Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI TA’LIMIDA YANGI PAYDO BO’LGAN SO’ZLARNI O’QITISH USULLARI
O’QITISH USULLARI · Tursunmurodova Umida · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada ona tili ta’limida yangi paydo bo‘layotgan so‘zlardan qayerda, qay paytda va qanday qilib o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shunungdek, maqolada yana yangi paydo bo‘lgan so‘zlarning kelib chiqishi va ularning ta’lim jarayoniga moslashuvchanligi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Neologizm, zamonaviy lug‘at, ta’lim, moslashuvchanlik, ona tili, lug‘at boyligi. Annotatsion: This article provides detailed information on the specifics of where, when, and how to teach newly emerging words in native language education. This article also analyzes the origin of newly emerging words and their adaptability to the educational process. Keywords: Neologism, modern vocabulary, education, adaptability, mother tongue, vocabulary. Jamiyat rivojlanishi bilan til ham rivojlanib boraveradi. Bu esa tilda yangidan yangi so'zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Nutqimizga yaqin kunlarda kirib kelgan so‘zlar yangi paydo bo‘lgan so'zlar (neologizmlar) deb ataladi. Hozirgi zamonaviy dunyoda axborot texnolagiyalarning jadal rivojlanishi va texnologik taraqqiyotning rivojlanishi natijasida yangi so‘zlar ya’ni neologizmlar paydo bo‘lishi jaddalashib bormoqda. Neologizmlar – yunoncha, ‘‘neos – yangi”, ‘‘logos – so‘z” so‘zlarining jamlanmasi bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo‘lgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi so‘zlardir. www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 373 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Neologizmlar avvaliga noodatiy so‘zdek bo‘ladi, lekin ko‘p qo‘llanilishi hisobiga – yangilik xususiyatini yo‘qotadi va faol so‘zlar qatoriga o‘tadi. Ona tili tizimida yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni o‘qitish jarayoni natijasida o‘quvchilarni ona tilida ham nutqiy ko‘nikmalarini ham yozma ko‘nikmalarini shakllantirishga, lug’at boyligini oshirishga,o‘quvchilarning ham til madaniyatini shakllantirishga yordam beradi. Yangi so‘zlarni paydo bo‘lishi ijtimoiy,siyosiy o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘ladi. Hozirgi paytda yangi so‘zlar a) – so‘z yasash orqali; b) – qardosh tillarni o‘zlashtirish orqali; d) – axborot texnalogiyalarni rivojlanishi natijasida ham yangi so‘zlar paydo bo‘la boshlamoqda. Ushbu so‘zlar nafaqat leksikani boyitibgina qolmay, jamiyat tafakkuri va ma’naviy dunyosini ham kengaytirishga yordam beradi. O‘quv jarayonida yangi so‘zlarni qo‘llash o‘quvchilarning yangi so‘zlarga moslashishiga, tafakkurining kengayishiga, tanqidiy fikrlay va tahlil qila olishiga katta yordam beradi. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar ta’lim jarayonida qo‘llash uchun turli xil metod va usullatdan foydalanish zarur. Bunda o‘quvchilarga matn berilishi va buni o‘quvchilar o‘sha matndagi yangi so‘zlarni topib ularni ma’nosi bilan birlashtira olishi lozim. 1-topshiriq. Matnni o‘qing va yangi so‘zlarni ajratib ko‘rsating. Sanjar darsga shoshilib ketayotganida telefoniga bildirishnoma keldi: “Bugun soat 18:00 da yangi podkast chiqadi!” U avtobusda ketayotib bloger Iroda Diy o‘zining yangi vlogini joylashtirganini ko‘rdi. Qiziqib ko‘ra boshladi. Videoda u o‘zining “influencer” sifatidagi hayoti, TikTok trendlari va sun’iy intellekt yordamida tahrirlangan selfilar haqida gapirardi. Sanjar hayron qoldi: “Hamma narsa zamonaviy, lekin ko‘p so‘zlarni tushunmayapman. Nega endi “eslatma” emas, notifikatsiya? Nega chatbot, nega reel, nega QR-kod? Ona tilim bor-ku! Shularning o‘zbekchasini bilmaymizmi?” U uyga borib bu so‘zlarni daftariga yozdi. Har biriga tushunarli izoh va o‘zbekcha muqobil topishga harakat qildi. Unga shunday tuyuldiki, til o‘zgarayotgan bo‘lsa ham, uni asrab qolish va rivojlantirish aynan o‘zidan boshlanishi kerak. Podkast Video formatida olib boriladigan blog; bloger o‘z hayoti, safarlari yoki mavzuli chiqishlarini videoga olib, internetga www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 374 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi joylaydi. Bloger Internet orqali audio formatda uzatiladigan eshittirish; foydalanuvchi istalgan vaqtda tinglashi mumkin bo‘lgan suhbat, intervyu yoki ma’lumotlar to‘plami. Vlog Internet orqali audio formatda uzatiladigan eshittirish; foydalanuvchi istalgan vaqtda tinglashi mumkin bo‘lgan suhbat, intervyu yoki ma’lumotlar to‘plami. Influencer Inson aqliga taqlid qiluvchi dasturiy ta’minot yoki texnologiya; mashinalarning o‘rganish, mantiq yuritish va qaror qabul qilish qobiliyatidir. TikTok Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p obunachilarga ega, o‘z auditoriyasiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega shaxs (ta’sirchan shaxs). Sun’iy intellekt Odamning o‘zini (yoki o‘zini boshqalar bilan) telefon yoki kamera orqali suratga olishi. Selfi Avtomatik tarzda yozma yoki og‘zaki muloqot olib boruvchi dasturiy vosita; ko‘pincha xizmat ko‘rsatish tizimlarida qo‘llaniladi. Notifikatsiya Inson aqliga taqlid qiluvchi dasturiy ta’minot yoki texnologiya; mashinalarning o‘rganish, mantiq yuritish va qaror qabul qilish qobiliyatidir. Chatbot Maxsus kvadrat shaklida yaratilgan grafik kod, skanerlash orqali ma’lumotga tezkor kirish imkonini beradi (masalan, sayt ha
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ona tili ta’limida yangi paydo bo‘layotgan so‘zlardan qayerda, qay paytda va qanday qilib o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ona tili ta’limida yangi paydo bo‘layotgan so‘zlardan qayerda, qay paytda va qanday qilib o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Neologism, modern vocabulary, education, adaptability, mother, moslashuvchanlik, ta’lim, zamonaviy lug‘at, lug‘at boyligi., ona tili, Neologizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024