Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KRIMINALINGVISTIKANING O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDAGI RIVOJI VA ASOSLARI
Akmaliddinov Yaxyobek Hasanboyevich · Sherqo’ziyev Xolmuhammad Sharifjonovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This article explores the concept of forensic linguistics, its theoretical foundations, and its development within the legal framework of Uzbekistan. As a field situated at the intersection of linguistics and forensic science, forensic linguistics plays a critical role in judicial processes, especially in linguistic expert examinations. The article reviews Uzbek legislative documents related to linguistic expertise and presents the scientific and practical contributions of national scholars in this area, along with examples of real applications of forensic linguistic analysis. Key words: forensic linguistics, linguistic expertise, judicial practice, Uzbek legislation, linguistics. Аннотация. В данной статье рассматриваются содержание криминалистической лингвистики, её теоретические основы и развитие в контексте законодательства Узбекистана. Как наука, находящаяся на стыке лингвистики и криминалистики, криминалолингвистика имеет важное значение в судебных процессах, особенно в лингвистической экспертизе. Анализируются правовые документы Узбекистана, регламентирующие данную сферу, а также научные и практические труды отечественных исследователей и реальные примеры применения криминалолингвистики. Ключевое слова: криминалолингвистика, лингвистическая экспертиза, судебная практика, законодательство Узбекистана, лингвистика. So‘nggi yillarda sud-tergov faoliyatida tilshunoslikka asoslangan ekspertizalarning roli ortib bormoqda. Jinoyat ishlari doirasida til hodisalarini tahlil qilish zarurati, ayniqsa, tahdidli xatlar, anonim yozuvlar, tuhmat mazmunli bayonotlar, tovlamachilik va yolg‘on guvohliklar holatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ehtiyoj kriminalingvistika fanining shakllanishiga turtki bo‘ldi. O‘zbekiston qonunchiligida bu yo‘nalish alohida nom bilan yuritilmasa-da, uning asosiy ko‘rinishi — lingvistik ekspertiza — qonuniy asosda tan olingan. Kriminalingvistika – bu tilshunoslik va kriminalistika fanlari chorrahasida shakllangan, til hodisalarini jinoyatga oid holatlarda tahlil qilishga ixtisoslashgan soha. Bu yo‘nalish xorijda 20-asrning ikkinchi 84 yarmidan boshlab shakllana boshlagan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda o‘z dolzarbligini topmoqda. Kriminalingvistika xatlar, tahdidli matnlar, anonim yozuvlar, tovlamachilik, yolg‘on guvohliklar singari huquqbuzarliklarni aniqlashda tilshunoslik tahlilidan foydalanadi. Kriminalingvistika fanining nazariy asoslariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, ushbu fan kriminalistika bilan tilshunoslik chorrahasida joylashgan mustaqil yo‘nalish bo‘lib, jinoyatga oid holatlarda til vositalaridan dalil sifatida foydalanish imkonini beradi. Bu fan matnni leksik, morfologik, sintaktik, stilistik, pragmatik jihatdan tahlil qilish orqali muallifni aniqlash, yolg‘on bayonotni fosh etish, soxta hujjatlarni aniqlashga xizmat qiladi. Kriminalingvistika sohasida R. W. Shuy, M. Coulthard, T. Tiersma, D. Crystal 1kabi olimlar xorijda asos yaratgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu yo‘nalish bo‘yicha F. Sodiqov, Z. Raxmonov, M. Jo‘rayev kabi mutaxassislar izlanish olib bormoqda hamda ushbu fanning rivojiga nazariy va amaliy hissalarini qo’shib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonda kriminalingvistika sohasi bo‘yicha ilk izlanishlar mustaqillikdan so‘ng shakllangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda bir qancha olimlar izlanish olib borgan. F. Sodiqov2 tilshunoslikning amaliy yunalishlarida, ayniqsa ekspertiza masalalarida faol ilmiy ishlari bilan tanilgan bo’lsalar, Z. Raxmonov3 esa lingvistik ekspertiza va kommunikativ pragmatika sohasida tadqiqotlar olib borgan. Huquqshunos va tilshunos olim M. Jo‘rayev4 sud lingvistikasi bo‘yicha dolzarb maqolalari bilan kriminalingvistikaning ilmiy asoslarini yaratishda muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston qonunchiligida kriminalingvistika alohida atama sifatida ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, uning asosiy elementi bo‘lgan lingvistik ekspertiza bir qator qonun hujjatlarida mavjud. Xususan, O‘zbekistonda kriminalingvistikani huquqiy asoslari sifatida quyidagi qonun hujjatlarini ko’rsatishimiz mumkin: I. “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun (2018-yil 16-aprel). Ushbu qonun kriminalingvistik ekspertizani sud ekspertizalaridan biri sifatida belgilaydi. Xususan: 8-modda: “Tekshirishlarning xolisligi, har tomonlamaligi va to‘liqligi sud eksperti tekshirishlarni xolisona, qat’iy ilmiy va amaliy asosda, tegishli ixtisoslik doirasida, har tomonlama va to‘liq hajmda o‘tkazadi. Sud ekspertining xulosasi (xulosa) qilingan fikrlarning asosliligi va ishonchliligini umum e’tirof etilgan ilmiy va amaliy ma’lumotlar bazasiga muvofiq tekshirish imkoniyatini beradigan qoidalarga asoslanishi lozim.” 15-modda: “sud muhokamasida sud ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish.” 16-modda: “o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va
Доказательный фрагмент
«This article explores the concept of forensic linguistics, its theoretical foundations, and its development within the legal framework of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the concept of forensic linguistics, its theoretical foundations, and its development within the legal framework of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- forensic linguistics, linguistic expertise, judicial practice, Uzbek legislation, tilshunoslik., sud amaliyoti, kriminalingvistika, lingvistik ekspertiza, O‘zbekiston qonunchiligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014