К содержанию
РецензированоUZ2026

YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARIDAGI OBRAZLAR TASVIRI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Baxtiyorova Oysha Bahodir qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada yusuf xos hojibning Qutadgʻu bilig (saodatga eltuvchi bilim) asaridagi obrazlarga tasviri haqida to‘xtalib o‘tadi. Kalit soʻzlar: oytoʻldi, kuntugʻmish, uzgʻurmish, davlat, vazir, ofiyat ramzi, adolatli hukmdor, foniy va chin dunyo, Xos Hojib, Kusamish. “Qutadg‘u bilig” – Qut ( Saodat,baxt) ga eltuvchi bilim demak. Bu asarning maydonga kelishi kuchli hayotiy zarurat ehtiyoj bilan aloqador. Aslini olib qaraydigan bo‘lsak, bu asarni Vatan, el-yurt madhiyasi deb atash ham mumkin. Chunki asar to‘laligicha turkiy xalqlarning davlat tuzilishi, el-yurt va xalqning farovonligini ta’minlashga qaratilgan omillarning badiiy tahlilidir. “Qutadg‘ili bilig” axloqiy-ta’limiy yo‘nalishga ega doston bo‘lib, unda kishilar o‘rtasidagi muomala-munosabat madaniyatining eng oddiy ko‘rinishidan eng yuqori insoniy fazilatlari haqida fikr yuritiladi. Dostonning bir necha bobi odob va axloq masalalariga bag‘ishlangan. «Til ardami» (Til odobi) nomli 7-bob ham shular jumlasidandir. Unda shoir tilining, ya’ni so‘zlashuvning fazilatlari va qusurlari haqida fikr yuritadi. Ijodkor o‘z asarida tilni o‘qish, bilim olish vositasi sifatida sharhlaydi. Til bilan inson ro‘shnolikga chiqadi. Ko‘p va behuda so‘zlash esa inson uchun ziynat emas. Ilohiy ne’mat bo‘lgan so‘zni har bir inson qadrlamog‘i kerak. “Qutadg‘u bilig”da yaxshi xislat va fazilatlarni ezgulik, salbiy illatlarni esa esizlik (yomonlik) deb atagan muallif jamiyat taraqqiyoti uchun komil inson, barkamol shaxs nihoyatda muhimligini teran idrok etadi. Shu bois shoir o‘z asarida uyilanish, bola tarbiyasi kabi mavzularga ham jiddiy e’tibor qaratadi. Asarda O‘gdulmish bilan O‘zg‘urmish obrazlarida insonning aql-zakovatli, dono va sog‘lom (inson) turmush tarzining afzalliklari, farovonlik sharti. Zero, bu o‘z navbatida jamiyat farovonligini ham belgilaydi. Har ikki obraz turli omillarga tayanadi. O‘gdulmish aql, tadbir va ilmga, O‘zg‘urmish esa johillik, bid’at va xurofotga. Har ikki obrazning fikrlarida o‘zaro zid jihatlar uchrasa-da, ular bir masalaga turlicha yondashadi.O‘gdulmish O‘zg‘urmishga inson yashashi uchun eng muhim omil aql-zakovat desa, O‘zg‘urmish esa, bunday fikrga qarshi chiqadi, ya’ni aql-zakovat emas, imon-e’tiqod afzal, deydi. U O‘gdulmishga, bunday ziddiyatli fikrlar kitobxonni mulohazaga chorlaydi. Doston xotimasida O‘zg‘urmish o‘lim bilan olishaturib, uni ko‘rishga kelgan qarindoshi O‘gdulmishni tezda saroyga aytishi, u o‘sha yerda bo‘lsa, xalqqa nafi ko‘p tegishini aytishi kitobxonning bu qahramonga bo‘lgan fikrini charxlaydi. Yusuf Xos Hojib bola tug‘ilishi tildanoq uning tarbiyasi bilan shug‘ullanilsa, farzandning odobi, axloqi, ta’lim-tarbiyasi risoladagidek bo‘ladi, degan xulosaga keladi. Biri to‘g‘rilik tayanch-Adolat Biri Davlat erur, u quti g‘oyat Uchinchi-urug‘lik Aql ham Zako To‘rtinchi-Qanoat erur bebaho Qutadgʻu bilig“ markaziga 4 masala qoʻyilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat boʻlib, u pod-shoh Kuntugʻdi timsolida, ikkinchisi — davlat boʻlib, vazir 93 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Oytoʻldi, uchinchisi — aql boʻlib, vazirning oʻgʻli Ugdilmish, toʻrtinchisi — qanoat boʻlib, uning qarindoshi Oʻzgʻur-mish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qoʻyilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning oʻzaro suhbati, bahsmunozarasi, savol-javoblari, pandnasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida oʻz mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga toʻxtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin boʻlmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yoʻq, bilim tufayli osmon sari ham yoʻl ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan oʻrganish lozim, deb uqtiradi. O‘gdulmish – asardagi eng faol qahramon. o‘gidulmish soʻzining maʼnosi “o‘g” bilan bog‘liq. U “aql”, “aql-idrok” ma’nosiga ega. O‘gdulmish “aql bilan ziynatlangan” demakdir. Uning asarda vazir martabasiga koʻtarilishi bejiz emas.Elig bilan savol-javoblarda u turli tuman kasb- hunar, amal -martaba egalarining fazilatlari haqida gapiradi. Uning bek, vazir, elchi, kotib, xazinachi va boshqalar haqidagi fikrlari hayotiyligi bilan ajralib turadi.Yusuf Xos Hojib aslida Davlat Adolat va aql koʻzi bilan qarashdir. Uning yoshligidanoq ilm va hunarlarga rag‘bati bejiz emas.Xuddi shu xislat uni vazir darajasiga ko‘taradi. Undagi aql, mantiqning izchilligi O‘zgʻurmishday tarki dunyo qilgan zohidga ham o‘z ta'sirini oʻtkaza oladi. U bilimdon, donishmand kishi, O‘gdulmish hayotning hamma sohalaridan xabardor. Shuning uchun ham faqat Elig Kuntugʻdiga emas, balki donishmand Oʻzgʻurmishga ham yo‘l -yoriq ko‘rsata oladi. Uning poyonsiz savollariga javob beradi. O‘z javoblari bilan uni qoyil ham qoldiradi .O‘gdulmish va O‘zgʻurmishning savol-javoblari ba'zan keskin munozara darajasiga yetadi . O‘gdulmish shunda ham bosiq

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yusuf xos hojibning Qutadgʻu bilig (saodatga eltuvchi bilim) asaridagi obrazlarga tasviri haqida to‘xtalib o‘tadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yusuf xos hojibning Qutadgʻu bilig (saodatga eltuvchi bilim) asaridagi obrazlarga tasviri haqida to‘xtalib o‘tadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kusamish., kuntugʻmish, ofiyat ramzi, uzgʻurmish, adolatli hukmdor, davlat, foniy va chin dunyo, Xos Hojib, oytoʻldi, vazir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники