Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FIZIKADA NYUTON HALQASI YORDAMIDA INTERFERENSIYA HODISASINI REAL VA VIRTUAL HOLDA KUZATISH
Toshpo’latova Roziya · Nomozova Nafisa
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Fizika fani eksperimental fan hisoblanadi. Shu sababdan, uning asosini tajribalar tashkil etadi. Mazkur maqolada Oliy ta’lim muassalarida fizikadan Nyuton halqasi yordamida interferensiya hodisasini real va virtual holda kuzatish tajribalarini bajarishga kompleks yondashuvning uslubiy asoslari tavsiflangan. Fizika fanini o‘qitishda yangi bo‘lgan real va virtual namoyish tajribalardan foydalanish usullarining afzalliklari bayon qilingan. Kalit so‘zlar: fizika, optika, real laboratoriyalar, virtual laboratoriyalar, dasturiy pedagogik vositalar. Kirish. Fizikada interfrensiya hodisasi yorug‘lik to‘lqinlarining ustma – usttushib kuchayishi (konstruktiv) yoki so‘nishi (destruktiv) hosil qilish orqali ko‘zga ko‘rinadigan tasvirlar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Nuton halqalari bu hodisani amaliy ko‘rinishi bo‘lib, u yorug‘likning ichki qatlamidan aks etishi natijasida yuzaga keladi. Nyuton halqalari haqida asosiy tushuncha: Sferik yuzsga ega bo‘lgan linza tekis oynaga qo‘yiladi. Ular orasidagi havo qatlamining qalinligi markazdan chetga tomon ortib boradi. Monoxramatik (bitta to‘lqin uzunligiga ega) yorug‘lik bu havo qatlamidan aks etganda, natijasida halqasimon tasvirlar hosil bo‘ladi. Halqalar markazida so‘nish (qora nuqta) yuzaga keladi-bu destruktiv interferinsiyaning natijasidir. Real tajriba sharoitida kuzatish: Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 316 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kerakli jihozlar: sferik linzalar, tekis oynacha, monoxromatik yorug‘lik manbai (masalan natriy chirog‘i), mikraskop yoki kattalshtiruvchi linza. Tajribani bajarilishi: yorug‘lik sferik linzaga yo‘naltiriladi va linza ostida joylashgan oynadan aks etgan nurlar bir biri bilan interferensiyalashadi. Kuzatiladigan hodisa: markazda qora nuqta va atrofida muntazam rangsiz yoki rangli halqalar hosil bo‘ladi (yorug‘lik manbasiga qarab) 1-rasm. Amplituda bo‘linish usuli yordamida tajriba o‘tkazish uchun asbob-uskunalar tarkibi: 1-lazer; 2-yig‘uvchi linzalari; tirqishli uch o‘lchovli ekran; 4-Nyuton xalqalari; 5-o‘lchovli ekran; 6- bog‘lovchilar; 7 - optik kursi 1.rasm tahlili: Yuqoridagi 1-rasmda Nyuton halqalari yordamida interferensiya hodisasini real va virtual holatda kuzatish uchun ishlatiladigan optik laboratoriya qurilmasining sxematik ko‘rinishi keltirilgan. Asboblar va ularning vazifalari quyidagicha: Lazer — monoxromatik (bir xil to‘lqin uzunligiga ega) yorug‘lik manbai bo‘lib, interferensiya hodisasini to‘liq amalga oshirish uchun asosiy nur manbai hisoblanadi. Yig‘uvchi linza — lazer nurlarini bir nuqtaga yo‘naltirish va kerakli amplitudani ta’minlash uchun xizmat qiladi. Tirishish uchun o‘rta ekran — nurlar yo‘nalishini sozlash va ularni parallel holatda ushlab turish uchun kerak bo‘ladi. Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 317 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Nyuton halqalari — sferik linza va tekis shisha orasida hosil bo‘lgan interferensiya halqalaridir. Ular yorug‘lik to‘lqinlarining konstruktiv va destruktiv interferensiyasi natijasida hosil bo‘ladi. O‘lchovli ekran — hosil bo‘lgan Nyuton halqalarini aniq o‘lchash va ularni tasvirlash uchun ishlatiladi. Bog‘lovchi uskunalar — butun tizimni bir-biriga mustahkam bog‘laydi va optik elementlarning bir tekisda joylashishini ta’minlaydi. Optik kursi — barcha elementlarni barqaror holatda tutib turadigan asosiy platforma. 2-rasm tahlili: Nyuton halqalarining hosil bo‘lish mexanizmi a) 2-rasmning chap tomonida Nyuton halqalarining hosil bo‘lish prinsipi sxematik tarzda ifodalangan. Bu yerda sferik yuzaga ega bo‘lgan linza tekis shisha plastinka ustiga qo‘yilgan. Ularning orasidagi yupqa havo qatlamida interferensiya hodisasi yuzaga keladi. Lazer nurlari bu havo qatlamiga tushib, ikki xil sirt — linzaning pastki yuzi va shisha plastinkaning yuqori yuzasidan qaytadi. Bu ikki nur to‘lqini (masalan, 1 va 1′, 2 va 2′, 3 va 3′) fazada farq qilganligi sababli, ular bir-biri bilan interferensiyaga kirishadi. Bu interferensiya natijasida konstruktiv (yorqin) va destruktiv (qorong‘i) halqalar hosil bo‘ladi. b) 2-rasmning o‘ng tomonida esa real Nyuton halqalari ko‘rinishining sxematik tasviri keltirilgan. Markazda qorong‘i nuqta mavjud bo‘lib, bu destruktiv interferensiya natijasidir. Halqalar markazdan tashqariga siljigan sari navbatma- Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 318 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT navbat yorqin va qorong‘i halqalar ko‘rinadi. Har bir halqaning radiusi linza egriligi va yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu hodisa yorug‘likning to‘lqin xossasini amaliy jihatdan isbotlaydi va uni optik asboblar, shuningdek, nazariy fizika tajribalari uchun muhim metod sifatida xizmat qiladi. Virtual sharoitda kuzatish. (raqamli simulyatsiya) Kompyuter dasturlari (masalan ,PhET,Algodoo,Optics Bench) yordamida Nyuton halqalarini simulyatsiya qilish mumkin. Yashil lazer yordamida Nyuton halqalarini kuzatish oddiy va samarali usul bo‘lib, interferensiya hodisasini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Bu metod yordamida optik komponentlar sifatini tekshi
Доказательный фрагмент
«Fizika fani eksperimental fan hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюFizika fani eksperimental fan hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- optika, fizika, dasturiy pedagogik vositalar., virtual laboratoriyalar, real laboratoriyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025