К содержанию
РецензированоUZ2026

ZILOLA XO’JANIYOZOVANING SHE’RIYATIDA METAFORA VA KREATIVLIKNING ROLI

KREATIVLIKNING ROLI · Mustaqil tadqiqotchi U.N.Nusurov

Современная трансформация образования · 2026

Аннотация

Maqolada Zilola Xo‘janiyozovaning zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi metafora va kreativlikning o‘rni tahlil qilinadi. Shoiraning poetik uslubi, badiiy tasvirlari, ruhiy dinamika va metaforik tasvirlarning ahamiyati o‘rganiladi. Xo‘janiyozovaning she’rlaridagi metaforalar faqat tasvir emas, balki ularni kognitiv, emotsional va estetik nuqtai nazardan tahlil qilish, shuningdek, shoirning milliylik, ayollik va zamonaviylikni birlashtirgan kreativ poetik uslubi haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, maqola Zilola Xo‘janiyozovaning she’riyatidagi metaforik tasvirlarni yangi ma’no va g‘oyalar orqali qanday ifodalashini ko‘rsatib beradi. Metafora orqali o‘quvchiga yangi dunyoqarash, ruhiy holatlar va zamonaviy o‘zlikni qanday his qilishni tavsiflashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Metafora, kreativlik, Zilola Xo‘janiyozova, she’riyat, poetik tasvir, milliylik, ayollik, zamonaviylik, badiiy tafakkur, ruhiy holat, semantik qatlam, poetik uslub. Kirish. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida metafora va kreativlikning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu elementlar shoirlarning hayot va ruhiy holatlarni o‘ziga xos va chuqur badiiy shaklda ifodalash imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, Zilola Xo‘janiyozova kabi she’rida metafora orqali yangi obrazlar va ma’nolar yaratgan shoiralar, o‘zining original poetik uslubi bilan ajralib turadi. Uning she’riyatida metafora nafaqat tasvir, balki badiiy tafakkur va ruhiy holatlarning aks etgan shaklidir. Metafora, she’riyatda o‘zining mahoratiga ega bo‘lgan badiiy vosita bo‘lib, bu orqali shoir oddiy voqea-hodisalarni yoki tuyg‘ularni ramziy va ko‘p ma’noli shaklda tasvirlaydi. Shoira Zilola Xo‘janiyozovaning she’riyatida metaforik tasvirlar ko‘pincha inson ruhi, ayollik, dard, sokinlik, yolg‘izlik va tabiatga oid www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 330 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi tushunchalar orqali ifodalanadi. Shoira o‘z she’rlarida juda ko‘p hollarda: Yurakni "oyoq ostida yurgan yaproq", Sukunatni "shamoldan oriq", Ayolni "qush bo‘lib yuragidan uchgan so‘z" kabi noan’anaviy obrazlar orqali tasvirlaydi. Bu tasvirlar shoiraning original poetik tafakkurini, yangicha qarashini va zamonaviylikni ifodalaydi. Metaforalar yordamida Zilola o‘zining ichki ruhiy holatini, hayot va tabiat bilan bo‘lgan munosabatini kengroq va chuqurroq tarzda ifodalaydi. Zilola Xo‘janiyozovaning she’riyati nafaqat badiiy ifodaning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi, balki uning milliy va madaniy o‘zlikni aks ettirishda qanchalik samarali ekanligini ham isbotlaydi. Shoira uchun metafora, so‘zning ko‘rinmas qatlamida yashiringan milliy ongni ochib beruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Uning she’rlarida tabiiy obrazlar (oy, quyosh, daraxt, qush) va qadimiy tushunchalar (ona, iz, tosh, ko‘z) milliy ruhi va tarixni badiiy shaklda aks ettiradi. Shoira bu metaforalarda milliylikni va xalqona tasavvurlarni zamonaviy badiiyatga aylantiradi, ayni paytda ayollik falsafasini ichki ruhiy obrazlar orqali ochib beradi. Zilolaning metaforik obrazlari orqali biz nafaqat o‘zbek xalqining milliy ruhini, balki shaxsiy va ruhiy holatlarni ham chuqur anglash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Zilola Xo‘janiyozova she’riyatida kreativlik shoirning noan’anaviy badiiy tafakkuri va yangicha fikrlashiga asoslanadi. Metafora uning kreativ tafakkurining ajralmas qismidir. Shoira har bir obrazni yangicha ko‘rinishda, kutilmagan tasvirlar orqali aks ettiradi. Masalan, yomg‘irni oddiy ob-havo hodisasi sifatida emas, balki "ko‘z yoshi" yoki "kechirim" sifatida tasvirlaydi. Bu kabi metaforalarning badiiy va g‘oyaviy yuki juda katta bo‘lib, u o‘quvchini o‘z ruhiy holatlarini yanada chuqurroq anglashga undaydi. She’rda kreativlik nafaqat so‘z tanlashda, balki obrazlarni yaratishda va poetik tuzilmalarni yangilashda ham namoyon bo‘ladi. Zilola Xo‘janiyozova she’rlaridagi kreativlikning muhim jihati shundaki, u bir kayfiyatda boshlanadigan tasvirni www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 331 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi oxirida butunlay boshqa ruhiy holatga olib boradi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ayol shoiralar ijodi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning poetik uslubi, metaforik tasvirlar, ayol ruhiyati va milliy qadriyatlarni aks ettirishdagi mahorati adabiy tadqiqotlarda diqqat markazida. Shoiralar o‘z asarlarida nafaqat o‘z ichki kechinmalarini, balki ayollik, ona, oila, mehr va fidoyilik kabi mavzularni badiiy tarzda ifodalashga intiladi. Ayniqsa, Zilola Xo‘janiyozovaning she’riyati, o‘zining metaforik tasvirlari orqali diqqatni tortadi. Shoiraning "Ayol" she’rida metafora va poetik tasvirlar o‘ta boy va ma’noli. Masalan, birinchi misrada "Tong pardoz qilmadi" degan ibora tongning jonli obraz sifatida talqin etilishiga misol bo‘ladi. Tong hali o‘zining yorituvchi vazifasini boshlamagan, ayni vaqtda ayolni uyg‘otuvchi kuch sifatida tasvirlanadi. She’rda "Qishloq hovlisiga jon kirar birday" deyilganida, ayolning uyg‘onishi bilan qishloqning uyg‘onishi qiyoslanadi, bu esa ayolning hayot va harakatni boshlashdagi rolini ifodalaydi. Bundan t

Доказательный фрагмент

«Maqolada Zilola Xo‘janiyozovaning zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi metafora va kreativlikning o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Zilola Xo‘janiyozovaning zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi metafora va kreativlikning o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zilola Xo‘janiyozova, zamonaviylik, she’riyat, poetik uslub., kreativlik, semantik qatlam, Metafora, poetik tasvir, milliylik, ayollik, badiiy tafakkur, ruhiy holat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники