К содержанию
РецензированоEN2026

XORIJIY MAMLAKATLAR QONUNCHILIGIDA KAM AHAMIYATLI QILMISHLAR MASALASI

Mamurov Nurmuxammad Otabekovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

In this article, the author made brief reflections on the peculiarities of the institution of minor acts in the legislation of foreign countries as one of the circumstances excluding crimes in criminal law. Key concepts: a crime, minor acts, signs of a crime, socially dangerous circumstances excluding crimes, action or inaction. Jinoyat huquqida jinoyatlarni istisno qiladigan holatlar mavjud bo‘lib, ulardan biri kam ahamiyatli qilmishlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 36-moddasida kam ahamiyatli qilmishlar haqidagi norma belgilangan. Unga ko‘ra, garchi ushbu kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi1. Kam ahamiyatli qilmishlar haqida o‘rganish jarayonida o‘z qonunchiligimizda belgilangan meʼyorlardan tashqari xorijiy davlatlar tajribasida kam ahamiyatli qilmish instituti haqida ham qanday qoidalar ko‘rsatilganligini ko‘rib chiqishga harakat qildik. Jumladan, Armaniston Respublikasi jinoyat kodeksining 18-moddasi 2-qismida kam ahmiyatli qilmish ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra amaldagi kodeksda jinoyat deb nazarda tutigan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa ham o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan, ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxsga, jamiyatga yoki davlatga jiddiy zarar etkaza olmaydigan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb hisoblanmaydi. Yuqoridagi normaga asosan xulosa qiladigan bo‘lsak, Armaniston jinoyat qonunchiligida biznig milliy qonunchigimizda yo‘q hisoblangan kam ahamiyatli qilmishni chegaralovchi me’zonlar joriy qilingan ekanligi, ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxsga, jamiyatga yoki davlatga jiddiy zarar etkaza olmaydigan harkat yoki harakatsizlikni kam ahmaiyatli qilmish deb topishar ekan. Gruziya jinoyat kodeksining 7-moddasi 2-qismida kam ahamiyatli qilmish haqida izoh berilgan. Unga ko‘ra sodir etilgan qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi amadagi kodeksda mavjud 1 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453. 936 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 jinoyat alomatlari formal jihatdan mavjud bo‘lsa ham agar o‘sha qilmish kam ahmiyatliligi bilan jinoiy javobgarlikni vujudga keltirmaydigan va zarar yetkazish xavfini vujudga keltirmaydigan qilmish kam ahamiyatli deb topiladi. Demak, Gruziya qonunchiligi ushbu norma orqali kam ahamiyatli qilmish o‘zida sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish ehtiyojini vujudga keltirmaydigan va o‘sha qilmish o‘z navbatida zarar yetkazish xavfini vujudga keltirmasligi lozimligini ta’kidlagan. Qirg‘iziston Respublikasining jinoyat kodeksning 8-moddasi 2-qismida qilmish o‘zida jinoyat kodeksining maxsus qismidagi jinoyat tarkibining alomatlariga to‘g‘ri kelsa ham o‘zining ijtimoiy xavfli emasligi bilan jinoyat deb topilmaydigan qilmish kam ahamiyatli deb topiladi. Qirg‘iziston jinoyat qonunchiligi xuddi o‘zimizning milliy qonunchilik singari ijtimoiy xavfli bo‘lmagan qilmishni kam ahamiyatli deb hisoblarkan, biroq aynan qanday qilmishlar ushbu turkumga mansubligi ochiq qoldirilgan. Belorusiya Respublikasining jinoyat kodeksining 11-moddasi 2-qismiga ko‘ra qilmish (harakat yoki harakatsizlik) o‘zida formal jihatdan jinoyat tarkibi alomatlarini aks ettirsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi, ya’ni jinoyatga xos ijtimoiy xavfli emasligi bois jinoyat deb topilmaydi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazmagan va yetkazish xavfi mavjud bo‘lmagan qilmishlar kam ahamiyatli deb e’tirof etiladi. Demak, yuqoridagi normalarni talqin qilish bizga Belorus Respublikasi qonunchiligida e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan jihatlar borligidan dalolat beradi, ya’ni jinoyatga xos ijtimoiy xavflilikning yo‘qligi jumlasi ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki ko‘pgina huquqshunoslar ham aynan kam ahmiyatli qilmishlardagi ijtimoiy xavflilik masalasida bahs olib borganlar. Kam ahamiyatli qilmishlar tushunchasi bir qator Yevropa davlatlarida turlicha talqin etilgan hisoblanadi. Masalan, Shvetsariya jinoyat qonunchiligida kam ahamiyatli qilmish normasi kamdan-kam qo‘llanishi ma’lum bo‘ldi. Kam ahamiyatli qilmishlar asosan moddiy tarkibli hisoblanadigan, mulkiy jinoyatlarda jiddiy ziyon bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi. Demak, ushbu norma xalqaro tajribada ham milliy qonunchiligimizda o‘xshash qirralarni aks ettirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ya’ni bizning milliy qonunchiligimizda, Jinoyat kodeksining 36-moddasida ta’kidlanganidek, kam ahamiyatli qilmishda asosan ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jumlasi kiritilgan, bu esa ijtimoiy xavflilik o‘sha qilmish natijasida yetkazilgan zarar bilan o‘lchanishini yuqorida ta’kidlagan edik. Daniya mamlakatida esa kam ahamiyatli qilmish tushunchasi qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat sifatida jazodan ozod qilish asoslari sifatida qaraladi. Bu yerda ham ushbu normaning talqinida milliy qonunchigimizdagi qiyosiy jihatlarni borligiga guvohi bo‘lishim

Доказательный фрагмент

«In this article, the author made brief reflections on the peculiarities of the institution of minor acts in the legislation of foreign countries as one of the circumstances excluding crimes in criminal law.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the author made brief reflections on the peculiarities of the institution of minor acts in the legislation of foreign countries as one of the circumstances excluding crimes in criminal law. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jinoyat, kam ahamiyatli qilmishlar, ijtimoiy xavfli, jinoyat tarkibining alomatlari, jinoyatlarni istisno qiladigan holatlar, harakat yoki harakatsizlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники