К содержанию
РецензированоUZ2025

TURIZM TRANSPORT LOGISTIKASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Fazliddinov Diyorbek Burxon o’g’li

Современное образование и развитие · 10 · 149-152 · 2025

Аннотация

Turizm sohasida transport logistikasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u sayohat jarayonining ajralmas qismidir. Turistlarning manzildan manzilga qulay va xavfsiz yetib borishini ta’minlash, marshrutlarni samarali rejalashtirish hamda transport xizmatlarini tashkil etish — bularning barchasi logistikaning asosiy vazifalaridir. Shu bois, logistika turizmda faqat tashish emas, balki umumiy xizmat sifatining yuqori darajada bo‘lishiga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Transport logistikasi, turistik marshrut, transport vositalari, transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar. Transport so‘zi lotincha “trans” — “orqali, o‘tish” degan ma’noni bildiradi. Oddiy qilib aytganda, odam yoki yukning bir joydan boshqasiga harakatlanishi transport deyiladi. Bugungi kunda transport har qanday sayohatning ajralmas qismiga aylangan. Sayyoh o‘z sayohatini boshlash, davom ettirish yoki yakunlash uchun albatta transport vositasidan foydalanadi. Turizmda transport xizmatlari juda keng ko‘lamni qamrab oladi. Masalan, turistlar sayohat vaqtida avtomobil, avtobus, poyezd, samolyot, kema, hatto velosiped yoki mototsikl kabi vositalardan foydalanishlari mumkin. Har bir transport turi o‘zining afzalliklari va imkoniyatlariga ega. Quyidagi asosiy transport turlari turizmda keng qo‘llaniladi: Avtomobil va yo‘l transporti – qisqa masofalardagi sayohatlar uchun qulay, shuningdek, marshrutni mustaqil belgilash imkonini beradi; Temir yo‘l transporti – uzoqroq masofalar uchun xavfsiz va arzon variant; Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 238 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Suv transporti – ayniqsa dengiz sayohatlari (kruizlar) va orol hududlariga borish uchun mos; Havo transporti – eng tezkor va uzoq masofalar uchun eng maqbul variant hisoblanadi. Havo qatnovi so‘nggi yillarda turizmda eng ko‘p foydalaniladigan transport turiga aylangan. Samolyotlar orqali uzoqdagi davlatlarga borish osonlashdi, bu esa yangi turistik yo‘nalishlarning ochilishiga olib keldi. Bundan tashqari, qisqa vaqtli ta’tilni rejalashtirayotgan sayyohlar uchun ham samolyot eng yaxshi tanlov bo‘lib qoldi. Turizmda logistika deganda sayohatning barcha bosqichlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish tushuniladi. Turistik logistika turistlarning harakatlanish yo‘nalishini belgilaydi, ularni kerakli joyga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlaydi, turar joy va boshqa xizmatlar bilan bog‘laydi. Logistikaning turizm sohasidagi vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Sayohat oldidan axborot bilan ta’minlash; 2. Sayyohlar uchun qulay transport turlarini tanlash; 3. Xizmat ko‘rsatadigan xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish; 4. Turistik xizmatlar va logistika bo‘limlari o‘rtasidagi aloqani yo‘lga qo‘yish. Shuningdek, logistika orqali turistik mahsulotni tayyorlash, uni mijozga yetkazib berish, xizmatlar sifatini nazorat qilish kabi muhim jarayonlar boshqariladi. Transport va logistika turizm sohasining yuragi hisoblanadi. Ularsiz turizm na rivojlanadi, na foyda keltiradi. Shuning uchun zamonaviy turizmda logistika tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, transport tarmoqlarini samarali ishlatish dolzarb vazifalardan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Чекулаева, К. (2024). РОЛЬ УПРАВЛЕНИЯ КОРПОРАТИВНОЙ СОЦИАЛЬНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ В РАЗВИТИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ. Экономическое развитие и анализ, 2(8), 448-457. Выпуск журнала №-26 Часть–3_ Май –2025 239 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2. Ашурова, Н., Чекулаева, К., & Ачилов, М. (2025). АНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА МОДЕЛЕЙ КСО: РОЛЬ БИЗНЕСА В ПРЕОДОЛЕНИИ ГЛОБАЛЬНЫХ КРИЗИСОВ. Передовая экономика и педагогические технологии, 2(1), 248-261. 3. Ашурова, Н., & Чекулаева, К. (2024). ОСНОВЫ МЕТОДОЛОГИИ УПРАВЛЕНИЯ КОРПОРАТИВНОЙ СОЦИАЛЬНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ. Экономическое развитие и анализ, 2(9), 234-242. 4. Ашурова, Н., & Чекулаева, К. (2024). РОЛЬ СОЦИАЛЬНОГО ПАРТНЕРСТВА В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ НАЛОГОВОЙ ПОЛИТИКИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Передовая экономика и педагогические технологии, 1(1), 232-240. 5. Bakoev, K. N., & Chekulaeva, K. A. (2021). ECONOMETRIC ANALYSIS OF INDUSTRIAL PRODUCTION’S VARIANCE IN THE SECTION OF CITIES AND DISTRICTS OF THE NAVOI REGION. Frontline Marketing, Management and Economics Journal, 1(08), 7-14. 6. Бакоев, Х. Н., & Чекулаева, К. А. (2021). ДИСПЕРСИОННЫЙ АНАЛИЗ ПРОМЫШЛЕННОГО ПРОИЗВОДСТВА В РАЗРЕЗЕ ГОРОДАХ И РАЙОНАХ НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ. In ЭКОНОМИКА В ТЕОРИИ И НА ПРАКТИКЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ И СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ (pp. 149-152). 7. Чекулаева, К. А. (2021). ОСОБЕННОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ГЕОЛОГО-ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ОЦЕНКИ И РАЦИОНАЛЬНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОСВОЕНИЯ МРАМОРНЫХ МЕСТОРОЖДЕНИЙ. Universum: технические науки, (12-2 (93)), 62-66. 8. Чекулаева, К. А. (2011). Разработка организационно-экономического механизма рационального использования месторождений мрамора (Doctoral dissertation, Московский государственный горный университет). 9. Чекулаева, К. А., & Эйрих, В. И. Экономика и управление на предприятии (по отраслям). Экономика и управление, 100, 87-90. Выпуск журнала №-26 Час

Доказательный фрагмент

«Turizm sohasida transport logistikasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u sayohat jarayonining ajralmas qismidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Turizm sohasida transport logistikasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u sayohat jarayonining ajralmas qismidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
turistik marshrut, transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar., transport vositalari, Transport logistikasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники