Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI DARSLARIDA TINISH BELGILARI BILAN ISHLASH
O’rolova Aziza
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
In this article, formation of knowledge about punctuation mars in mother tongue classes. It is written about the rules of punctuation, how to work on punctuation exercises given in native language classes, the purpose and use of punctuation marks, and familiarization with exercise materials on the use of punctuation marks in school textbooks. Keywords: Mother tongue, lesson, punctuation, knowledge, form, rule, exercise. Dastlabki 5-6- sinfdanoq ona tili darslariga taaluqli ko‘pgina masalalar boshlang‘ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o‘zlashtirilishi kerak. Bunda o‘zlashtirilgan bilimlar o‘quvchilar ongida butun umrga saqlanib qolishi va boshqa www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 99 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi masalalar esa o‘qitishning bosqichida keying sinflarda muttasil qarab chiqishga tayyorgarlik ko ‘rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malaka va ko‘nikmalarni shakillantirish jarayonida fikrlash qobilyati darajasini oshirish imkonyatiga ega bo‘lish uchun kiritiladi. Shu jumladan tinish belgilari ham ona tili darslarida muhim ahamiyatga ega vositalar hisoblanadi. Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda gap qismlarining o‘zaro logik- gramatik munosabatlarini ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomonidan, yozuvchiga o‘z yozma nutqni aniq , to‘g‘ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomonidan, o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish belgi yozuvchi tomonidan qanday ma’no va vazifada qo‘llangan bo‘lsa, mazkur tinish belgi o‘quvchi tomonidan ham xuddi shunday vazifada tushuniladi. Demak, tinish belgilari “ Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo‘llanadi” va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgini to‘g‘ri qo‘llamaslik ma’lum bir sintaktik qurilmani ham mazmun, ham tuzilish jihatdan o‘zgarib ketishiga olib keladi. Tinish belgilari yozuvdan keyin paydo bo‘lgan. Kichkina sinfligida o‘quvchilarga to‘rtta tinish belgi o‘rgatiladi. Kichkina sinf darsliklarida tinish belgilari kam bo‘lishiga qaramay, o‘qtuvchi har bir sinfda tinsh belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur. Ona tilidan bilim samaradorligini oshirish o‘quvchilar ongini rivojlantiradi, fikrlash qobilyatini o‘stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O‘z fikrini aytish, yozish uchun imkonyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo‘l ochib beradi. Ona tili darslarida tinsh belgilarni o‘rgatish orqali og‘zaki va yozma, nutq boyligini oshirish, imlo qoidalariga, DTS talablariga javob boradigan, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish hamda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat. O‘quvchilarga tinish belgilarini o‘rgatish orqali ular nutqini va imlo qoidalarini o‘stirish o‘quvchilarning o‘zlariga ona tili faniga oid topshiriqlar yaratish ko‘nikmalarini shakillantirishga yordam beradi. Biz bilamizki maktab yoshidagi bolalar faoliyatida o‘yin birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 100 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi o‘qtuvchidan berilayotgan topshiriqlarni o‘yinlar ko‘rinishida tashkillashtirish orqali bo‘lsa ham bolaga biron narsani o‘rgatish talabi qo‘yiladi. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini o‘qish motivlarini rivojlantiradi. 1- Topshiriq. Quyida berilgan so‘zlar asosida gaplar tuzing va bu gaplarga mos tinish belgilarini tanlang. So‘zlar; Kitobga muhabbat, shoirlik sari qadam, bolalik orzulari, havoskor shoir, kitob-bilim bulog‘i, ilk ustozim. O‘yin va amaliy mashg‘ulotlar yordamida o‘quvchilar tinish belgilarini qiziqarli va esda qolarli shakilda o‘rganadilar. Bu usul bolalarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, bilim olish jarayonini jonlantiradi va ularda mustahkam ko‘nikmalarni shakillantiradi. Savodxonlikni oshirish va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakillantirish uchun zamonaviy texnalogiyalar samarali vosita hisoblanadi. Texnalogiyalar yordamida o‘quvchilar uchun visual, qiziqarli va interaktiv dars muhitini yaratish mumkin, bu esa bolalarning bilim olish jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. 2- Topshiriq. Maqollardagi tinish belgilarining qo‘llanishi. Jadvalda berilgan so‘zlarda tinish belgilar tushirib qoldirilgan, maqollarni o‘qing va tinish belgilarni to‘g‘ri joylashtiring. Baliq suv bilan Bulbul chamanni sevar Odam el bilan Odam Vatanni Betkay ketar bel qolar Bulbulga bog‘ yaxshi Beklar ketar bek qolar Kaklikka tog‘ Begona tuproq devona tuproq Vatan gadosi kafan gadosi www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 4-son May 2025 101 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 3- Topshiriq. Qayta yozish topshirig‘i . Berilgan matnda kerakli tinish belgilari tushirib qoldirilgan bo‘lib matnni o‘qib chiqib kerakli o‘rinlar
Доказательный фрагмент
«In this article, formation of knowledge about punctuation mars in mother tongue classes.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, formation of knowledge about punctuation mars in mother tongue classes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mother tongue, lesson, punctuation, knowledge, form, rule, Ona tili, bilim, mashq., shakl, tinish belgi, qoida, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024