К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLARNI BARKAMOL ETIB TARBIYALASHDA BESH MUHIM TASHABBUSNING JISMONIY TARBIYA VA SPORT ORQALI TUTGAN O’RNI

TUTGAN O’RNI · UNVERSITETI -BOSQICH MAGISTRANTI

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article highlights the importance of popularizing physical education and sports among young people and attracting them to a healthy lifestyle within the framework of the Five Important Initiatives put forward by the President. In particular, the fifth initiative - "Popularizing Physical Education and Sports Among Youth" - focuses on the formation of healthy competition, strong-willed qualities, and sports culture among school, college, and university students. It also analyzes ways to foster patriotism, teamwork, and a healthy competitive spirit among young people through sports, as well as ways to increase social activity. Keywords: five initiatives, physical education and sports, public health, the future of youth, a healthy generation. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar markazida inson omili, ayniqsa, yoshlar masalasi turadi. Zero, yoshlar har qanday jamiyatning eng katta Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 292 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT boyligi, kelajagi va taraqqiyot poydevoridir. Shu sababli ham yurtboshimiz tomonidan yoshlarning har tomonlama kamol topishi, ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ana shunday muhim tashabbuslarning biri bu – "Besh muhim tashabbus" deb nom olgan tashabbuslar majmuasidir. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, shu orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishga qaratilgan. Besh tashabbus yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, vatanparvarligini oshirish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bu tashabbuslarning eng asosiy va hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlaridan biridir. Chunki sport – nafaqat jismoniy salomatlik, balki ma’naviy barkamollik, iroda, fidoyilik, intizom, hamjihatlik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Bugungi kunda yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, zamonaviy sport inshootlarining barpo etilishi, musobaqa va sport tadbirlari sonining ko‘payib borayotgani aynan ushbu tashabbusning hayotdagi amaliy ifodasi ekanini yaqqol ko‘rsatadi. Demak, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar ulkan, endi esa muhim vazifa — ularni to‘g‘ri yo‘naltirish, rag‘batlantirish va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undashdir. Tadqiqot maqsadi Ushbu maqolaning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus, ayniqsa, uning jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish yo‘nalishining yoshlar hayotidagi o‘rni, ahamiyati va ta’sir doirasini chuqur o‘rganishdan iborat. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bu sog‘lom, irodali, jismonan baquvvat va ma’nan yetuk avlodni tarbiyalashdir. Shu jihatdan olib qaralganda, mazkur yo‘nalish orqali yoshlarni sportga jalb etish nafaqat ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash, balki ularda ijtimoiy faollik, intizom, jamoaviylik, vatanparvarlik va irodaviy sifatlarni shakllantirish imkonini beradi. Tadqiqotning maqsadi shuningdek, quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: Выпуск журнала №-26 Часть–1_ Май –2025 293 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Besh tashabbusning mazmun-mohiyatini yoshlar tarbiyasi nuqtai nazaridan ochib berish; Jismoniy tarbiya va sport orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘llarini aniqlash; Maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktablari va oliy o‘quv yurtlarida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish; Yoshlar bilan ishlashda sportning ijtimoiy tarbiya vositasi sifatidagi o‘rnini baholash; Ushbu tashabbus asosida erishilayotgan natijalar asosida takliflar ishlab chiqish. Umuman olganda, tadqiqotning asosiy vazifasi – yosh avlodni sog‘lom, barkamol va vatanparvar qilib tarbiyalashda sport va jismoniy faollikning o‘rni naqadar muhimligini asoslab berishdir. Tadqiqot natijalari O‘tkazilgan tadqiqotlar, kuzatuvlar va tahlillar asosida quyidagi natijalarga erishildi: Besh muhim tashabbus yoshlar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, salomatligini mustahkamlash va ularni sportga jalb qilish bo‘yicha sezilarli natijalarga erishilmoqda. Zamonaviy sport inshootlari va infratuzilmalarning barpo etilishi yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun real imkoniyat yaratmoqda. Ko‘plab maktab va oliy ta’lim muassasalarida sport zallari, stadionlar, ko‘p tarmoqli sport maydonchalari qurilib, faoliyat olib bormoqda. Sport yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirayotgan asosiy vositaga aylanmoqda. Ular orasida turli sport turlari bo‘yicha musobaqalar, sog‘lom turmush tadbirlari, jamoaviy o‘yinlar orqali o‘z iqtidorini namoyish etayotganlar ko‘paymoqda. Bu holat yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonc

Доказательный фрагмент

«This article highlights the importance of popularizing physical education and sports among young people and attracting them to a healthy lifestyle within the framework of the Five Important Initiatives put forward by…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the importance of popularizing physical education and sports among young people and attracting them to a healthy lifestyle within the framework of the Five Important Initiatives put forward by… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
five initiatives, physical education and sports, public health, the, sog‘lom avlod., besh tashabus, aholi salomatligi yoshlar kelajagi, jismoniy tarbiya va sport
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники