К содержанию
РецензированоUZ2025

SENSOR KAMCHILIGIGA EGA BO'LGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA'LIM STRATEGIYALARI VA ULARNI AMALGA OSHIRISH SHART SHAROITLARI

OSHIRISH SHART SHAROITLARI · Xujaqulova Aziza Zafardiyor qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article examines educational strategies for children with sensory impairments, strategies depending on the type of sensory impairment, conditions for their implementation, and financing issues. Changing the attitude of society towards the education of children with sensory impairments, the advantages of inclusive education are highlighted. Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 27 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Keywords: Individual approach, compensation, correction, adapted learning environment, social integration, financing Sensor kamchiligi bo'lgan bolalar uchun ta’lim tizimini tashkil etishning ahamiyatli va dolzarbdir. Sababi sensor kamchiligi bor bolalar jamiyatning eng zaif qatlamlaridan biri hisoblanadi. Ularga teng imkoniyatlar yaratish, shu jumladan ta'lim olish imkoniyatini ta'minlash ijtimoiy adolat va tenglikning muhim sharti hisoblanadi. "Sensor" so'zi lotincha "sensus" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tirik organizmning tashqi va ichki muhitdagi o'zgarishlarni sezadigan va asab tizimiga xabar beradigan a'zosi. Masalan, ko'z - yorug'likni, quloq - tovushni, til - ta'mni, teri - harorat, bosim va og'riqni sezadigan sensorlardir. Ushbu sensorlardagi kamchiliklari bor bolalar esa inkluziv ta’lim zarur bo’lgan qatlamlardan biridir. Barcha bolalar, ularning jismoniy va ruhiy holatidan qat'i nazar, sifatli ta'lim olish huquqiga ega. Bu huquqni ro'yobga chiqarish uchun inklyuziv ta'limni to'liq moliyalashtirish zarurdir. Sensor kamchiligi bor bolalar jamiyatning bir qismi bo'lib, ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish mamlakatning inson kapitalini rivojlantirishga hissa qo'shadi. Sifatli ta'lim olgan sensor kamchiligi bor bolalar kelajakda jamiyatga foydali a'zo bo'lishi, mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishi va o'z hayotini mustaqil ravishda ta'minlashi mumkin. Bundan tashqari, sifatli ta'lim olgan sensor kamchiligi bor bolalar kelajakda davlat yordamiga kamroq muhtoj bo'ladi va iqtisodiyotga o'z hissasini qo'shadi. Inklyuziv ta'lim nogironlik bilan bog'liq xarajatlarni kamaytiradi va jamiyatning barcha a'zolari uchun imkoniyatlar yaratadi. Inklyuziv ta'lim Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shu tufayli, ko'pgina davlatlar inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan siyosat va dasturlarni amalga oshirmoqda va xalqaro tashkilotlar inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy va texnik yordam ko'rsatmoqda. Bu sohada O’zbekiston ham o’ziga xos siyosat yaratmoqda, jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab- quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori (PQ-74, 27.02.2023) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar inklyuziv ta'limni rivojlantirishga qaratilgan siyosatning amaliy natijasidir. Chunki, O'zbekistonda Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 28 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sensor kamchiligi bor bolalar uchun inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Ammo amaliyotda bir nechta muammolar mavjud, jumladan O'zbekistonda inklyuziv ta'limni moliyalashtirish hali ham yetarli emas. Buning uchun esa, mablag'larni taqsimlash va ulardan foydalanishda shaffoflik va samaradorlikni oshirish zarur. Shuningdek, inklyuziv ta'limni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda sog'lom bola ta’lim tarbiyasi bilan sensor kamchiligi bor bolalar ta’limi anchagina farq qiladi va buning uchun malakali kadrlar tayyorlash, pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish, barcha imkoniyatlarga ega bo'lgan ta’lim muhitini yaratish, ularning ta’lim olishiga jamiyatni tayyorlash muhim masala hisoblanadi. Sezgi organlari - organizmga taʼsir qilayotgan tashqi taʼsirlarni qabul qilish va idrok etishni taʼminlaydigan ixtisoslashgan periferik tuzilmalar. Ular organizm tashqi va ichki muhitdan oladigan turli qoʻzgʻalishlarni qabul qilib, bu hakdagi informatsiyani markaziy nerv sistemasiga uzatadi. So’ng organizmning atrof muhitga yanada moslashishiga imkon beradi. Oʻta ixtisoslashgan qoʻzgʻaluvchanlik tufayli faqat maʼlum turdagi taʼsirotning idrok etilishini taʼminlaydi. Odamda koʻrish organlari, eshitish organlari, hid bilish organlari, maza bilish, tuygʻu organlari farq qilinadi. Sensor kamchiligi bor bolalar, ya'ni sezgi organlari (ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, taktil) faoliyatida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ta'lim strategiyalari ularning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan holda, inklyuziv ta'lim tamoyillariga asoslanishi kerak. Bunday masalalarni hal qilish uchun bir nechta ta’lim strategiyalarini ko’rsatib o’tish lozim: Birinchi usuli individual yondashuv bilan har bir bolaning sensor kamchiligining turi, darajasi, rivojlanish xususiyatlari va ta'limiy ehtiyojlarini aniqlash. Individual ta'lim rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali; Ikkinchi usuli sezgi organlarining faoliyatini qisman yoki to'liq komp

Доказательный фрагмент

«This article examines educational strategies for children with sensory impairments, strategies depending on the type of sensory impairment, conditions for their implementation, and financing issues.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines educational strategies for children with sensory impairments, strategies depending on the type of sensory impairment, conditions for their implementation, and financing issues. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Individual approach, compensation, correction, adapted learning, Individual yodashuv, kompentatsiya, ijtimoiy integratsiya, moliyalashtirish, moslashtirilgan o'quv muhiti, korreksiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники