-19 yoshdagi o’smirlar orasida o’limning ikkinchi yetakchi sababidir.O’smirlar muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: Ommaviy axborot tizimining kengayshi oqibatida shart-sharoitning ham o’zgarayotganligi, ularda akseleratsiya jarayoni o’tmishdagiga nisbatan tezlashganligi hisoblanadi. Ayniqsa bugungi kunda raqamli texnologiyalar, ijtimiy tarmoq va sun’iy intellektga nisbatan yoshlardagi hissiy qaramlikning ortishi ham ijtimoiy hayotdan chekinish va virtual bosimga tushib qolishiga sabab bo’lmoqda. Suitsidga olib keluvchi omillar ko’p qirrali bo’lib, ularning asosiy qismini psixologik, ijtimoiy, biologik omillar tashkil etadi. Psixologik: Depressiya-suitsidning eng keng tarqalgan sababi.O’zini qadrsiz his etish, hayotda ijtimoiy ahamiyatini yo’qotish yoki oilaviy munosabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash. Haddan tashqari qo’rquv va xavotir, ijtimoiy bosimdan qo’rquv suitsidal fikrlar paydo bo’lishiga olib keladi.Bolalikdagi zo’ravonlik yoki pedofillar tomonidan yetkazilgan aziyat insonning ruhida chuqur iz qoldiradi .Modda qaramligi (alkogol yoki narkotik) impulslar nazoratini qiyinlashtiradi. Gallustinatsiya (yo’q narsani bor deb idrok etish) yoki paranormal fikrlar (ovozlar o’z joniga qasd qilishga buyurilishi) suitsidga undashi mumkin.Bundan tashqari, mental jihatdan nosog’lom insonlarda ,jumladan, anoreksiya, bulimiya , shizofreniyada odam real va noreal narsani ajrata olmaydi. Ayniqsa, shizofreniyaga chalingan bemorlar orasida suitsid holati o’ta yuqori bo’ladi. 79 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Biologik: Genetik moyillik-agar oilada suitsid qilgan yoki ruhiy kasallikka chalingan odam bo’lsa, boshqa a’zolarda ham suitsidal xatti-harakatlar yuqori bo’ladi.Garmonal nomutanosibliklar-kortizol (stress garmoni) darajasining uzoq muddat yuqori bo’lishi yoki serotonin darajasining pastligi ya’ni neyromediatorlar yetishmasligi impuls nazorati va hissiyotlarni boshqara olmaslikka olib keladi va suitsidual fikrlar kuchayadi. Ijtimoiy: Travmatik hodisalar, kamsitilish va tahqirlash holatlari-ayniqsa, o’smirlar va yoshlar orasida suitsid xavfini oshiradi.Bunday holatlarda oila, maktab va psixologik yordam roli beqiyosdir. Oila-bu bolaning birinchi ijtimoiy makoni, uning ruhiy va emotsional salomatligini aynan oilada shakllanadi. Shu sababdan ota-onalar farzandlariga emotsional qo’llab-quvvatlash, muloqot, mehr va ishonch muhitini yaratishlari, bolaning holatini diqqat bilan kuzatish va salbiy belgi va odatlarini ertaroq payqab mutaxassisga murojaat qilishlari kerak. Maktabning roliga kelsak bunda maktab psixologlarining faolligi muhim hisoblanadi. Ular o’quvchilarga stressni boshqarish va hissiy savodxonlik bo’yicha metodika va treninglar olib borishlari samarali hisoblanadi. Bundan tashqari ijtimoiy izolyatsiyaga qarshi chora tadbirlar olib borishlari va ruhida og’uvchanlik bo’lgan o’quvchilar bilan individual shug’ullanishlari lozim. Eng xavotirli tarafi, Janubi-sharqiy Osiyoda o’smir yoshida vafot etgan har oltita qizdan bittasi o’z joniga qasd qilib o’ladi. Yana psixologik bir nechta tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, suitsid ko’pincha tashlandiqlik hissidan kelib chiqadi.Masalan, amerikalik olimlar

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda o’smirlar orasida suitsid holatlarining ortib borishi global va ijtimoiy muammo sifatida ko’rilmoqda.Maqolada ushbu xavfli tendensiyaning sabablari- depressiya, stress, oilaviy nizolar, virtual olam va p…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda o’smirlar orasida suitsid holatlarining ortib borishi global va ijtimoiy muammo sifatida ko’rilmoqda.Maqolada ushbu xavfli tendensiyaning sabablari- depressiya, stress, oilaviy nizolar, virtual olam va p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy va psixik omillar., modda qaramligi, izolyatsiya, Mental salomatlik, virtual makon, shizofreniya, bulimiya, biologik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники