К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “TARBIYA” KONSEPTINING FRAZEOLOGIK IFODALANISHI: KOGNITIV TAHLIL

IFODALANISHI: KOGNITIV TAHLIL · Karimova Muslimaxon Mirzohid qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillaridagi “tarbiya” konseptini ifodalovchi frazeologik birliklarning kognitiv tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda axloqiy tarbiya bilan bog‘liq iboralar tanlanib, ularning ma'no ko‘lami, qo‘llanish doiralari va ekvivalentlari ikki til misolida tahlil qilindi. Har bir frazeologizmning ingliz tilidagi muqobillari, ularning qo‘llanish misollari hamda semantik yaqinligi asosida qiyosiy tahlil qilindi. Ushbu frazeologik birliklarning madaniy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va aks ettirishdagi roli ham alohida qayd etildi. Maqolada keltirilgan tahlillar orqali har ikki xalqning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya tushunchasining tillardagi ifodalanish xususiyatlari kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan ochib berilgan. Kalit so’zlar: frazeologik birliklar, kognitiv tahlil, o'zbek va ingliz tili qiyoslanishi, axloqiy tarbiya, lisoniy-madaniy xususiyatlar, frazeologik ekvivalentlik, tarbiya iboralari, lingvokulturologiya, milliy qadriyatlar. Tarbiya tushunchasi har ikki xalq kundalik hayotida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi boyisidan tildagi barqaror, turg‘un birikmalar fonida ham o‘z aksini topadi. Quyida ulardan ayrimlarini tahlil asnosida ko’rib chiqamiz. Ko‘zini ochmoq - hayotni tushunishga, anglashga o‘rgatmoq. Shuning uchun ham ularning ko‘zini ochish kеrak. Yoshlik chog‘laridanoq bilim olishsin – zamon talabi shu. Ch.Aytmatov “Asrga tatigulik kun”. Bu iboraning ham ingliz tilida bir necha muqobillari mavjud. Eng ko‘p uchraydigan variant open one’s eyes bo‘lib, u bevosita ko‘zni ochish ma’nosidan tashqari, majoziy ma’noda haqiqatni ko‘rish, tushunishni ifodalaydi. Shuningdek, wake up to something iborasi ham tez- tez qo‘llaniladi va biror narsani tushunib yetish, anglab yetish ma’nosini beradi Masalan, The experience opened his eyes to the reality (Bu tajriba uning haqiqatga ko‘zini ochdi) yoki After many mistakes, he finally saw the light (Ko‘p xatolardan so‘ng, u oxiri haqiqatni tushundi). Og‘ziga qarab gapirmoq - mulohaza bilan so‘zlash, odob saqlash. Og‘ziga qarab gapirmoq iborasi o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan, so‘zlovchining o‘z nutqini nazorat qilishi, mulohaza bilan gapirishi ma’nosini anglatuvchi ibora hisoblanadi. - «Turkiston»ning 36- sonida «Muxbirlarimizdan» bittasi bir narsani yozibdirkim, o‘qub ko‘rib nax muxbirning og‘zini yorib yuborg‘um keldi. Axir, uying kuygur, sag‘al og‘zingga qarab gapir-da: — «Isroflik to‘y...» «Samarqandda o‘rtoq Qurbi o‘g‘ullarini kestirdi, uch-to‘rt kun to‘y berdi, bir-ikki milliard pul ketdi... To‘yg‘a isrof qilg‘an aqchasiyu! «Ko‘mak» uyushmasiga berganda falon bo‘lardi...» A.Qodiriy, Og‘zingga Qarab gapir (1922). Bu ibora ingliz tilida ham o‘z ekvivalentlariga ega bo‘lib, ular watch your mouth, mind your language, think before you speak va hold your tongue kabi iboralar orqali ifodalanadi. Watch your mouth when speaking to elders! ( Kattalar bilan gaplashganda og‘zingga qarab gapir! ), “He never thinks before he speaks, that’s why he often gets into trouble.”( U hech qachon o‘ylab gapirmaydi, shuning uchun tez-tez muammolarga duch keladi). 74 Ko‘z - quloq bo‘lmoq - o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan, biror kishiga yoki narsaga qarab turish, nazorat qilish va g‘amxo‘rlik qilish ma’nolarini anglatuvchi ibora hisoblanadi. Vaqti kеlib birortasi kasal bo‘lib qolsa yoki otpuskaga chiqgudеk bo‘lsa, tеmir yo‘l ko‘rsatkichlariga ham ko‘z-quloq bo‘lib turardi. Ch.Aytmatov, Asrga tatigulik kun. Bu ibora ingliz tilida ham bir qancha muqobillarga ega. Eng ko‘p uchraydigan va ma’no jihatidan eng yaqin variantlar keep an eye on, look after, watch over va take care of”. Masalan, Keep an eye on my bag while I’m gone (Men yo‘g‘imda sumkamga ko‘z-quloq bo‘lib tur) yoki “Could you look after my kids for an hour?” (Bolalarimga bir soat ko‘z-quloq bo‘lib tura olasizmi?) Adabini yemoq - qilmishiga yarasha jazo olmoq. Boʻldi, yaxshilar, shuncha taʼzirini yedi, endi tavba qilgandir. A. Muhiddin, Riyokor. Ingliz tilida ma’no jihatidan eng yaqini get what one deserves hisoblanadi. Bundan tashqari, get one’s comeuppance iborasi ham tez-tez qo‘llanilib, u ham bevosita jazosini olish ma’nosini beradi. Shuningdek, learn one’s lesson va pay the price iboralari ham shu ma’noda ishlatiladi. Bu iboralarning qo‘llanilishini quyidagi misollarda ko‘rish mumkin: He finally got what he deserved (U oxiri adabini yedi) yoki After getting fired, he learned his lesson (Ishdan haydalib, adabini yedi). Har ikkala tilda ham bu iboralar ko‘pincha salbiy xatti-harakatlar oqibatida olingan jazo yoki saboqni tasvirlashda ishlatiladi va inson xulq-atvorining natijalarini ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Andisha qilmoq - uyalib, odob bilan ish qilmoq. Uzmagil behuda gul, bogʼbondin andisha qil, Ori-ori gul uzarsan, xoridin andisha qil. Kimki keldi bu chamanga, to gul uzmay qoʼymadi, Lek har vaqt gul uzarsan, xalq xushini pesha qil. Is’hoqxon Ibrat Andisha qilmoq iborasi ingliz tilida be considerate, have scruples, think twice, yoki have reservati

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillaridagi “tarbiya” konseptini ifodalovchi frazeologik birliklarning kognitiv tahlili amalga oshirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillaridagi “tarbiya” konseptini ifodalovchi frazeologik birliklarning kognitiv tahlili amalga oshirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloqiy tarbiya, tarbiya iboralari, lingvokulturologiya, kognitiv tahlil, frazeologik birliklar, frazeologik ekvivalentlik, o'zbek va ingliz tili qiyoslanishi, milliy qadriyatlar., lisoniy-madaniy xususiyatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники