Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEMURIYLAR DAVRI CHOLG`ULARI
TEMURIYLAR DAVRI CHOLG`ULARI
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Buyuk sarkarda Amir Temur davrida musiqa va sanʼat gullab- yashnagan. Temuriylar koʻpincha ilm-fan va musiqaga e'tiborini qaratishadi. Shu davrda musiqa yanada rivojlanadi va bundan tashqari madaniy almashinuv va savdo sotiq ham rivojlana boradi. Amir Temurni oʻzi ham musiqani sevuchi va doim qoʻllab-quvvatlangan. Temuriylar saroyida musiqiy tadbirlar, bayramlar va marosimlar koʻp boʻlar edi. Saroyda musiqachilar, rassomlar, shoiru olimlar bir joyda faoliyat koʻrsatishgan. Bu davrida musiqa rivojlanishi uchun koʻplab yangiliklar yur beradi. Kalit so'zlar: Amir Temur , musiqa, temuriylar, saroyda, rivojlanish, san'at, davrida, Ilm-fan, diniy marosimlar, xalq, Kirishi: Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz — Qashqadaryo viloyatining shaharlaridan biri) viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida tugʻilgan. Uning onasi Takinaxonim, otasi amir Muhammad Taragʻay bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand inson boʻlgan. Shuningdek, Amir Temurning opasi Qutlugʻ Turkon va singlisi Shirinbeka Temurning yana uchta: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish ismli ukalari boʻlgan.Amir Temurning yoshligida xat-savod chiqarib, oʻz davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, meʼmorchilik va tarix ilmlarini oʻrganib borgan. Uning yoshligi deyarli Keshda oʻtgan. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Sarkarda yoshligida maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlarni oʻrgangan. Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib yetishadi. Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 411 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Amir Temur tabiatan ogʻir bosiq va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu uchun oʻsmirlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni oldiga olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari Abbos Bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar toʻplanishib birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllantira borishgan. Uning yoshligi koʻpincha jang va harbiy yurishlarda oʻtgan Buyuk sarkarda Amir Temur davrida musiqa va sanʼat gullab-yashnagan. Temuriylar koʻpincha ilm-fan va musiqaga e'tiborini qaratishadi. Shu davrda musiqa yanada rivojlanadi va bundan tashqari madaniy almashinuv va savdo sotiq ham rivojlana boradi.Amir Temurni oʻzi ham musiqani sevuchi va doim qoʻllab- quvvatlangan. Temuriylar saroyida musiqiy tadbirlar, bayramlar va marosimlar koʻp boʻlar edi. Saroyda musiqachilar, rassomlar, shoiru olimlar bir joyda faoliyat koʻrsatishgan. Bu davrida musiqa rivojlanishi uchun koʻplab yangiliklar yur beradi. Samarqand va Buxoroda musiqiy va madaniy hayotning markazlari edi. Samarqand Temuriylar davrida ilm-fan, san'at va musiqa sohasida muhim markazga aylangan. Buxoro esa Islom dunyosining diniy va ilmiy markazlaridan biri boʻlgan va u yerda musiqa va shoirlik an'analari rivojlana boshlangan. Amir Temur davrida musiqa ko‘p jihatdan diniy ta'limotlarga xizmat qilgan. O‘sha davrning musiqasi klassik o‘rta osiyo an'analariga asoslangan bo‘lib, asosan sufi musiqasi, xalq musiqasi va saroy musiqasi bilan bog‘liq edi. Musiqa Temuriylar saroyida ko‘plab boshqa san'at shakllari bilan birga rivojlana boshlagan. Misol uchun, musiqada ishlatilgan ritmlar, garmoniyalar va melodiyalar ba'zan tasviriy san'at va raqslar bilan ham ishlatilgan. Saroylarda musiqachilar va raqqoslar birgalikda ishlagan, musiqiy festivallar va bayramlarda raqsga tushib musiqa ijro etishgan. Musiqa taʼlimi Temuriylar davrida yuqori darajada rivojlanib borgan. Saroyda musiqachilarni o‘rgatish uchun maxsus ustozlar biriktirilgan. Musiqiy asboblar va ularning ishlatilishi bo‘yicha maktablar va Выпуск журнала №-26 Часть–2_Май –2025 412 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qoʻshimcha darslar tashkil qilingan. Ayniqsa Samarqand va Buxoroda musiqiy ta'limini yuqori darajaga koʻtarishgan. Diniy marosimlarda musiqa ham muhim rol o‘ynagan. Namoz va boshqa diniy ibodatlar uchun maxsus musiqa yaratilgan. Temuriylar saroyida ilm-fan va san'atga katta e'tibor qaratilgan va bu yerda ko‘plab musiqiy asarlar yaratishgan va ijro etilgan. Bu asarlar faqat saroy aholisiga emas, balki tashrif buyurgan mehmonlarga ham taqdim etilgan. Xalq orasida ham musiqaga e'tibor boʻlgan. Ko‘plab qo‘shiqlar va xalq musiqa asboblari mavjud bo‘lib ular turli marosimlar va bayramlarda ijro etgan.Amir Temur davri va undan keyingi Temuriylar sulolasining musiqaga ta'siri katta bo‘lgan. Ular o‘z davrida musiqaning rivojlanishini nafaqat o‘z madaniyatida, balki boshqa musulmon mamlakatlariga ham ta'sir etilgan. Temuriylar davri nafaqat siyosiy va balki madaniy rivojlanish ham juda muhim oʻrinda bo‘lgan. Oʻrta Osiyoda 14-asr boshlari
Доказательный фрагмент
«Buyuk sarkarda Amir Temur davrida musiqa va sanʼat gullab- yashnagan.»
Образец извлечения
Демо-превьюBuyuk sarkarda Amir Temur davrida musiqa va sanʼat gullab- yashnagan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Amir Temur, musiqa, temuriylar, saroyda, rivojlanish, san'at, Ilm-fan, diniy marosimlar, xalq, davrida
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026