Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PSEUDOMONAS PUTIDA YORDAMIDA SANOATDA CHIQADIGAN OQOVA SUVLARNI TOZALASH
OQOVA SUVLARNI TOZALASH · Abdusaitova Hilola Vafoqulovna · Sobirova Muqaddas Botirovna
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar ekologiya va inson salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi fenol kabi toksik moddalarni o‘z ichiga olishi ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqotda sanoat chiqindi suvlaridagi fenolni biologik tozalash usuli sifatida Pseudomonas putida bakteriyasidan qanday foydalanish mumkunligi misollar yordamida tushuntirilgan. Shuningdek, bu jarayon davomida bakteriyalarning immobilizatsiya texnologiyasi hamda fluidized-bed bioreaktor qo‘llanilishi tushuntirilgan. Ushbu tadqiqot natijalari bu biologik usulning nafaqat ekologik muhitni yaxshilashga, balki suv resurslarining ifloslanishiga qarshi kurashda ham muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirilgan. Bundan tashqari tadqiqotda mazkur usulning iqtisodiy jihatdan samaradorligi va sanoat miqyosida qo‘llash imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu usul sanoat chiqindilarini samarali qayta ishlashga yordam berib, suv resurslarining barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, Pseudomonas putida bakteriyasidan foydalanish ushbu ekologik xavfsizlikni ta’minlashda istiqbolli yondashuvlardan biri bo‘lib, sanoatda oqova suvlarini tozalashda samarali usuli sifatida e’tiborga loyiqdir. Kalit so‘zlar: Pseudomonas putida, fenol degradatsiyasi, fluidized-bed bioreaktor, ekologik xavfsizlik, mikroorganizmlar, toksik modda, immobilizatsiya, Monod modeli, gidravlik ushlanish, biotexnologiya. Bugungi kunda sanoat oqova suvlaridagi fenol va uning hosilalari ekologik hamda salomatlik muammolarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Ushbu www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 226 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi kimyoviy birikmalar yuqori toksikligi va qattiq biologik chidamliligi sababli atrof- muhitga jiddiy zarar yetkazadi. Shu bois, bunday moddalarni samarali bartaraf etish maqsadida biologik tozalash texnologiyalari hozirgi kunda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlanyapdi.Bu jarayonda Pseudomonas putida bakteriyasi yuqori darajada samarali vosita sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, ushbu bakteriyaning immobilizatsiya qilingan shakllaridan foydalanish biologik degradatsiya jarayonlarini yanada samarali amalga oshirishga imkon bermoqda. Shu tariqa, biologik tozalash usullari fenol va uning hosilalarini parchalaydigan ekologik xavfsiz va samarali yechim sifatida ahamiyat kasb etmoqda[1]. Gonzáles va Herrera (1995) olib borgan tadqiqotlar Pseudomonas putidaning fenolni parchalash qobiliyatini tahlil qilishga qaratilgan bo‘ladi, ular erkin va immobilizatsiyalangan bakterial hujayralarni solishtirgan.Ularning natijalari shuni ko’rsatadiki immobilizatsiyalangan hujayralar fenolni ancha samarali parchalagan va uzoq muddat davomida faoliyat yuritishi mumkinligini ko‘rsatgan. Ushbu usul chiqindi suvlarni bioreaktor tizimlarida samarali tozalashga imkon beradi. Shuningdek, Van Schie va Young (2000) o‘z tadqiqotlarida fenol va benzol kabi aromatik birikmalarning Pseudomonas putida tomonidan parchalash mexanizmlarini chuqur o‘rganib, bakteriyaning genetik moslashuv qobiliyatiga ega ekanligini aniqlab bergan. Ularning natijalari shuni tasdiqlaydiki, bakteriyalar atrof-muhit sharoitlariga moslashib, o‘z gen ifodalanishini o‘zgartiradi, bu esa bioremediasiya jarayonlarida samaradorlikni oshiradi. Bundan tashqari, Heinaru, Truu va Talpsep (2001) olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Pseudomonas putida nafaqat fenolni, balki turli xil uglevodorodlarni ham parchalash qobiliyatiga ega. Bu esa ushbu bakteriyani neft va boshqa organik ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslangan suvlarni tozalashda qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi[2.3]. Masalan, mazkur tadqiqotda fenolli chiqindi suvlarni tozalash uchun Pseudomonas putida bakteriyalari kaltsiy-alginat gel bochkalarida immobilizatsiya qilinib, ikki xil rejimda—periodik va uzluksiz rejimda o‘rganiladi. Heinaru va hamkorlari (2001) tomonidan olib borilgan izlanishlarda ham immobilizatsiyalangan bakteriyalar yordamida biologik tozalash tizimining samaradorligi tasdiqlangan www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 227 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi bo‘lib, ayniqsa, Pseudomonas putida ning ekologik muhitga moslashishi va fenolni tezda parchalash qobiliyatlarini aniqlashdi[2]. Periodik rejimda maksimal degradatsiya qobiliyatini baholash maqsadida fenolning 200 mg/l dan 1000 mg/l gacha bo‘lgan konsentratsiyalari tahlil qilindi, uzluksiz rejimda esa fluidized-bed bioreaktor sharoitida tozalash jarayonining samaradorligi baholandi. Barcha tajribalar davomida bioreaktorda optimal harorat 30°C, pH darajasi 6.6 bo‘lib saqlangan. Jarayon davomida pH, TOC (Total Organic Carbon), COD (Chemical Oxygen Demand) va fenol konsentratsiyasi muntazam kuzatib borildgan, shuningdek, bakterial populyatsiyaning o‘sish kinetikasi va uzoq muddatli barqarorligi o’rganildi[2.3]. Alexander (1999) o‘z ishida bakteriyalarning fenolga moslashuv jarayonlarini matematik modellashtirib, Monod kinetik modeli yordamida degradatsiya jarayonini tahlil qilgan. Ushbu mo
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar ekologiya va inson salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi fenol kabi toksik moddalarni o‘z ichiga olishi ta’kidlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar ekologiya va inson salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi fenol kabi toksik moddalarni o‘z ichiga olishi ta’kidlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- immobilizatsiya, fenol degradatsiyasi, Pseudomonas putida, Monod modeli, biotexnologiya., mikroorganizmlar, gidravlik ushlanish, toksik modda, fluidized-bed bioreaktor, ekologik xavfsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025