К содержанию
РецензированоRU2025

CHIZMACHILIK FANI NIMA? FANNI O'QITISHNING METODIK KO'RSATMALARI

METODIK KO'RSATMALARI · IBRAGIMOV ABDURAKHIM RASHIDOVICH

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

В трех статьях дано несколько педагогических классификаций науки рисования и методики ее преподавания, различных педагогических систем, помогающих учащимся овладеть этой наукой, и методов преподавания науки. Ключевые слова: Когнитивная, графика, технология, динамика, визуальный, интерактивный, интерактивный, механизм. Hozirgi paytlarda ta'lim muassasalarida "chizmachilik" fanining mazmuni va roli muhim ahamiyatga ega. Masalan, umum ta'lim muassasalarida "chizmachilik" fani o'quvchilarda grafik tasvirlarni o'qish va amaliyotda qo'llashning samarali usullarini shakllantiradi. Bu ularga grafik ma'lumotlarning www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 363 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi keng dunyosida harakat qilish, grafik madaniyat bilan tanishish, turli xil odamlar bilan muloqot qilish vositasi sifatida grafik tilni o'zlashtirish imkonini beradi. Kasb- hunar kollejlarida esa oliy ta'lim muassasalarida ta'limni davom ettirishga, amaliy faoliyatda ishtirok etishga moslashtiradi. Ularda grafik axborot vositalari to'g'risida bilimlari shakllanadi, insonning turli xil amaliy faoliyatida, masalan, dizayn, texnologik va ijodiy faoliyat, badiiy dizayn kabi ko'plab sohalardagi ko'nikmalari rivojlanadi. Har qanday o'qitish usulida o'qituvchi va talabalarning faoliyati o'zaro bog'liq bo'lib, u o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishga, o'quv jarayonida talabalarni tarbiyalash va ularning bilim,ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Texnika, pedagogika universitet (institut, kollej) larining talabalari chizmachilik dasturida belgilangan majburiy yakka tartibdagi grafik vazifalar va tekshirish maqsadida beriladigan ishlami bajarishlari lozim. Grafik vazifa, ya'ni yakka tartibda bajariladigan ish deganda, o'tilgan mavzu asosida uyda (darsdan tashqari) mustaqil bajariladigan chizma tushuniladi. Grafik ish ma'lum format (bichim) da standart qonun- qoidalariga amal qilingan holda bajariladi. Talabalarda grafik bilimlarni shakllantirish murakkab jarayon hisoblanib, o'quv jarayoni bilan chambarchas bog'langan. o'quv jarayonida hamma talabalaming o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dars o'tish imkoniyati o'quv- grafik ishlarni bajarishda yakka tartibda yondashishdek yuqori bo'lmaydi. Shuning uchun o'qituvchi talabalar bilan dars jarayonida foydalana olmagan imkoniyatlami mustaqil grafik ishlarni chizayotganida amalga oshirishi mumkin. Ko'p yillik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, talabalar asosan bilim va ko'nikmalarini yakka tartibdagi o'quv grafik ishlarni bajarish orqali olmoqdalar. Chunki dars jarayonida beriladigan nazariy bilimlar asosan grafik ishlar orqali amalda mustahkamlanadi. Pedagogikada o'qitish usullarining bir nechta tasnifi qabul qilingan. Masalan, mashhur rus pedagogi V. I. Xarlamov o'qitish usullarini besh guruhga ajratadi: l.O'qituvchi tomonidan bilimlarni og'zaki taqdim etish va o'quvchilarning bilim faoliyatini faollashtirish usullari. www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 364 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 2.Ma'ruza, suhbat, materialni og'zaki taqdim etishda tasvirlash va ko'rsatish usuli; 3.O'rganilayotgan materialni birlashtirish,suhbat, o'quv qo'llanmalari bilan ishlash, talabalarning yangi materialni tushunish va o'zlashtirish bo'yicha mustaqil ishlash ko ' nikmalari. 4.Bilimlarni amalda qo'llash, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish bo'yicha amaliy mashgu'lotlar. 5. Talabalarning bilimlari, ko'nikma va malakalarini tekshirish va baholash usullari, talabalarning ishini kuzatish, og'zaki so'rov, test ishlari, dasturlashtirilgan nazorat, uy vazifalarini tekshirish va boshqalar. Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo'lgan: u texnik vositalar haqidagi ta'limot deb hamda o'qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta'riflari mavjud. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo'ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o'quv-pedagogik jarayonni oldindan loyiqalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o'qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o'quv jarayonini loyihalash g'oyasini ilgari suradi. Ta'limning tizimliligi va ketma - ketlik prinsipi, o'quv mashg'ulotlarining ma'lum bir chastotasini belgilashni o'z ichiga oladi. Bu esa o'z navbatida boshqa didaktik prinsipni, fanni o'rganish ketma-ketligini amalga oshirishga imkon beradi. Chizmachilik fani boshqa fanlar (matematika, geometriya,mehnat ta'limi, tasviriy san'at) tizimida chizma elementlarini ko'rsatish, uning tarqalish sohasini ochish (mashinalar, mexanizmlar ishlab chiqarish va h.k) orqali amalga oshiriladi. Bilimlarni izchil ifoda etish-bu materialni qismlarga bo'lib o'rganish, undagi asosiy fikrlarni ajratib ko'rsatish va o'rganilayotgan faktlarni tahl

Доказательный фрагмент

«В трех статьях дано несколько педагогических классификаций науки рисования и методики ее преподавания, различных педагогических систем, помогающих учащимся овладеть этой наукой, и методов преподавания науки.»

Образец извлечения

Демо-превью

В трех статьях дано несколько педагогических классификаций науки рисования и методики ее преподавания, различных педагогических систем, помогающих учащимся овладеть этой наукой, и методов преподавания науки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cognitive, graphics, technology, dynamics, visual, interactive, interaktiv, Kongnitiv, mexanizm., dinamika, vizual, texnologiya, grafika, interfaol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники