К содержанию
РецензированоUZ2026

BOG’CHA YOSHIDA BILISH JARAYONLARI TARAQQIYOTI

Xasanova Madina (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Beknazarova Shahzoda (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada psixologiyada bilish jarayonlarining tasnifi va ularning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarda namoyon bo’lish shartlari nazariy tahlillar asosida yoritib berilgan. Kalit so’zlar:bilish, sezgi, idrok, bola, o’yin, psixika, faoliyat akseleratsiya. Maktabgach ta’lim davri inson hayotining eng muhim bosqichlaridan biridir. Bu davrda bola nafaqat jismoniy, balki psixik va aqliy jihatdan ham jadal rivojlanadi. Bilish jarayonlari - bu bolaning atrof-muhitni idrok etishi, uni anglab yetishi, eslab qolishi, fikr yuritishi va tasavvur qilish jarayonidir. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi , ya’ni 3-7 yosh bolalarda bilish jarayonining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, ularning rivojlantirishda pedagogik yondashuvlarning o’rni yoritiladi. Bilish jarayonlarining mazmuni va ahamiyati. Bilish jarayonlari-psixologiyada idrok, diqqat,xotira, tafakkur va tasavvur kabi aqliy faoliyatning majmuasi sifatida qaraladi. Ushbu jarayonlar bolada tug’ma holda mavjud bo’lib ular ijtimoiy muhit va tarbiya ta’sirida rivojlanib boradi. Maktabgacha yoshda bilish jarayonlarining shakllanishi bola shaxsining rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Idrok va diqqat rivoji. Idrok- bu tashqi olamdagi narsalarni sezgi a’zolari orqali qavul qilish jarayoni. Maktabgacha yoshdagi bolalarda idrok vizual ko’rish eshitish va kinestetik harakat shakllarda namoyon bo’ladi. 3-4 yoshli bolalarda idrok bir tomonlama bo’lsa (masalan, faqat rangga e’tibor qaratish) , 5-6 yoshga kelib murakkab xossalarga shakl, hajm, fazoviy joylashuviga e’tibor qaratish qobiliyati shakllanadi. L.S.Vigotiskiy takidlashicha bola xotirasning rivojlanishda nutiqning osishi juda kata axamiyatga ega. Bu davirda bola narsa va xodisalarni faqat bevosita korish orqali emas balki shu narsa va xodisalarning Выпуск журнала №-26 Часть–2_ Май –2025 190 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nomlari orqali ham idrok qila oladigan boladi. Bundan tashqari kattalardan sorab bilish olish eshitsh orqali ham xotiralarni boyitadi.Bolalarda sozlarning manosidga tushinib eslab qolsh ham juda erta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk bolalaik davridagi bolalar ozlari yoqtirgan xikoyalarni manosiga tola tushngan holda eslab qoladilar. Bu xikoyalardagi ayrim qaxramonlarni sevadilar,bazilarni yomon koradilar. Umuman, xikoyalarning mazmuni boshqalarga tasir qilib, ularda malum tuygu xissiyotni uygotadi, bu esa bolalarda xikoyaning mazmunini tushuniyotganliklaridan dark beradi. Ilk bolalik davrida bolalarda datlab ixtiyorsiz esda oilb qolish va ixtiyorsiz esga tushirsh vujudga keladi. Diqqat esa bolaning ongini muayyan obyektga yo’naltirish va uni bir muddat ushlab turish qobiliyatidir. Boshlang’ich maktabgacha yoshda 3-4 yoshli bolalar e’tibori beqaror va ixtiyorsiz bo’lsa, katta guruhga kelib 6-7 yoshli bo’lganda u asta-sekin ixtiyoriy xususiyat kasb etadi. Bu esa bola o’z faoliyatini ongli tarzda boshqarishni o’rganayotganidan dalolat beradi. Xotiraning shakllanishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotiraning dastlabki shakllari- mexanik xotira ustunlik qiladi. Bola sheʼrlarni, tez aytishni yoki multfilm dialoglarini eslab qoladi, biroq mazmuniy tahlil qilishga qiynaladi. 5-6 yoshlardan boshlab bola maʼlumotlarni mantiqiy bogʻlash, voqealar ketma-ketligini eslab qolish va ularni qayta tiklash qobiliyatiga ega boʻla boshlaydi. Psixolog L.S. Vigotskiy taʼkidlaganidek, bola xotirasi nutq bilan chambarchas bogʻliq. Shu sababli bolaning eslab qolish qobiliyatini rivojlantirishda ogʻzaki topshiriqlar, hikoya qilish, savol-javob metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Tafakkur va mantiqiy fikrlashning taraqqiyoti. Tafakkur-bilish jarayonining eng yuqori bosqichidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur dastlab predmetli amaliy xarakterga ega boʻlib, bola narsalarni oʻzaro taqqoslash, guruhlash, ketma-ketlikka solish orqali fikrlashni boshlaydi. 5-7 yosh oraligʻida esa mantiqiy munosabatlarni anglash, muammoli vaziyatlarga yechim topishga harakat qilish koʻnikmalari paydo boʻladi. Oʻyin faoliyati- bolalarning tafakkurini rivojlantiruvchi asosiy vositadir. Konstruktorlar, mantiqiy jumboqlar, taqqoslash va tahlil qilishga yoʻnaltirilgan didaktik oʻyinlar orqali bolaning fikrlash doirasi kengayadi. Tasavvur va ijodkorlikning namoyon boʻlishi. Bogʻcha yoshidagi bolalarda tasavvur kuchli Выпуск журнала №-26 Часть–2_ Май –2025 191 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT rivojlangan boʻladi. Bu ularning oʻyinlarda, chizgan rasmlarida, hikoya tuzishlarida yaqqol koʻrinadi. Tasavvur bolaning ijodiy salohiyatini shakllantiradi, unga yangi gʻoyalar ishlab chiqish va notanish vaziyatlarga moslashish imkonini beradi. A.N.Leontev va boshqa olimlarning fikricha, tasavvur bolaning oʻz-oʻzini ifoda etishida, oʻz dunyoqarashini namoyon qilishida asosiy vositadir. Pedagogik yondashuv va metodlar. Bilish jarayonlarini rivojlantirishda quyidagi pedagogik usullar yuqori samara beradi. Didaktik oʻyinlar-bolaning idroki , tafakkuri va eʼtiborini faollishtiradi. Suhbat va savol-javob - og’za

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada psixologiyada bilish jarayonlarining tasnifi va ularning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarda namoyon bo’lish shartlari nazariy tahlillar asosida yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada psixologiyada bilish jarayonlarining tasnifi va ularning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarda namoyon bo’lish shartlari nazariy tahlillar asosida yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sezgi, faoliyat akseleratsiya., o’yin, bilish, psixika, idrok, bola
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники