Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
1832-YILDA ALEKSANDR BYORNSNING BUXORO AMIRLIGIDAGI FAOLIYATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tojiyev Bobur Toshpoyonovich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Aleksandr Byornsning 1832-yilda Buxoro amirligiga tashrifi va Amirlikning ijtimoiy, siyosiy hayoti haqida bergan ma’lumotlari va uning “Travels into Bokhara” asari tahlil qilingan. Tayanch so‘zlar: Samarqand, Registon, Ark, Amir, Qushbegi, o‘zbeklar, turkmanlar. Aleksandr Byorns (1805-1841) yashab o’tgan ingliz sayyohi va josusi. U fors, arab va hind tillarida ravon gapira olgan. U “Travels into Bokhara” ya’ni “Buxoroga sayohat” nomli asar yozgan. U kitobida yo‘lda uchragan qiyinchiliklarni, turli xalqlarga taalluqli ijtimoiy, siyosiy, diniy va etnik voqea hodisalarni bayon qilgan. Bu kitob Aleksandr Byornsga Buyuk Britaniyada katta shon-shuhrat keltirdi. Unda Buxoro amirligi haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan edi. U 1832-yil 27-iyun kuni hamrohlari bilan birga Buxoroga yetib keladi. U Buxoro hududiga kirishdan oldin Buxoro Qushbegisiga xushomadli maktub yozadi. Maktubda mashhur Buxoro shahrining chiroyiga guvoh bo‘lmoqchi ekanini bildirib, Qushbegini “Islom ustuni” va “Din gavhari” deb ulug‘laydi”. …[2:146]. Xushomadga to‘la maktub Buxoro Qushbegisiga yoqib tushadi va ularga chopar yuborib, shaharga taklif qiladi. Shu kunning o‘zida ularni Buxoro arkiga taklif qilishadi. Hamrohlari kasal bo‘lgani uchun Aleksandr Byorns Arkga o‘zi borishga majbur bo‘ladi. Qushbegi bilan Aleksandr Byorns suhbati ikki soatcha davom etadi. Qushbegi undan Buxoroga kelishi sababi va olib kelgan narsalari haqida so‘raganida, u Hindistondan ona yurti Buyuk Britaniyaga ketayotgani va Buxoroning Sharq xalqlari orasidagi mashhurligi uni borib ko‘rishga undagani haqidagi yolg‘on hikoyasi bilan javob beradi. Shuningdek, u Hindiston general-gubernatoridan olgan maktubini Qushbegiga ko‘rsatadi. Suhbatdan ikki kun o‘tgach, vazir uni yana chaqirtiradi, chunki u shubhadan to‘la xalos bo‘lmagan edi. Vazir unga hazilomuz ohangda, menimcha siz Buxoro haqida yozgansiz deydi. U o‘zining Buxoro mo‘jizalarini ko‘rgani kelganini, vazirning ruxsati bilan shaharni tomosha qilganini va shahar devorlari tashqarisidagi bog‘larni ko‘rganini aytadi. Vazir uning samimiyligidan xursand bo‘ladi. Aleksandr Byorns Buxoro amirligi aholisi va unga chegaradosh xalqlar haqida ham qimmatli ma’lumot berib o‘tgan. Jumladan, u “Travels into Bukhara” asarida Buxorodagi turli millat va xalqlar haqida quyidagilarni aytib o‘tgan: “Xivaliklarning o‘ziga xos qattiqqo‘llik xusuiyati bor va ular boshqa xalqlardan bir fut1 baland telpagi bilan ajralib turadi. Rus qullari qizil soqol, kulrang ko‘zlar va oq terisi bilan ajralib turadi. Hindlar kichkina to‘rtburchak qalpoq va kamar o‘rniga taqilgan arqon bilan musulmonlardan ajralib turadi. Yahudiylar biroz boshqacha ko‘ylak va konus shaklidagi qalpoq kiyadi. Biroq yahudiylarni ajratib turadigan eng yaxshi belgi – ularning chiroyli ekanidir. Har xil kiyimdagi sarson-sargardon adashgan armanlar Buxoroda juda kamchilikni tashkil etadi. Bundan tashqari, bozorlarda chiroyli va yaxshi kiyingan Turkiston musulmonlari ko‘pchilikni tashkil 1 Fut (inglizcha: foot — tovon) — britan, amerikan va qadimiy rus masofa oʻlchov birligi, 30,48 santimetrga teng. 96 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo etadi. Katta oq salla va to‘q rangli chogha va yana shunday tasvirlangan uchta yoki to‘rtda libos umumiy kiyim hisoblanadi. Aytishlaricha, Buxoro aholisining to‘rtdan uch qismining kelib chiqishi quldir. Chunki Erondan olib kelingan asirlarning juda ozchiligiga uyiga qaytib ketishiga ruxsat berilgan. Umuman olganda, qaytib ketishni xohlamaganlar ko‘p bo‘lgan....[3:173,174]. Aleksandr Byorns Buxoro bozorlarini shunday ta’riflaydi: “Maydonning o‘rtasida mavsumiy mevalar bitta ustunga o‘rnatilgan to‘rtburchak mato soyasi ostida ( Bu yerda savdogarlar mahsulotini quyoshdan himoya qiladigan bir ustunli katta soyobon nazarda tutilmoqda –B.T.) sotiladi. Dehqonlarning uzum, qovun, o‘rik, olma, shaftoli va olxo‘ri kabi mevalariga xaridorlarning ko‘pligidan hayratda qolasiz. Ko‘chadan o‘tish qiyin, chunki gavjum odamlar orasida yurgan paytingizda, ot yoki eshak mingan odam sizga to‘qnashib ketishi xavfi bor. Eshaklar juda chidamli, ustidagi yuklari bilan tez harakatlanadi. Ko‘chalarda yengil aravalar qatnaydi. Chunki ko‘chalar g‘ildirakli arava yurishi uchun qulaydir. Bozorning har bir joyida yevropacha uslubda tayyorlangan temir somovarda issiq choy qaynatiladi. Somovarnig ichidan o‘tgan teshik truba choyni issiq saqlaydi. Buxoroliklar choy ichishni yaxshi ko‘radi, ular choyni shakarli va shakarsiz, sutli va sutsiz, yog‘ va tuz bilan ham istemol qilishadi. Choy sotuvchilari yonidan “rahuti jon” yoki hayot lazzati - uzum murabbosi yoki maydalangan muz bilan aralashtirilgan sirop sotiladi. Muzning bu qadar ko‘pligi Buxoroning eng katta ne’matlaridan biri bo‘lib, qishgacha uni topish mumkin. Muz qishda g‘amlanadi va eng kambag‘al odamlar ham xarid qila oladigan narxda sotiladi. Buxoroda hech kim suvni muzlatmasdan ichishni xayoli ham keltirmaydi. Hatto tilanchilarning muz sotib olayotganini ko‘rish mumkin. Re
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Aleksandr Byornsning 1832-yilda Buxoro amirligiga tashrifi va Amirlikning ijtimoiy, siyosiy hayoti haqida bergan ma’lumotlari va uning “Travels into Bokhara” asari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Aleksandr Byornsning 1832-yilda Buxoro amirligiga tashrifi va Amirlikning ijtimoiy, siyosiy hayoti haqida bergan ma’lumotlari va uning “Travels into Bokhara” asari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qushbegi, Samarqand, Ark, Amir, Registon, turkmanlar., o‘zbeklar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014