К содержанию
РецензированоUZ2025

BUXGALTERIYA HISOBI ASOSLARI VA UNING ZAMONAVIY IQTISODIYOTDAGI O’RNI

IQTISODIYOTDAGI O’RNI · Xamdamova Ra’no Bahodir qizi · Ilmiy Rahbar: · Xursandov Komiljon Maxmatkulovich

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

Buxgalteriya hisobi har bir korxona va tashkilotning moliyaviy boshqaruvi uchun poydevor sanaladi. U nafaqat daromad va xarajatlarni nazorat qilishda, balki korxona faoliyatining strategik rivojlanish yoʻnalishlarini belgilashda ham katta ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv davrida iqtisodiy tizimning shaffofligi va ishonchliligi buxgalteriya hisobiga bogʻliqdir. Bu maqolada buxgalteriya hisobining tamoyillari, asosiy metodlari va uning zamonaviy iqtisodiyotdagi oʻrniga bagʻishlanadi. Kalit so‘zlar: buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobi, boshqaruv hisobi, soliq hisobi, yirik korporatsiyalar, blokcheyn texnologiyasi Buxgalteriya hisobi korxonada sodir boʻladigan iqtisodiy voqealar va operatsiyalarni qayd etish, tizimlashtirish va tahlil qilish jarayoni hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish orqali manfaatdor tomonlarga korxonaning moliyaviy holati haqida aniq va ishonchli maʼlumotlarni yetkazishdir. Buxgalteriya hisobi zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismidir. U nafaqat korxonalar faoliyatini shaffof qilish, balki davlat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ham muhimdir. Bugungi kunda texnologiyalar va global standartlar asosida buxgalteriya hisobi yangi bosqichga chiqmoqda. Har bir korxona va tadbirkor o‘z faoliyatida buxgalteriya hisobining samarali tamoyillarini qo‘llagan holda rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. Buxgalteriya hisobining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar: www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 120 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Moliyaviy hisob: Korxonaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi hisobotlar tayyorlanadi. Masalan, balans, foyda va zararlar hisobi, pul oqimi hisobotlari. Moliyaviy hisob – bu tashkilotning moliyaviy holatini, daromad va xarajatlarini, shuningdek, naqd pul oqimlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni tizimli ravishda yig‘ish, qayta ishlash va taqdim etish jarayoni. Moliyaviy hisobning asosiy maqsadi – korxona faoliyati haqida manfaatdor tomonlarga, jumladan, investorlar, kreditorlar va davlat organlariga haqqoniy ma’lumot yetkazishdir.Moliyaviy hisobning asosiy elementlari: balans (moliyaviy holat haqida hisobot), moliyaviy natijalar hisobi (daromad va xarajatlar haqida hisobot), naqd pul oqimlari hisobi hamda o‘z kapitali o‘zgarishlari hisobi. Bu hisobotlar korxonaning aktivlari, majburiyatlari, daromadi va moliyaviy barqarorligini baholash imkonini beradi. Moliyaviy hisobot tayyorlashda xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) talablariga rioya qilish, haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish muhim. Bu jarayon korxona samaradorligini aniqlash, moliyaviy tahlil o‘tkazish va to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Moliyaviy hisob zamonaviy iqtisodiyotda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning ajralmas qismi hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining tamoyillari xalqaro standartlarga, jumladan, Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlari (IFRS) va Moliya Hisobi Standartlari (GAAP) asosida ishlab chiqiladi. Bu tamoyillar moliyaviy maʼlumotlarning aniqligi va taqqoslanishligini taʼminlaydi. Boshqaruv hisobi: Ichki qaror qabul qilish uchun korxona faoliyati tahlil qilinadi. Bu bo‘lim kelajak rejalashtirish va byudjetlashda muhimdir. Boshqaruv hisobi korxonaning ichki ehtiyojlari uchun qaror qabul qilish, rejalashtirish va nazorat jarayonlarida foydalaniladigan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va taqdim etishga qaratilgan hisob turidir. Bu hisobotning asosiy vazifasi korxona rahbariyati va menejerlariga samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam berishdir. Boshqaruv hisobi tashqi standartlarga moslashni talab qilmaydi, chunki u faqat ichki foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ushbu hisob turi korxonaning har qanday vaqt oralig‘ida tayyorlanadigan hisobotlari orqali faoliyat www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 121 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi samaradorligini o‘lchash va nazorat qilish imkoniyatini beradi. Moliyaviy ma’lumotlar bilan bir qatorda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar ham hisobga olinadi.Boshqaruv hisobi korxonaning xarajatlarini boshqarish, mahsulot yoki xizmat narxini hisoblash, budjetlashtirish va rejalashtirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bu hisob turi menejerlarga o‘z bo‘limlari yoki yo‘nalishlarining samaradorligini baholash imkonini beradi va xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Soliq hisobi: Soliq qonunchiligiga muvofiq ravishda soliqlarni hisoblash va toʻlashni boshqaradi. Soliq hisobi korxona yoki tashkilotning soliqlar bilan bog‘liq majburiyatlarini aniqlash, hisoblash va davlat soliq organlariga taqdim etish uchun olib boriladigan buxgalteriya hisobining maxsus yo‘nalishidir. Ushbu hisobning asosiy vazifasi qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va o‘z vaqtida to‘lashdir. Soliq hisobi davlatning amaldagi soliq qonunchiligi asosida yuritiladi va u moliyaviy hisobdan farqli o‘laroq, faqat soliqqa oid ma’lumotla

Доказательный фрагмент

«Buxgalteriya hisobi har bir korxona va tashkilotning moliyaviy boshqaruvi uchun poydevor sanaladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Buxgalteriya hisobi har bir korxona va tashkilotning moliyaviy boshqaruvi uchun poydevor sanaladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soliq hisobi, yirik korporatsiyalar, moliyaviy hisobi, buxgalteriya hisobi, blokcheyn texnologiyasi, boshqaruv hisobi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники