К содержанию
РецензированоUZ2009

AKMALUDDIN MUHAMMAD BOBARTIY HAYOTI VA FAOLIYATI

Rahmonova Muslima Murodillo qizi · Ilmiy rahbar: Palvanov O‘ktam Bazarbayevich

Современная трансформация образования · 2009

Аннотация

Ushbu maqola islom ilmlarining bir necha sohalarida beqiyos hissa qo‘shgan olim Akmaluddin Muhammad Bobartiyning hayoti va faoligati haqidagi ma’lumotlar joy olgan bo‘lib, uning ustozlari, shogirdlari hamda ilm yo‘lida kechgan safarlari batafsil bayon etib o‘tilgan. Tayanch iboralar: Akmaluddin, Abu Abdulloh, “Bobart” qishlog’i, ustozlari, shogirdlari, Shayxuniyya madrasasi. Hanafiy mazhabi jahonda keng tarqalgan. Bu mazhabning taraqqiyotida ko‘plab zabardast olimlar o‘z hissalarini qo‘shishgan. Shunday olimlardan biri Akmaluddin Bobartiy bo‘lib, u VIII/XIV asrda faoliyat yuritgan. Akmaluddin Bobartiy 710/1310-yillarda tug‘ilgan1. Shuningdek, uning 714/1314-yilda tug‘ilganligi haqida ham ma’lumot mavjud2. Uning to‘liq ismi Akmaluddin Abu Abdulloh ibn Mahmud ibn Ahmad al-Bobartiy ar-Rumiy al-Hanafiy bo‘lib, u usul al-fiqh, furu’ al-fiqh, hadis, kalom kabi sohalarida muhaqqiq olimdir. Imom Bobartiyning hayoti haqida ma’lumot berganlarning ba’zisi olimning otasi ismi va bobosining ismi borasida birlamni manbalarga xilof tarzida shunday 1 Akmaluddin Bobartiy. Sharh Vasiyat al-Imam Abi Hanifa. – Ummon: Dor al-fath, 2009. – B. 9. 2 Al-Laknaviy. Favaid al-bahiyya. – Bayrut: Lubnan, 1998. – B. 320-321. www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 353 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi bergan: U “Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad”. Lekin manbalardagi yuqoridagi shakli to‘g’ri: Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad ar- Rumiy al-Bobartiy al-Hanafiy3. Xossatan, Imom Bobartiyning ilmga bo‘lgan katta qiziqish hamda ishtiyoqi sababli unga otasi va bobosi tomonidan “Kamoluddin”, “Sirojuddin”, “Jamoluddin” kabi laqablar berilgan. Bu esa, uning zehni yuqoriligiga isbotdir. Bobartiyning ismiga “Akmaluddin” laqabining qo‘shib aytilishi ham, uning ilmdagi martabasi yuqori ekanligiga dalolatdir4. Imom Bobartiyning laqibi “Akmaluddin”5 va kunyasi esa “Abu Abdulloh” bo‘lgan. Allomaga “Bobartiy” nisbasi berilishi borasida manbalarda ikki xil ma’lumot mavjud: Birinchi: Bog’dodning Dujayl shahri atrofidagi “Bobart” qishlog’i nomidan olingan; Ikkinchi: Turkiyadagi “Bobart” degan joy mavjud bo‘lib, u Rum diyoriga tegishli bo‘lgan. Shuningdek, az-Zirikliy ham mana shu ikkinchi fikrni ma’qullagan. Imom Bobartiy yoshligidan ilm-fanga qiziqib, avvalo, o‘z diyoridagi olimlardan ilm-fan asoslarini egallagan. U aqida va fiqhni Muhammad ibn Muhamammad al-Kokiydan o‘rgangan. So‘ng, Halabga safar qilgan. Qozi Nosiruddin ibn al-Adim uni “Sadiyya” madrasasiga jo‘natgan. U o‘sha yerda bir muddat istiqomat qilib, madrasa olimlaridan saboq olgan. U 740/1339-yildan keyin Qohiraga safar qilib, Abu Hayyon al-Andalusiydan hamda “Muxtasar ibn al-Hojib” asarining shorihi Abu al-Sano Shamsuddin al- Isfahoniydan ham saboq olgan6. Imom Bobartiy go‘zal qobiliyatlar, teran aql va kuchli iroda sohibi, qat’iyati buyuk, mahobatli, sersavlat, pokiza, fazilatli inson edi. Akmaluddin Bobartiyga bir necha marotaba qozilik lavozimi taklif qilinishiga qaramay, u bu lavozimni rad 3 Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Ad-duror al-kamina. – Bayrut: Dor al-jiyl, 1993. – B. 250. 4 Akmaluddin Muhammad Bobartiy. Sharh at-Talxis /Tahqiq muallifi: Doktor Muhammad Mustafo Ramazon Sofiyh. – Tripoli: Jamahiriyyatul arobiyya al-labiyya ash-sha’biyya al-istirokiyya. 1983. – B. 27. 5 Akmaluddin (arabcha) – iymoni komil bo‘lgan banda.(Muslima.uz/index.php/uz/mening-oilam/farzand/ismlar/288- a. Murojaat sanasi: 26.01.2025) 6 Akmaluddin Bobartiy. Sharh Vasiyat al-mIam Abi Hanifa. – Ummon: Dor al-fath, 2009. – B. 9. www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 354 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi etgan. Uning eshigi oldida mansabdorlar qoim bo‘lib, olimning biror yumushi bo‘lsa-yu, uning ehtiyojlarini qondirishga shoshilishar va sha’y turishardi. Shuningdek, Sulton az-Zohir Barquqning ham unga bo‘lgan hurmati beqiyos edi7. Imom Bobartiyning ustozlari va shayxlari ko‘p sonli va turli sohalarda bo‘lganligi uning ko‘plab ilmlarni o‘rganganligiga dalolat qiladi. Bu esa, olimning ilmiy asarlarida o‘z isbotini topgan. Jumladan, muarrixlar Bobartiy ko‘plab ustozlardan tahsil olganligini aytishadi. Shuningdek, Hofiz Shamsuddin Dovudiy “Tabaqot al-mufassirin” asarida u haqida shunday deydi: “U ilmni Abu Hayyon Al- Isfahoniydan olgan. Hadisni Dalusiy va Ibn Abulhadiydan eshitgan. Umarolarning huzurida ham juda aziz edi. Hattoki, Sulton az-Zohir Barquq Imom Bobartiy ulov minib kelsalar u zot bilan suhbatlashar va xonaqohga kirib ketgunlaricha kutib turar edi”8. Imom Bobartiyning ilmga intilishi, ishtiyoqi va shuningdek, Halabga, so‘ngra Qohiraga borib, u yerda qo‘nim topishi – uning ilk tarbiya davrida ilmiy muhitda ulg‘ayganligiga, ilm olish va izlanishdagi qiyinchiliklarga qaramay bilimlarni puxta egallashga mehr qo‘yganligiga dalolat qiladi. Imom Bobartiyning mashhur ustozlaridan quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Shamsuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulhadiy ibn Abdulhamid ibn Abdulhadiy ibn Yusuf ibn Muhammad ibn al-Qudoma Maqdisiy al-Hanbaliy (vaf. 744/1343)9. 705/1305

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola islom ilmlarining bir necha sohalarida beqiyos hissa qo‘shgan olim Akmaluddin Muhammad Bobartiyning hayoti va faoligati haqidagi ma’lumotlar joy olgan bo‘lib, uning ustozlari, shogirdlari hamda ilm yo‘lid…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola islom ilmlarining bir necha sohalarida beqiyos hissa qo‘shgan olim Akmaluddin Muhammad Bobartiyning hayoti va faoligati haqidagi ma’lumotlar joy olgan bo‘lib, uning ustozlari, shogirdlari hamda ilm yo‘lid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shayxuniyya madrasasi., “Bobart” qishlog’i, shogirdlari, Abu Abdulloh, ustozlari, Akmaluddin
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти