Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BYUDJET TASHKILOTLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI · Tavakkalova Zilola Erkinjon qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2023
Аннотация
Ushbu tezisda byudjet tashkilotlarida amal qilayotgan mehnatga haq to‘lash tizimining asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Amaldagi tizimning kamchiliklari aniqlanib, ularni bartaraf etish hamda xodimlarni samarali rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: ish haqi, byudjet tashkiloti, YATT, rag‘batlantirish, differensial yondashuv, islohot. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlarning ajralmas qismi sifatida byudjet tashkilotlari faoliyatini yanada samarali qilish va u yerdagi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash dolzarb masalaga aylandi. Ayniqsa, mehnatga haq to‘lash tizimi ko‘pchilik hollarda an’anaviy va eskirgan tartibga asoslangan bo‘lib, real iqtisodiy sharoitlarga javob bermaydi. Hozirda byudjet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasi (YATT) asosida amalga oshiriladi. 2023–2024 yillardagi normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, ish haqi tarkibi bazaviy tarif stavkasi, lavozim maoshi, ustamalar, mukofotlar va qo‘shimcha to‘lovlardan iborat. Lekin, bu tizimda bir qator jiddiy muammolar mavjud. Masalan: Ish haqi miqdorining pastligi – inflyatsiya va hayot narxlari oshib borayotgan bir paytda, ish haqi real xarid qobiliyatini ta'minlamaydi. Rag‘batlantirish mexanizmlarining zaifligi – ish hajmi va sifatidan qat’i nazar, ko‘pchilik xodimlar bir xil stavka asosida ish haqi oladi. Malaka va tajriba inobatga olinmaydi – o‘z ustida ishlayotgan, tajribali mutaxassislar bilan yangi ish boshlaganlar o‘rtasida katta farq mavjud emas. Yosh kadrlarni jalb qilish qiyin – xususiy sektordagi yuqori ish haqi bilan raqobatlasha olmaslik sabablardan biri. Faoliyatga bog‘liq ish haqi tizimini joriy etish Rag'batlantirish fondini kuchaytirish YATT tizimini bosqichma-bosqich yangilash Raqamlashtirish asosida avtomatik nazorat tizimi 1-rasm. Byudjet tashkilotlarida mehmatga haq to’lash tizimini takomillashtirish yo‘llari Yuqorida keltirilgan chizmaga asosan byudjet tashkilotlarida mehmatga haq to’lash tizimini takomillashtirishning bir nechta usullari mavjud. Misol uchun: Faoliyatga bog‘liq ish haqi tizimini joriy etish 45 Ish haqi faqat lavozim asosida emas, balki bajarilgan vazifa hajmi va natijalarga qarab shakllanishi kerak. Har bir xodim uchun individual mehnat natijalariga asoslangan baholash tizimi ishlab chiqilishi lozim. Rag‘batlantirish fondini kuchaytirish Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ustamalar va mukofot pullarini shakllantirish uchun qonuniy asoslar kengaytirilishi kerak. Masalan, davlat-xususiy sheriklik asosida YATT tizimini bosqichma-bosqich yangilash 2025-yil davlat dasturlarida belgilanganidek, yagona tarif setkasi o‘rniga kasbiy kompetensiyalarga asoslangan tarif tizimini joriy etish taklif etilmoqda. Bu tajriba Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlarda allaqachon sinovdan o‘tgan. Raqamlashtirish asosida avtomatik nazorat tizimi Ish haqi hisob-kitoblarini inson omilidan holi, shaffof va tezkor tizimlar orqali amalga oshirish mehnatga munosib baho berish imkonini beradi. Elektron ish faoliyatini baholash modullari orqali adolatli rag‘batlantirishga erishiladi. Xulosa tariqasida shuni aytishimiz mumkinki, byudjet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish nafaqat moliyaviy barqarorlikni, balki davlat xizmatlarining sifatini oshirishga ham xizmat qiladi. Yuqoridagi takliflar real amaliyotga tatbiq etilsa, tizimda ishlayotgan mutaxassislarning mehnati e’tirof etiladi, ularning motivatsiyasi oshadi va, eng muhimi, yosh kadrlar davlat tizimiga qiziqish bilan kirib keladi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda byudjet tashkilotlarida amal qilayotgan mehnatga haq to‘lash tizimining asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda byudjet tashkilotlarida amal qilayotgan mehnatga haq to‘lash tizimining asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ish haqi, byudjet tashkiloti, rag‘batlantirish, differensial yondashuv, islohot., YATT
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014