Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHSULOT TANNARXINI REJALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH USULLARINI SAMARALI QO‘LLASH MASALALARI
SAMARALI QO‘LLASH MASALALARI · Raimkulova Kamola Tagirovna · MBA Finance & Fintech magistranti
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 28 · 2026
Аннотация
This thesis presents the advantages of introducing digital technologies into the process of planning and analyzing the cost of industrial products. With the help of digital innovations in the industrial sectors of our country, the financial indicators of enterprises are highlighted, including the effective results of planning and analyzing the cost of products. Keywords: economy, product cost, digital technologies, costs, production, industry, planning, innovation. Bugungi kunda raqamlashtiruv iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olmoqda [1]. Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy qilish dolzarb masala hisoblanadi [2,3]. Sanoat 4.0 kontsepsiyasi elementlarini jahon sanoat tarmoqlari o‘z faoliyatlariga intellektual raqamli tizimlarni va energiya samaradorli yashil innovatsiyalarni kiritmoqda va natijada umumiy xarajatlar, xususan, mahsulot tannarxini pasaytirish kabi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Raqamli texnologiyalarni kundalik hayotimizga kirib, glaballashuviga ingliz fizik olimi Tim Berners-Li sababchi bo‘lgan. U Butunjahon o‘rgimchak to‘rini (World Wide Web) va HTML, HTTP va URL kabi asosiy texnologiyalarni yaratgan [4]. AQSH professorlari Andrew McAfee va Erik Brynjolfsson (2017) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda raqamli texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilish yuqori samara beradi. Olimlar o‘z ilmiy ishlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar, jumladan, moliyaviy texnologiyalar, onlayn platformalar, sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlar integratsiyasi kabi innovatsiyalar iqtisodiy-moliyaviy imkoniyatlar ochib berishini yoritganlar [5]. S.A.Shelkovnikov va boshqalar ( 2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda raqamli texnologiyalarning ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati va istiqbollari o‘rganilgan. Mazkur olimlar sanoatda aniq reja va prognozlar olish, ishlab chiqarish jarayonini maksimal darajada avtomatlashtirish, mahsulot tannarxi va moliyaviy foydani oshirish kabi masalalarni raqamli texnologiyalar yordamida virtual model yaratib amalga oshirish mumkinligini tahlil qilganlar [6]. Iqtisodchi olim F.A.Mamajonov o‘z tadqiqotlarida raqamli transformatsiyaning korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sirini, raqamli texnologiyalarning nazariy asoslarini o‘rgangan [7]. Bir qancha tadqiqotlar (I.I.Jalolov, 2024, A.A.Masharipov, 2023) natijasida mamlakatimiz sanoat 107 korxonalarida raqamlashtirish darajasi, raqamli innovatsiyalarni joriy qilish orqali erishilishi mumkin bo‘lgan yutuqlar va ehtimoliy xatarlar aniqlangan [8,9]. Mazkur tadqiqotda raqamli texnologiyalar kontsepsiyasining korxonalar faoliyatiga ta’sirini statistik ma’lumotlarni qayta ishlab, horijiy tajribalarni nazariy tahlil qilgan holda empirik va regression tahlillar yordamida o‘rganildi. Sanoat korxonalari rahbarlari tomonidan ishlab chiqarish turiga, mahsulotga bo‘lgan talab darajasiga, bozor sharoitlari va korxona maqsadlariga ko‘ra raqamli texnologiyalarni joriy qilgan holda mahsulot tannarxini rejalashtirish usullarining muqobil variantlari tanlab olinadi. Milliy sanoatimiz korxonalari o‘z faoliyatiga hali raqamli texnologiyalarni to‘liq joriy qilinmagani, eng avvalo, bu innovatsiyalarning qaysi biri kelgusi istiqbolda ijobiy natija berishi, qanchalik foydali ekanligi hali tajriba va tahlillar bilan aniqlanmaganligida ifodalanadi. Shu bilan birga sanoat sektorida bu innovatsiyalar bo‘yicha kadrlarlar salohiyati, moliyaviy resurslar taqchilligi, raqamli infratuzilmaning hali rivojlanish bosqichida ekanligi kabi masalalar ham mavjud [8]. Rejalashtirish va tahlil qilish metodlari bugungi kunda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Xalqaro savdoda ham mahsulot tannarxi muhim faktor hisoblanadi. Kam xarajatli va past tannarxli mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarga raqobatchilariga nisbatan arzonroq sotuv narxida mahsulotlar taklif qilish imkoniyatini beradi va xalqaro bozorga ko‘proq mahsulotini eksport qilishiga ustunliklar yaratadi. Horij tajribasidan kelib chiqib, mamlakatimiz sanoatiga quyidagi raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi natijasida kelgusida samarali istiqbollarga erishish mumkin bo‘ladi. 1-jadval 1-jadval Mahsulot tannarxini raqamli texnologiyalar turkumlari yordamida rejalashtirish va tahlil qilish imkoniyatlari Metodlari Mazmuni Ishlab chiqarish, moliya, logistika haqidagi barcha ma’lumotlar ERP-tizimlar integratsiyasi, rejalashtirishni avtomatizatsiyalangan platformasi Manbalardan katta hajmdagi ma’lumotlarni integratsiya qilib yig‘ish BigData Analytics va analitikani tahlil qilish imkoniyati Xomashyo va uskunalar xarajati, energiya sarfi kabi ma’lumotlarni IoT va sensorlar real vaqtda to‘plash Raqamli Ishlab chiqarish jarayonining virtual modelini yaratish va tahlil modellash qilish Xomashyo talabi va narxini prognozlash, jarayonlar optimizatsiyasi, Sun’iy intellekt/AI sifat nazoratining avtomatlashuvi BI/biznes Grafik, diagrammalar yordamida dinamika va omillar ta’siri tahlili intellekt M
Доказательный фрагмент
«This thesis presents the advantages of introducing digital technologies into the process of planning and analyzing the cost of industrial products.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis presents the advantages of introducing digital technologies into the process of planning and analyzing the cost of industrial products. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- economy, product cost, digital technologies, costs, production, industry, xarajatlar, raqamli texnologiyalar, rejalashtirish, sanoat, innovatsiya., mahsulot tannarxi, ishlab chiqarish, iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024