Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY TARJIMA KONSEPSIYASI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kamola Aripova Yusupovna
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
Ushbu maqola publitsistik va badiiy matnlarni tarjima qilishning o‘ziga xos murakkab jihatlarini tahlil qiladi. Publitsistik matnlarning qat’iy yozilish qolipiga ega emasligi va unda turli uslub elementlarining qo‘llanilishi tarjima jarayonida moslashuvchanlikni talab etadi. Badiiy matnlar esa, aksincha, to‘liq stilistik vositalar va ko‘chma ma’noli birliklar asosida qurilganligi sababli, ularni tarjima qilish alohida mahorat, vaqt va mehnatni talab etadi. Maqolada badiiy tarjima ko‘pincha tarjimashunoslikning eng murakkab sohasi sifatida e’tirof etilishining sabablari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Tarjima, publitsistik matnlar, badiiy matnlar, tarjima uslublari, stilistik vositalar, murakkablik, tarjimon mahorati. Publitsistik matnlarni tarjima qilishning murakkab jihatlaridan biri shuki, bunday matnlarning qat’iy bir yozilish qolipi bo‘lmaydi. Garchi publitsistik matnlarda ko‘p qo‘llanuvchi so‘zlar, ibora va jumlalarni o‘rganish tarjima jarayonida qo‘l kelsa-da, ko‘p hollarda bunday matnlarda uslub talabiga mos kelmaydigan jumlalar ham uchraydiki, ularni tarjima qilish uchun tarjima uslublari o‘rtasida ham almashtirishlar talab etiladi. Publitsistik matnlarda boshqa uslublarga oid matnlar(rasmiy, ilmiy, badiiy)ning qo‘llanishi kasb talabi tufayli kelib chiqadi, deb o‘ylaymiz. Biroq tarjimani qiyinlashtiruvchi bunday holatlar publitsistik usulda har doim ham uchrayvermaydi. Badiiy matnlarda esa jumlalar boshdan oyoq tasviriy ifodalar, stilistik vositalar asosiga quriladi, ko‘chma ma’noli til birliklari badiiy matnlarning asosini tashkil qiladi. Ularni tarjima qilish uchun esa, boshqa www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 132 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi matn turlari tarjimasida qo‘llangan adekvat tarjima usuli yetarli bo‘lmaydi. Matndagi badiiy unsurlar, ularning konnotativ ma’nolarini tarjimada to‘g‘ri ifodalab berish uchun tarjimon katta mahorat egasi bo‘lishi, ko‘p vaqt va mehnatni ayamasligi kerak. Badiiy uslub o‘zining tarjima jarayonini qiyinlashtiruvchi bu kabi murakkab komponentlari sababli ko‘pincha tarjimashunoslikning eng qiyin sohasi, deb ta’kidlanadi. Badiiy uslub deganda, biror voqea-hodisani ekspressiv vositalar, tasviriy ifodalar orqali tinglovchiga estetik jihatdan ta’sir o‘tkazadigan tarzda yetkazib beruvchi nutq uslubi tushuniladi. Tilning kommunikativ vazifasini uning estetik vazifasi bilan uyg‘unlashtirish badiiy uslubning o‘ziga xos jihati sanaladi. Badiiy uslub, boshqa mutq uslublaridan farqli o‘laroq, tilning ma’lum sohasi, qatlamidagi birliklar bilan chegaralanmaydi. Juda katta til materialini qamrab olish xususiyatiga ega bo‘lgan badiiy uslubda umumxalq tilida iste’molda bo‘lgan barcha leksik birliklar ishlatilaveradi, hatto boshqa vazifaviy uslublar - ilmiy, rasmiy, so‘zlashuv uslubiga oid komponentlarni ham badiiy uslubda istagancha qo‘llash mumkin. Badiiy uslubni bu jihatdan barcha nutq uslublarini qamrab olgan, ulardan keng foydalana oladigan erkin uslub, deyishimiz ham mumkin. Yana shunisi e’tiborliki, adabiy tilda shevaga oid so‘zlar(dialektizmlar), jargon va argolar, varvarizmlardan foydalanish mumkin emas, biroq badiiy uslubda bunday birliklarni o‘rinli tarzda qo‘llash mumkin. Badiiy matnlarda so‘z tanlash, ma’lum doiradagi leksik birliklarni ishlatishga qat’iy talablar qo‘yilmaydi. Shuningdek, badiiy uslubda tuzilgan matnning lug‘at tarkibi, unda qo‘llangan gaplarning sintaktik shakllari ham turlicha bo‘lishi mumkin. Nutq uslubining boshqa turlari, asosan, ijtimoiy hayotning biror sohasiga ixtisoslashib qolgan bo‘ladi, o‘ziga belgilangan vazifadan chetga chiqolmaydi. Shuning uchun badiiy uslubdan tashqari, qolgan barcha uslublarni “vazifaviy” deb ta’riflash ham to‘g‘ri bo‘ladi . Badiiy uslub esa, inson hayotining hamma vaziyatlarini matnda aks ettirish xususiyatiga ega. Shuning uchun badiiy uslubda qolgan barcha uslublarning elementlari aks etaveradi. Badiiy asarni yaratish jarayonida ijodkor o‘z qahramonlarining xarakter www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 3-son May 2025 133 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi xususiyatlarini ochib berishda tilning barcha imkoniyatlarini ishga solishi, leksik- sintaktik, frazeologik vositalardan keng ko‘lamda foydalanishi mumkin. Matnning kitobxonga estetik ta’sir darajasini oshirish uchun turli stilistik vositalar, tasviriy ifodalarni qo‘llash, jonli, obrazli manzara tasvirini yaratishga intilish badiiy uslubga xos komponentlardan sanaladi. Badiiy uslubda tilning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish haqida aytib o‘tdik. Bu uslubning yana bir xususiyati shuki, yozuvchi yoki shoir o‘zi yaratayotgan asarning badiiylik darajasi, estetik ta’sir kuchini oshirish uchun tilda avvaldan mavjud bo‘lmagan yangi birliklarni, so‘z va iboralarni ijod qilishlari ham mumkin. Bu holat ham badiiy uslubning keng qamrovli ekani, tilning imkoniyatlaridan erkin foydalanish, leksik-stilistik jihatdan boy bo‘lgan matnlarni yaratish uchun qulay ekanligini isbotlaydi. Badiiy uslubda farqlanuvchi yagona jihat - bu uslubda yaratilgan matnlarning jan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola publitsistik va badiiy matnlarni tarjima qilishning o‘ziga xos murakkab jihatlarini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola publitsistik va badiiy matnlarni tarjima qilishning o‘ziga xos murakkab jihatlarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- murakkablik, publitsistik matnlar, tarjima uslublari, stilistik vositalar, badiiy matnlar, tarjimon mahorati., Tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025