Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Первый международный университет в Центральной Азии и его деятельность
Farzona SALIMBOEVA (The First International University in Central Asia and Its) · Keywords: -/© in Science LLC. (university's founding, its growing international prestige over)
Общество и инновации · 6 · 353-356 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В статье подробно анализируется создание первого в Вестминстерский Центральной Азии Вестминстерского университета, университет, растущий международный авторитет этого учебного Узбекистан, заведения, роль и перспективы университета в развитии Великобритания, Фонд «Умид», системы образования Узбекистана, в том числе с квалифицированные использованием научной литературы, периодической кадры, печати и информации из Интернета. международный университет. Istiqlol yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishga va uning xalqarolashuviga muhim ahamiyat berildi va mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatda ko‘plab xalqaro oliy o‘quv yurtlari ochildi va ularning faoliyatida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, Statistika agentligining 2023-yil e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 31 ta oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, so‘nggi ikki yil ichida bu raqamlarda o‘sish kuzatildi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Markaziy Osiyo, qolaversa, O‘zbekistondagi ilk xorijiy oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Vestminster universiteti 2002-yil 16-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-son “Toshkent shahrida xalqaro Vestminster universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Umid” jamg‘armasi, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya Kengashining universitetni ochilishiga doir takliflari ma’qullandi. O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda o‘z suverenitetini e’lon qilgandan so‘ng, Yevropa va Osiyodagi ko‘plab mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. 1993-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Buyuk Britaniyaga tashrifi bilan ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar boshlangan. Shundan boshlab ushbu ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari rivojlanib kelmoqda. Bularning natijasi esa Londonda joylashgan “University of Westminster”ning Toshkentdagi filialining ochilishi hisoblanadi. Toshkentdagi Vestminster universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 16-yanvardagi 22-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va 1997-yil O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan tashkil qilingan ‘’Umid’’ jamg‘armasi ishtirokida tashkil qilingan. Ushbu universitet Toshkent shahar Oxunboboyev ko‘chasi 12-uyga joylashtirilgan va sobiq Toshkent aviatsiya kollejining binosi hamma xo‘jalik va o‘quv binolari bilan birga “Umid” jamg‘armasi balansiga tekinga berildi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi nima uchun aynan 2002-yil ochilgan? 2005-yil 18- mayda taniqli ingliz jurnalisti Polly Curtis tomonidan The Guardian gazetasida chiqarilgan “Westminster to keep open Uzbek campus” maqolasiga ko‘ra, ushbu oliy ta’lim tashkiloti 2002-yilda O‘zbekiston hukumati va British Councilning Toshkentda 354 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2025) / ISSN 2181-1415 universitet tashkil etish bo‘yicha tanlovida g‘olib chiqqanini ta’kidlaydi. Shuningdek, ushbu gazetada 2013-yil oktabrda Ian Cobain va Lidia Kurasinka mualliflik qilgan maqolaga ko‘ra esa, Buyuk Britaniya 2001-yil 11-sentabr Nyu Yorkdagi terakt voqealaridan so‘ng strategik jihatdan muhim bo‘lgan, sobiq Sovet Ittifoqining bir qismi va NATO ning Afg‘onistonga yetkazib berish liniyalarining asosiy nuqtasi hisoblangan O‘rta Osiyo davlati bilan aloqalarini mustahkamlashga uringani va ushbu universitetning ochilishi British Council va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qo‘llab- quvvatlanganini keltirib o‘tishadi. Uzdaily ma’lumotlariga ko‘ra, “Umid” jamg‘armasi tomonidan 1997-yildan 2002- yilgacha jami 800 nafar o‘zbek yoshlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Amerika Qo‘shma shtatlari, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlardagi yetakchi universitetlarga o‘qish uchun yuborilgan. Publications.parliament.uk vebsaytida 1999-yil 27-iyulda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 1998–1999-akademik yilda 110 nafar o‘zbek talabalari bakalavr va magistraturada tahsil olish uchun “Umid” jamg‘armasi tomonidan Britaniyadagi yetakchi universitetlarga jo‘natilgan va bu raqamlar keyingi akademik yilda yanada o‘sishi kutilgan edi. Vestminster universitetining O‘zbekistonda ochilishi esa yanada ko‘proq o‘zbek yoshlarini o‘z yurtlarida xalqaro darajada tan olinadigan diplomga ega bo‘lishlariga imkon yaratdi. Bundan tashqari ushbu universitet jahon standartlariga javob beradigan kadrlar sonining oshishiga hissa qo‘shgan. Bugungi kunda ham TXVU O‘zbekistondagi eng nufuzli va ahamiyatli universitetlardan biridir. Daniel Ness va Chia Lin tomonidan yozilgan “International education: An encyclopedia of contemporary issues and systems” kitobida shunday keltiriladi: “Westminster university in Tashkent is a relatively new institutio
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье подробно анализируется создание первого в Вестминстерский Центральной Азии Вестминстерского университета, университет, растущий международный авторитет этого учебного Узбекистан, заведения, ро…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье подробно анализируется создание первого в Вестминстерский Центральной Азии Вестминстерского университета, университет, растущий международный авторитет этого учебного Узбекистан, заведения, ро… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2025 in Science LLC, “Umid” Foundation, Фонд «Умид», Uzbekistan, Vestminster universiteti, qualified personnel, xalqaro universitet, международный университет, international university, Вестминстерский университет, O‘zbekiston, квалифицированные кадры, Узбекистан, malakali kadrlar, Великобритания, Westminster University, “Umid” jamg‘armasi, Great Britain, Buyuk Britaniya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025