Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKT VA TA’LIM TEXNALOGIYALARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Qodirova NiginabonuOdilqizi · SUN’IYINTELLEKT VATA’LIM TEXNALOGIYALARINING RIVOJLANISH
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Sun’iy intellekt tushunchasining ilmiy-texnikaviy negizlari, uning dastlabki rivojlanish bosqichlari va ta’lim sohasi bilan bog‘liq dastlabki tajribalari bayon etiladi. Keyingi bosqichlarda esa, raqamli texnologiyalarning ommalashuvi, kompyuterlashtirish jarayonlari, elektron ta’lim resurslari va platformalarining rivojlanishi, shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan tizimlarning ta’lim jarayoniga kiritilishi tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, SI yordamida amalga oshirilayotgan adaptiv o‘qitish tizimlari, o‘quvchilarning individual qobiliyatlari va ehtiyojlariga moslashtirilgan dars uslublari, masofaviy ta’lim muhitida sun’iy intellektning imkoniyatlari yoritiladi. Sun’iy intellekt orqali o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni soddalashtirish, bilimlarni tahlil qilish va baholash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, bu texnologiyalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq ijtimoiy, axloqiy va texnik muammolar ham tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari, raqamli transformatsiya, adaptiv o‘qitish, masofaviy ta’lim, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, elektron ta’lim, pedagogik innovatsiyalar, SIintegratsiyasi, raqamli kompetensiyalar. Kirish. Sun'iy intellekt deganda insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun'iy tizim tushuniladi. Ushbu atama, shuningdek, o'rganish va muammolarni hal qilish kabi inson aqli bilan bog'liq xususiyatlarni namoyish etadigan har qanday te xnalogiyaga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin. Sun'iy intellektning ideal xususiyati - bu aniq maqsadga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo'lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish qobilyatidir. Hozirdasun'iy intellektturli amallarni bajarishga mo'ljallangan algoritimhamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo'lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi. Olimlar sun'iy intellekt bilan tajriba o'tkazishga ishtiyoq bilan qarashsada, ko'p odamlar bu hodisadan ehtiyot bo'lishadi. Hatto Tesla rahbari Elon Mask ham buni insoniyat uchun "asosiy tahdid" va urush va ishsizlikning mumkin manbasi deb atagan. Sun'iy intellektni ilmiy yo'nalish sifatida rivojlantiri sh faqat EHM yaratilgandan keyin mumkin bo'lgan. Bu XX asrning-yillarida sodir bo'lgan. Bu vaqtda N.Viner (1894-1964) yangi fan kibernetika bo'yicha o'zining asosiy ishlarini yaratadi. Sun'iy intellekt atamasi 1956 Stenford universiteti (AQSh) dagi xuddi shunday nomdagi seminarda taklif qilingan. Seminar hisoblash emas, balki mantiqiy vazifalarni ishlab chiqishga mo'ljallangan. Sun'iy intellektni fanning mustaqil sohasi deb tan olingandan keyin tezda uni ikkkita asosiy yo'nalishlarga: neyrokibernetika va "qora quti" kibernetikasiga bo'linishi sodir bo'lgan. Va faqat hozirgi vaqtda bu qismlarni yana bitta butuncha birlashishining tendentsiyasi sezilmoqda XXI asrda ilm-fan va texnologiyalar jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu jarayon global miqyosda barcha sohalarga, xususan, ta’lim tizimiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining keng ommalashuvi va raqamli transformatsiya jarayonining chuqurlashuvi ta’lim sohasini tubdan o‘zgartirmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalari avval faqat ilmiy laboratoriyalar va texnik sohalarda qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, ularning imkoniyatlari maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’lim va malaka oshirish tizimlarigacha keng doirada foydalanilmoqda. Sun’iy intellekt inson ongiga xos bo‘lgan fikrlash, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 tahlil qilish, qaror qabul qilish kabi murakkab aqliy jarayonlarni texnik vositalar yordamida modellashtirish va avtomatlashtirishga xizmat qiladi. Ta’limda esa SI texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini aniqlash, ularning bilim darajasiga moslashtirilgan o‘quv materiallarini taqdim etish, baholash jarayonlarini avtomatlashtirish, shuningdek, o‘qituvchilarga o‘zfaoliyatlarini samarali tashkiletishda ko‘maklashish imkoniyati yaratilmoqda. Tarixiy nuqtai nazardan qaralganda, ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, har bir bosqichda mavjud texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib, o‘qitish uslublari, vositalari va metodlari takomillashib borgan. Dastlabki bosqichlarda an’anaviy darsliklar, doska va og‘zaki tushuntirish asosiy vositalar bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik multimediyaviy vositalar, interaktiv platformalar, elektron ta’lim resurslari ta’lim tizimiga kirib keldi. Bugungi bosqichda esa sun’iy intellektga asoslangan adaptiv o‘qitish tizimlari, ta’lim chat- botlari, avtomatik baholovchilar, tahliliy algoritmlar keng joriy etilmoqda. Kirish qismida, shuningdek, bugungi kunda ta’lim sohasida duch kelinayotgan muammolar — o‘quv yuklamasining ortib borishi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga e
Доказательный фрагмент
«Sun’iy intellekt tushunchasining ilmiy-texnikaviy negizlari, uning dastlabki rivojlanish bosqichlari va ta’lim sohasi bilan bog‘liq dastlabki tajribalari bayon etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSun’iy intellekt tushunchasining ilmiy-texnikaviy negizlari, uning dastlabki rivojlanish bosqichlari va ta’lim sohasi bilan bog‘liq dastlabki tajribalari bayon etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adaptiv o‘qitish, raqamli transformatsiya, SI integratsiyasi, masofaviy ta’lim, elektron ta’lim, pedagogik innovatsiyalar, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, raqamli kompetensiyalar., ta’lim texnologiyalari, Sun’iy intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025