Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MADANIYATLAR ARO FARQLAR VA ULARNING TARJIMA JARAYONIGA TA’SIRI
JARAYONIGA TA’SIRI · Ravshanova Zulfiya Rahmatali qizi · Ilmiy rahbar: PhD Muhammedova X.
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tarjima faoliyatida madaniyatlararo tafovutlarning o‘rni, ularning tarjima sifatiga ta’siri, madaniy birliklarning o‘ziga xosligi va ularni tarjima qilishdagi asosiy yondashuvlar ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Amaliy misollar asosida tarjimada uchraydigan madaniy tafovutlar aniqlanadi hamda tarjimada bunday xatolarni oldini olish tushuntiriladi. Tarjima – nafaqat ikki til, balki ikki millat o‘rtasidagi muloqotni tashkil etadigan jarayon bo‘lib, har ikki tilning madaniyatini tushunishni talab qiladi. Madaniyat, til bilan birga, har bir xalqqa xos bo‘lgan turmush, urf-odatlar, qadriyatlar, dunyoqarash, diniy e’tiqodlar va turmush tarzini o‘zida aks ettiradi. Tarjimon, albatta, nafaqat tildagi lug‘aviy birliklarni, balki madaniyatlarni ham mukammal bilishi zarur. Sababi madaniyatlararo tafovutlar, ayniqsa, tarjima jarayonida muhim rol o‘ynaydi, chunki bu tafovutlar so‘zlar, iboralar, nutq uslubi va kommunikativ yondashuvlarga ta’sir ko‘rsatadi. Tarjimada uchraydigan madaniyatlararo tafovutlar bir nechta guruhga bo‘linadi. Quyida ulardan ba’zilariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: 1. Leksik tafovutlar – bu til birikmalarining boshqa madaniyatlarda mavjud bo‘lmagan ma’nolarni o‘z ichiga olishi. Masalan, “Thanksgiving” ingliz tilida bayram bo‘lib, o‘zbek madaniyatida unga to‘g‘ri keladigan soʻz yoʻq. Yana biri “Black Friday” – bu jumlaga o‘zbek tilida “Chegirmalar kuni” deb izoh berish kerak. 2.Pragmatik tafovutlar – bu turli xalqlarda nutq odatlari, muloqot uslublari va Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 325 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT adabiyotiga doir farqlarni anglatadi. Masalan, ingliz tilidagi “You” so‘zi rasmiy va norasmiy vaziyatlarda ishlatilishi mumkin. O‘zbek tilida esa “sen” va “siz” so‘zlari mavjud bo‘lib, ularning ishlatilishi muloqotning kontekstiga qarab farqlanadi. Rasmiy murojaatlarda “siz” soʻzi qoʻllaniladi. 3.Idiyomalar va maxsus iboralar bir madaniyatga xos bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Masalan, ingliz tilidagi “It’s raining cats and dogs” iborasi so‘zma- so‘z tarjima qilinganda “mushuklar va itlar yog‘ayapti” degan ma’noni beradi. Ammo bu ibora aslida “kuchli yomg‘ir yog‘ayapti” degan ma’noni anglatadi. Tarjimonning madaniy kompetensiyasi uning tilga oid bilimlaridan tashqari, boshqa madaniyatlarni tushunish darajasini ham anglatadi. Tarjimon, tilni o‘rganish bilan birga, o‘zbek va ingliz xalqlari madaniyati o‘rtasidagi farqlarni bilishi lozim. Agar tarjimon madaniy tafovutlarni hisobga olmasa, tarjima yaroqsiz bo‘lishi yoki asl ma’nosi oʻzgarib qolishi mumkin. Tarjimonning madaniy bilimi yuqori bo‘lsa, u ma’lum bir madaniyatga xos iboralarni to‘g‘ri va goʻzal tarzda boshqa tilda aks ettirishi mumkin. Tarjimada madaniyatlararo tafovutlarni yengib o‘tishning bir necha usullari mavjud: 1. Ekvalent tanlash – tarjimon ma’lum bir madaniyatga xos iborani boshqa tilga mos keladigan ekvivalent bilan almashtirishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi “fast food” so‘zini o‘zbek tilida “tez tayyorlanadigan ovqat” deb tarjima qilish mumkin. 2. Izohli tarjima – agar tarjimada ekvivalentni topish qiyin bo‘lsa, tarjimon izohli tarjima usulidan foydalanadi. Masalan, “Halloween” bayrami o‘zbek madaniyatida mavjud emas, shuning uchun bu iborani izoh bilan tarjima qilish zarur. 3. Transliteratsiya – madaniyatga xos atamalarni fonetik tarzda o‘zbek tiliga o‘zgartirish. Misol uchun, “Sherlock Holmes” nomi inglizcha shaklida saqlanadi, chunki bu nom o‘zbek tilida keng tarqalgan va tanilgan. Madaniyatlararo tafovutlarning amaliy misollariga to‘xtalsak, quyidagi holatlar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin: Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 326 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT • “Black Friday” – ingliz tilida katta chegirmalar kuni sifatida ma’lum bo‘lgan bu bayram o‘zbek madaniyatida mavjud emas. Tarjimada “Chegirmalar kuni” deb izohlash zarur. • “Sherlock Holmes” – bu nomni tarjima qilmasdan, asliyatni saqlab qolish lozim, chunki bu nom ingliz madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. • “Ramadan” – bu bizning madaniyatimizga kiritilgan bayram nomi bo‘lib, uni tarjima qilmaslik zarur. Shuningdek, bu davrda o‘zbeklar o‘zining diniy an’analariga muvofiq maxsus so‘zlar va iboralardan foydalanadi. Shu sababli tarjima jarayonida madaniy tafovutlarni faqat aniqlabgina qolmay, balki ularga mos tarzda yondashish zarur bo‘ladi. Aynan shunday vaziyatda zamonaviy tarjimon qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerakligi masalasi dolzarb bo‘lib chiqadi. Globallashuv ta’sirida bugungi kunda tarjima faoliyati yanada keng ko‘lamli va murakkab tus olmoqda. Endi tarjima faqat til vositasi bo‘lib qolmasdan, turli madaniyatlar orasidagi muloqotni ta’minlaydigan vosita sifatida ham e’tirof etilmoqda. Shu bois tarjimonlar nafaqat lingvistik bilimlarga, balki boshqa xalqlarning turmush tarzi, an’analari, qadriyatlari va ijtimoiy qadriyatlarini tushunish ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi lozim. Har bir til o‘z madaniyati, tarixi va xalq ruhiyatini aks ettirgani uchun tarjimon bu omillarni chuqur tahlil qila olishi va ularn
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tarjima faoliyatida madaniyatlararo tafovutlarning o‘rni, ularning tarjima sifatiga ta’siri, madaniy birliklarning o‘ziga xosligi va ularni tarjima qilishdagi asosiy yondashuvlar ilmiy-nazariy asosda ta…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tarjima faoliyatida madaniyatlararo tafovutlarning o‘rni, ularning tarjima sifatiga ta’siri, madaniy birliklarning o‘ziga xosligi va ularni tarjima qilishdagi asosiy yondashuvlar ilmiy-nazariy asosda ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- madaniyatlararo tafovut, tarjima strategiyalari, lingvistik ekvivalent., madaniy birlik, madaniyat, tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014