К содержанию
РецензированоUZ2025

MIKROORGANIZMLARNING HUJAYRA SHAKLLARI

MIKROORGANIZMLARNING HUJAYRA SHAKLLARI · Xudoyberdiyeva Marjona Baxodir qizi · Sobirova Muqaddas Batirovna · Murodova Sayyora Sobirovna

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda bakteriyalar va zamburug‘larning hujayra shakllari, ularning tuzilishi va biologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Bakteriyalar prokariot organizmlar bo‘lib, ular kokklar, batsillalar, spirillar, vibrionlar va filamentli shakllarda uchraydi. Zamburug‘lar esa eukariot organizmlar bo‘lib, achitqilar, mitseliyali zamburug‘lar va dimorfik shakllarga ega. Shuningdek, maqolada ushbu mikroorganizmlarning ekologik ahamiyati, sanoat, tibbiyot va biotexnologiyadagi roli o’rganilgan. Kalit so‘zlar: Bakteriyalar, zamburug‘lar, hujayra shakllari, mikrobiologiya, ekologiya, biotexnologiya, antibiotiklar, fermentatsiya, patogen mikroorganizmlar Kirish: Mikroorganizmlar tirik tabiatning ajralmas qismi bo‘lib, ular orasida bakteriyalar va zamburug‘lar muhim o‘rin tutadi. Ushbu mikroorganizmlar yer yuzining deyarli barcha muhitlarida uchraydi va ekologik muvozanatni saqlashda asosiy rol o‘ynaydi. Bakteriyalar prokaryotik organizmlar hisoblanib, ularning hujayra tuzilishi oddiy, lekin shakllari xilma-xildir. Ular orasida kokklar, batsillalar, spirillar, vibrionlar va filamentli bakteriyalar mavjud. Zamburug‘lar esa eukaryotik organizmlar bo‘lib, hujayra tuzilishi murakkab va ko‘p hujayrali ham, bir hujayrali ham bo‘lishi mumkin. Ularning asosiy shakllari xamirturushlar, mitseliyali zamburug‘lar va dimorfik zamburug‘lardir. Ushbu mikroorganizmlar nafaqat tabiiy ekotizimlarda, balki inson hayotida ham muhim ahamiyatga ega. Ular oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, biotexnologiya va tibbiyotda keng qo‘llaniladi. [1,3] www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 235 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Bakteryalar Bakteriyalar – eng sodda va ko‘p tarqalgan mikroorganizmlar bo‘lib, prokaryotik hujayra tuzilishiga ega. Ular yadro pardasi va membranali organoidlarga ega emas. Bakteriyalar yer yuzining deyarli barcha muhitlarida uchraydi: tuproq, suv, havo, o‘simliklar, hayvonlar va inson organizmida. Bakteriyalar shakliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Kokklar – sharsimon bakteriyalar (Staphylococcus, Streptococcus). Batsillalar – tayoqchasimon bakteriyalar (Escherichia coli, Bacillus subtilis). Spirillar – spiral shakldagi bakteriyalar (Spirillum). Vibrionlar – vergul shaklidagi bakteriyalar (Vibrio cholerae). Filamentli bakteriyalar – ip shaklida o’suvchi bakteriyalar (Actinomyces). Bakteriya hujayrasi hujayra devori – bakteriyaga shakl beradi va himoya qiladi. Sitoplazmatik membrana – hujayraning ichki muhiti va modda almashinuvini tartibga soladi. Sitoplazma – organik va noorganik moddalar joylashgan suyuqlik. Nukleoid (genetik material) – bitta doirasimon DNK molekulasi. Ribosomalar – oqsil sintezida ishtirok etadi. Flagella (ip) – harakatlanish uchun xizmat qiladi (ba’zi bakteriyalarda mavjud). Fimbriyalar va piluslar – hujayralarni biriktirish va genetik material almashish uchun kerak.Bakteriyalar asosan ikkiga bo‘linish (binary fission) orqali ko‘payadi. Ba’zi bakteriyalar (masalan, Bacillus va Clostridium turlari) og‘ir sharoitlarda spora hosil qilish orqali omon qoladi. Bu real ko‘payish usuli emas, balki noqulay muhitda tirik qolish mexanizmi hisoblanadi. Ba’zi filamentli bakteriyalar (masalan, Actinomyces) o‘z hujayra zanjirlarini mayda qismlarga ajratib, har bir qismi alohida hujayraga aylanadi. Ba’zi bakteriyalar (masalan, Caulobacter va Hyphomicrobium) hujayraning bir uchidan kichik o‘sish hosil qilib, yangi hujayra shakllantiradi. Bu usul odatda ko‘p hujayrali organizmlarga xos bo‘lsa-da, ayrim bakteriyalar ham shu yo‘l bilan ko‘payadi. Avtotrof bakteriyalar – o‘z-o‘zini oziqlantiradi (fotosintez yoki xemosintez orqali). Geterotrof bakteriyalar – tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Aerob bakteriyalar – kislorod mavjud bo‘lganda yashaydi.Anaerob bakteriyalar – kislorodsiz muhitda yashaydi [ 1. 3] . www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 236 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Zamburug’lar Zamburug‘lar – eukaroit organizmlar bo‘lib, ular o‘ziga xos tuzilish va hayot kechirish usuliga ega. Ular o‘simliklar singari hujayra devoriga ega bo‘lsa-da, avtotrof emas, balki geterotrof organizmlar hisoblanadi. Zamburug‘lar organik moddalarni parchalash orqali oziqlanadi va o‘lik organizmlarni qayta ishlashda muhim rol o‘ynaydi. Zamburug‘lar bir hujayrali (xamirturushlar) va ko‘p hujayrali (mitseliyali zamburug‘lar) bo‘lishi mumkin. Tabiatda ular tuproq, suv, o‘simliklar, hayvonlar va inson tanasida uchraydi. Zamburug’ hujayralari hujayra devori – tarkibida xitin bo‘lib, hujayraga shakl va himoya beradi, sitoplazmatik membrana – modda almashinuvini boshqaradi, sitoplazma – organoidlar joylashgan suyuqlik, yadro – DNK va hujayraning irsiy materialini saqlaydi, mitochondriyalar – energiya ishlab chiqaruvchi organoidlar, vakuola – suv va oziq moddalar saqlaydi. Zamburug‘lar shakliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Bular achitqi(Saccharomyces, Candida) – bir hujayrali, odatda ovoid yoki sharsimon shaklga ega, budding (tomchi chiqarish) orqali ko‘payadi. Mitseliyali zamburug‘lar (Penicillium, Asperg

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda bakteriyalar va zamburug‘larning hujayra shakllari, ularning tuzilishi va biologik xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda bakteriyalar va zamburug‘larning hujayra shakllari, ularning tuzilishi va biologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mikrobiologiya, hujayra shakllari, patogen mikroorganizmlar, zamburug‘lar, Bakteriyalar, ekologiya, fermentatsiya, antibiotiklar, biotexnologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники