К содержанию
РецензированоUZ2025

ONA TILINI O’ZLASHTIRISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING O’RNI

YONDASHUVNING O’RNI · Jo’rarajabova Shahnozabonu Shavkat qizi · Alisher Navoiynomidagi ToshDO‘TAU

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

Ona tili o‘qitilishi o‘quvchilarning til madaniyati, muloqot qobiliyati va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning asosiy vositalaridan biridir. Zamonaviy pedagogik metodlar va yondashuvlar ona tili o‘qituvchilarining muvaffaqiyatli ish olib borishiga yordam beradi. Bugungi kunda tilni o‘rganish va o‘zlashtirish jarayoni faqatgina grammatikani yoki leksikani yodlashdan iborat bo‘lmay, balki muloqot jarayonini samarali o‘rganish, so‘zlashuvda erkinlikni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ yondashuv ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: o‘qitish, til madaniyati, muloqot qobiliyati, nutq ko‘nikmasi, metodl, yondashuv, grammatika, leksika, kommunikativ yondashuv. Annotasion: Teaching the mother tongue is one of the main means of developing students‘ language culture, communication skills and speaking skills. Modern pedagogical methods and approaches native language teachers to work successfully. Today, the process of learning and mastering a language does not consist only in memorizing grammar or vocabulary, but also includes activities aimed at effectively studying the communication process and developing freedom in speech. The communicative approach plays an important role in ensuring the effectiveness of this process. Key words: Teaching, language culture, communication skills, speaking skills, method, approach, grammar, vocabulary, communicative approach. Kommunikativ yondashuvning ta’lim jarayonidagi o‘rni beqiyos. Kommunikativ yondashuv – bu o‘quvchilarning tilni nafaqat nazariy jihatdan, balki www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 79 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi amaliy tarzda o‘zlashtirishiga qaratilgan metodik uslubdir. Bu yondashuvda asosiy e’tibor tilni real hayotdagi kommunikativ vaziyatlarda qo‘llashga beriladi. O‘quvchi kommunikativ vaziyatda o‘z fikrini ravon va aniq ifodalashni o‘rganadi. Kommunikativ yondashuvning asosiy maqsadi o‘quvchilarda nutqiy, muloqotga asoslangan qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Bu yondashuvning afzalligi shundaki, o‘quvchilar tilni faqat grammatik qoidalar bilan o‘rganmaydi, balki nutq jarayonida foydalanish ko‘nikmalarini ham egallaydi. Ona tili ta’limida kommunikativ yondashuvni qo‘llash, o‘quvchilarni tilga oid barcha ko‘nikmalarni, jumladan, tinglash, o‘qish, yozish va so‘zlashuv malakalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu yondashuv o‘quvchilarning individual xususiyatlari va ularning so‘zlashuv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini hisobga olib tashkil etiladi. Kommunikativ yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni aytish mumkin: a) Kommunikativ yondashuvning birinchi o‘ziga xos xususiyati uning jamiyatda tilning bevosita muloqot vositasi sifatidagi ahamiyatini tan olishidadir. Har bir til o‘z egasining fikrlarini, hissiyotlarini va istaklarini boshqalarga yetkazishda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Kommunikativ yondashuv tilni o‘rganishning bevosita ijtimoiy maqsadlarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli, bu yondashuvda tilni o‘rganish jarayoni o‘quvchilarning tilni amaliy ishlatishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga va ijtimoiy madaniyatda faol ishtirok etishiga yordam beradi. b) Kommunikativ yondashuvning ikkinchi xususiyati til o‘rganishning jarayonini nafaqat so‘zlashuvda, balki yozma nutq, o‘qish va tinglashda ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Nutqiy faoliyatni rivojlantirishda o‘quvchilarning erkin va tabiiy ravishda so‘zlashishi, o‘z fikrlarini mustaqil ifodalash imkoniyatlarini yaratish zarur. Kommunikativ yondashuvni ta’lim jarayonida qo‘llashda turli metodlar va usullar mavjud. Quyida ulardan ba’zilariga to‘xtalib o‘tish mumkin: 1. Interfaol metodlar. Interfaol metodlar, masalan, guruhli ishlash, aqliy hujum, brainstorming kabi metodlar orqali o‘quvchilar o‘rtasida faol muloqot www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 80 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi o‘rnatiladi. Bular o‘quvchilarning fikrini ochiq ifodalash, nutqni rivojlantirish va muloqotdagi o‘zaro munosabatlarni kuchaytirishga yordam beradi. 2. Muloqotga asoslangan mashqlar. O‘quvchilarni kommunikativ vaziyatlarga solib, ularga erkin ravishda javob berish, so‘rash, muloqot qilish imkoniyatlarini yaratish. Bunday mashqlar, o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshiradi va ularni amaliyotda tilni qo‘llashga o‘rgatadi. 3. Rolli o‘yinlari va situatsion o‘rganish: Rolli o‘yinlari o‘quvchilarga turli ijtimoiy rollarda o‘zlarini ko‘rsatishga imkon beradi. Ular muloqotda turli rollarda (masalan, do‘stlar, mijoz, sotuvchi va boshqalar) o‘ynash orqali o‘z nutqini rivojlantiradi va kommunikativ vaziyatlarni o‘zlashtiradi. 4. Kreativ vazifalar: O‘quvchilarga ijodiy ishlash imkoniyatlarini berish, masalan, hikoya yozish, maqola yozish, intervyu olish, eslatmalar tayyorlash kabi vazifalar orqali ularga tilni amaliy qo‘llashni o‘rgatishdir. Kommunikativ yondashuvning ta’limda samaradorlikka ega. Uning ta’limdagi asosiy afzalligi shunda ko‘rinadi, ya’ni u o‘quvchilarda nutq madaniyati va tilni amaliy qo‘ll

Доказательный фрагмент

«Ona tili o‘qitilishi o‘quvchilarning til madaniyati, muloqot qobiliyati va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning asosiy vositalaridan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ona tili o‘qitilishi o‘quvchilarning til madaniyati, muloqot qobiliyati va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning asosiy vositalaridan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Teaching, language culture, communication skills, speaking, kommunikativ yondashuv., grammatika, nutq ko‘nikmasi, o‘qitish, til madaniyati, yondashuv, leksika, metodl, muloqot qobiliyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники