Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDOGOGIK JAMOADA PSIXOLOGIK MUHITNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI · Matmuratova Muazzam Zakirbayevna
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
Maqolada pedagogik jamoa haqida ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga pedagogik jamoa va uni shakllantirish yo‘llari, uslublari yoritilgan. Pedagogik jamoaning ruhiy muhitini tahlil qilish usullari ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar. Jamoa, pedagogik jamoa, jamoa barcha a’zolari, pedagogik jamoani boshqarish, ijtimoiy umidlar, avtoritar, demokratik, liberal. Jamoaning birligi, uni a’zolarining dо‘stona birlashishi- ichki munosabatlarda ayrim tarbiyalanuvchilarni tanqid qilish va jazolash mumkin, lekin ta’sir kо‘rsatishning maxsus shakllaridan tashqarida har bir tarbiyalanuvchiga tegishli baho berish, uni begonalar oldida himoya qilish, unga hech qanday ozor yetkazmaslik shart hisoblanadi. Jamoa barcha a’zolarining himoyalanganligi o‘ta muhimdir. Har bir tarbiyalanuvchi, u qanchalik zaif, kuchsiz bо‘lmasin, о‘zining yakkaligi yoki himoyasizligini his etmasligi kerak. Pelagogik jamoada о‘zaro manosabatlarning rasmiy va norasmiy tuzilishlari ajratilib kо‘rsatiladi. Bu yerda har ikki tuzilish shaxs jamoada egallashi mumkin bо‘lgan nuqtai nazardangina qarab chiqiladi. Pedagogik jamoani boshqarish vaziyatlarini tashkil etish pedagog tomonidan sinfda jamoa faoliyatini tanlash va tashkil etishdan boshlanadi, chunki bu jamoadagi ayrim guruhlar va ularning peshqadamlari pozitsiyalarini о‘zgartirish va mustahkamlashga qaratilgan birinchi qadamdir. Har bir shaxs kamolotining va butun jamoaning yuqori ishchanlik qobiliyatini rag‘batlantiruvchi ruhiy muhitni tashkil etayotganda, guruh a’zolari orasidagi о‘zaro munosabatlarni va unda hukmron bо‘lgan qadriyatlarni tartibga solishdan boshlash kerak. www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 203 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Jamoa so‘zi arabcha “jam’o” so‘zidan olingan bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi. Pedagogik jamoaning asosiy belgilari ichki, ishonchili xotirjamlikning namoyon bо‘lishi, doimiy tetiklik, harakat qilishga tayyorlik muhim hisoblanadi. Jamoa har bir a’zosida о‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usining mavjudligi, о‘z jamoasi bilan faxrlanish tuyg‘usi bo‘lishi lozim. Munosabatlarning rasmiy tuzilmasi - bu tashqaridan, jamiyat tomonidan berilgan va ushbu jamoa faoliyat kо‘rsatishi zarur bо‘lgan holatlar (pozitsiya) sistemasidir. Norasmiy shaxslararo munosabatlar sistemasida holatlar har bir о‘quvchining о‘ziga xosligi va ushbu sinfning xususiyatlari bilan belgilanadi. Boshlangich о‘quv maskanidayoq bolalarning sinf jamoasida muayyan, ularni jalb etuvchi holat (pozitsiya) ni, ya’ni yetakchi, eng yaxshi о‘quvchi, eng yaxshi sportchi va hokazo holatlarni egallashga intilish kuzatiladi. Ijtimoiy holat ikki о‘lchov: shaxsning ijtimoiy xulq-atvori va atrofdagilarning ijtimoiy umidi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy xulq-atvor - bu real hatti-harakatlar bо‘lib, ular tufayli odam о‘zini istalgan rolda qaror toptiradi. Ijtimoiy umidlar - bu atrofdagilarning ushbu odam holatiga munosabatlaridir. Agar kimdir о‘zini mazkur holatda qaror toptirgan bо‘lsa, atrofdagilar uni bu holatga “bog‘lab qо‘ygandek” bо‘ladilar. О‘quvchilar yuqori sinfga о‘tgani sayin о‘z ijtimoiy holatlarini odatda bilibgina qolmasdan, shu bilan birga kо‘pincha ularni о‘zgartirishga ham intiladilar. Tо‘g‘ri, tarkib topgan ijtimoiy umidlar bunga xalaqit beradi. Ijtimoiy umidlar barqaror bо‘lganligi uchun о‘smir vaqtini о‘tkazib yuborgan holatni о‘quvchining о‘zi о‘zgartirishi qiyin bо‘ladi, bu yerda pedagogning yordami kerak. Pedagogik jamoa ichki holatlari orasida peshqadam, yetakchining holati alohida о‘rin turadi. Bu guruh oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarili bilan bog‘liqdir. Aynan peshqadamlar jamoaning normalari va qadriyatlarini belgilaydi. Peshqadam о‘z holatining obrо‘ligi bilan о‘z fikrini о‘tkazish uchun katta www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 204 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi imkoniyatlarga ega. Bolalar peshqadam о‘quvchilarga ishonganilari uchun ham ularga taqlid qiladilar. Jamoadagi psixologik muhit kо‘p jihatdan kim peshqadamligiga bog‘liq bо‘ladi. Pedagogik jamoaning shaxsga ta’siri samaradorligi shaxsning jamoadagi kayfiyati bilan belgilanadi. Bunga quyidagilar kiradi: shaxsning faoliyat, о‘zaro munosabatlar, rahbarlikdan konikish, shaxsning mazkur jamoadagi himoyalanganligi, uning ichki xotirjamligi. Bularning hammasi hissiy bexdudlik atamasi bilan ta’riflanadi va u bola shaxsi rivojlanishining uni hayotidagi ilk bosqichlaridanoq majburiy sharti hisoblanadi. Yuqorida kо‘rsatib о‘tilganidek, ruhiy muhitning mohiyati shundan iboratki, jamoada tarkib topgan о‘zaro munosabatlar jamoa a’zolarining qadriyatlari, axloq normalari va manfaatlari bilan belgilanadigan alohida hissiy-ruhiy tusga ega bо‘ladi. Har bir shaxs faolligi darajasi jamoaning shaxsga ta’siri singari shaxs ushbu jamoada hissiy bexbudlikni qanchalik boshidan kechirishi bilan belagilanadi. Pedagogik jamoadagi о‘zaro munosabatlarning norasmiy sistemasini bilmay turib pedagog jamoa rivojlanishini boshqara olmaydi. Pedagogik jamoaning ruhiy mu
Доказательный фрагмент
«Maqolada pedagogik jamoa haqida ma’lumotlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada pedagogik jamoa haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy umidlar, pedagogik jamoa, pedagogik jamoani boshqarish, demokratik, Jamoa, liberal., avtoritar, jamoa barcha a’zolari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026